Bugun
Ikardi «Galatasaray» tarixidagi eng yaxshi legioner bo‘ldi
+12°
ясно ветер 2.1 м/с, СВ

Zelenskiy: Biz tinchlikni xohlaymiz, lekin xavfsizlik kafolati kerak!

Dunyo
105
Zelenskiy: Biz tinchlikni xohlaymiz, lekin xavfsizlik kafolati kerak!
Foto: REUTERS
28 fevral, juma kuni kechqurun Oq uy rahbari Donald Tramp bilan muvaffaqiyatsiz muzokaralardan ko‘p o‘tmay, Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerikaning Fox News telekanaliga intervyu berdi. Jurnalist bilan suhbat chog‘ida u Qo‘shma Shtatlar bilan sheriklik munosabatlarini saqlab qolishni istashini va tabiiy resurslar bo‘yicha shartnoma imzolashga tayyorligini, biroq bu Ukraina uchun xavfsizlik kafolatlari yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishi kerakligiga ishonchi komil ekanligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy: «Biz jang qilishni xohlab turganimiz yo‘q»

«Urush tugashini ukrainaliklardan ko‘proq hech kim xohlamayapti», dedi Zelenskiy. Biroq, deya davom etdi u, Ukraina xalqi adolatli va mustahkam tinchlikni istaydi, bu esa Qo‘shma Shtatlar xavfsizlik kafolatlarisiz mumkin emas. U bo‘lmasa ukrainaliklar «Putin ertaga qaytib keladi» deb qo‘rqishadi, chunki Rossiya prezidenti kelishuvlarni bir necha marta buzgan, deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Zelenskiy Tramp bilan mojarosi «har ikki tomon uchun ham yomon» ekanini aytdi, biroq u «yomon ish qilgan» deb o‘ylamayapti va kechirim so‘rashi kerak emas. Muzokaralarni davom ettirish uchun hozir Oq uyga qaytishga tayyormi, degan savolga Ukraina prezidenti: «Yo‘q», deb javob berdi.

Studiyadagi muloqot chog‘ida Donald Trampning Oq uydagi uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy haqida aytgan: «U jang qilishda, kurashishda davom etishni xohlaydi» degan bayonoti aks etgan video namoyish etildi.

«Biz jang qilishni xohlab turganimiz yo‘q», — deya izoh berdi Ukraina prezidenti videoga. «Men o‘z fuqarolarimizni, askarlarimizni hurmat qilaman. Shuning uchun Ukraina qachon va qanday kafolatlar olishi haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lmasam, qaytib kelolmayman».

O‘xshash yangiliklar

Chelyabinskda erkak ibodatxonada ikki ayolga hujum qildi
Chelyabinskda erkak ibodatxonada ikki ayolga hujum qildi
Chelyabinsk shahrida 25 yoshli erkak ibodatxona ichida ikki ayolga pichoq bilan hujum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Voqea ertalabki ibodat paytida sodir bo‘ldi. Bu haqda Tergov qo‘mitasining
Dunyo Kecha, 23:38
Pokistonda nazorat punktiga hujum: 12 terrorchi yo‘q qilindi
Pokistonda nazorat punktiga hujum: 12 terrorchi yo‘q qilindi
17-fevral kuni Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyatidagi Bajaur tumanida joylashgan nazorat punktiga terrorchilik hujumi uyushtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda "The Hindu"
Dunyo Kecha, 23:18
Moskva yaqinidagi terakt: 149 kishi halok bo‘ldi
Moskva yaqinidagi terakt: 149 kishi halok bo‘ldi
2024-yil 22-mart kuni Rossiyaning Moskva shahri yaqinidagi “Krokus Siti Xoll” konsert zalida terakt sodir etilgani haqida xabar berilgan edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Hodisa “Piknik” guruhi
Dunyo Kecha, 18:59
Rossiyada Telegram bloklanishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi
Rossiyada Telegram bloklanishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi
Rossiyada 1-apreldan boshlab Telegram messenjeri to‘liq bloklanishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ma’lumot Baza manbalariga asoslangan holda berilgan.
Dunyo Kecha, 18:25
AQShning Venesuela operatsiyalari 2,9 milliard dollarga tushdi
AQShning Venesuela operatsiyalari 2,9 milliard dollarga tushdi
AQSh hukumati Venesuela bilan bog‘liq operatsiyalar uchun qancha mablag‘ sarflagani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bloomberg axborot agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Karib
Dunyo Kecha, 16:39
Lipetskda Maslenitsa bayramida Labubu tulumi yoqiladi
Lipetskda Maslenitsa bayramida Labubu tulumi yoqiladi
Lipetsk viloyatidagi "Argamach" arxeologiya bog‘ida Maslenitsa bayrami doirasida Labubu o‘yinchog‘i shaklidagi tulum yoqib yuborilishi rejalashtirilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 14:48