Bugun
Jony 30 Yoshda: Xonandaning Yangi Loyihalari Qiziq Uyg'otmoqda
+11°
пасмурно ветер 2.7 м/с, СЗ

Tramp Zelenskiydan qanday maktub olganini aytdi

Dunyo
122

Tramp Zelenskiydan qanday maktub olganini aytdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Kongressning ikkala palatasiga murojaatida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiydan tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildiruvchi maktub olganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tomondan ham tinchlikka tayyorlik haqida signallar kelgan.

U maktubdan parchalar keltirdi, ulardan Zelenskiy va uning jamoasi «mustahkam tinchlikni yaqinlashtirish uchun imkon qadar tezroq muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorligi, hech kim tinchlikni ukrainlardan ko‘ra ko‘proq xohlamasligi» aytilgan.

«Mening jamoam va men prezident Trampning kuchli rahbarligi ostida barqaror tinchlikka erishish uchun ishlashga tayyormiz», – deya maktubdan yana bir iqtibos keltirgan Tramp.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy, shuningdek, «istalgan vaqtda» foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyorligini bildirgan.

«Shu bilan birga, biz Rossiya bilan jiddiy muzokaralar olib bordik va ular tinchlikka tayyor ekani haqida kuchli signallar oldik», deb qo‘shimcha qilgan Tramp.

Volodimir Zelenskiy seshanba kuni Oval kabinetda Tramp bilan tortishuvi yuzasidan izoh berib, muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyorligini ma’lum qilgandi. Shuningdek, u avvalroq Ukraina yerosti boyliklari bo‘yicha kelishuvni imzolashga tayyorligini aytgandi.

«Men Ukrainadagi shafqatsiz mojaroni tugatish uchun tinimsiz ishlayapman, – dedi Tramp. – Oxiri ko‘rinmayotgan bu dahshatli va shafqatsiz to‘qnashuvda millionlab ukrainlar va ruslar behuda halok bo‘ldi yoki yaralandi. AQSH Ukraina mudofaasini qo‘llab-quvvatlash uchun yuzlab milliard dollar yubordi».

«Siz bu yana besh yil davom etishini xohlaysizmi?» – deya savol qo‘ydi Tramp va yana bir bor AQSH Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun Yevropadan ko‘ra ko‘proq mablag‘ sarflaganini aytib o‘tdi.

«Afsuski, Yevropa Ukrainani himoya qilishdan ko‘ra Rossiya nefti va gazini sotib olishga ko‘proq pul sarfladi. Bu haqda o‘ylab ko‘ringlar».

Tramp Ukraina haqida gapirganida ba’zi demokratlar zalni tark etishdi. AQSH prezidenti o‘z nutqida Kiyevga harbiy yordam to‘xtatilishi haqida gapirmadi.

Demokrat El Grinni Tramp nutqi boshida zaldan olib chiqishdi. Foto: Reuters
Bu Trampning Oq uyga qaytganidan keyin Kongressdagi birinchi nutqi edi. Bu an’anaviy tadbir bo‘lib, unda prezident o‘z vakolatlarining dastlabki bir necha haftasini sarhisob qiladi. Donald Tramp bu lavozimda 44 kun, ya’ni olti haftadan sal ko‘proq vaqt o‘tkazdi.

2017 yilda Tramp Kongressda roppa-rosa bir soat nutq so‘zlagandi, bu safar u 1 soat 40 daqiqa gapirdi, uning nutqi tarixdagi eng uzuni bo‘ldi.

«Amerika qaytdi», – dedi u chiqishi avvalida.

U o‘z ma’muriyati bir necha hafta ichida hech bir ma’muriyat yillar davomida erisha olmagan natijalarga erishgani haqida gapirgan.

«Amerika orzusini to‘xtatib bo‘lmaydi va mamlakatimiz dunyo hech qachon ko‘rmagan va, ehtimol, hech qachon ko‘rmaydigan qaytish arafasida turibdi», dedi Tramp.

Demokratik partiya vakillari norozilik bildirishni va Trampga hushtakbozlik qilishni boshladi, natijada Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson barchani tartibga chaqirdi va nutqni buzishga uringanlarni zaldan chiqarib yuborish bilan tahdid qildi.

Demokratik kongressmen El Grin esa o‘z o‘rnini egallashdan bosh tortganida, Jonson «bu janobni zaldan olib chiqib ketish»ni talab qildi. Shundan so‘ng Tramp nutqini davom ettirdi.

Uning nutqini ko‘p marta respublikachi tarafdorlarining qarsaklari bo‘lb turdi – ular partiya yetakchisini tik turgan holda olqishlashdi, bu vaqtda esa demokratlar o‘rinlaridan turishmadi.

O‘xshash yangiliklar

Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eron vaqtincha rahbari etib tayinlandi
Alirizo Arafiy Eronning vaqtinchalik rahbari etib tayinlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Reuters axborotiga ko'ra, u boshqaruv kengashi a'zosi sifatida ish boshladi. 67 yoshli Arafiyga
Dunyo Kecha, 16:39
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrda qadimgi maqbaralar va yozuvli idishlar topildi
Misrning Asvon shahrida joylashgan Qubbat al-Hava nekropoli hududida arxeologlar muhim kashfiyotlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular qadimgi podsholik davriga tegishli bo‘lgan, qoya
Dunyo Kecha, 14:20
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Ar-Riyodda portlash ovozlari: mintaqada keskinlik kuchaymoqda
Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyodda portlash ovozlari eshitilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu voqea mintaqadagi keskinlikning navbatdagi
Dunyo Kecha, 13:31
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eron: Oliy rahbar vafoti ortidan o‘tish davri boshlandi
Eronda siyosiy tarixning muhim va murakkab davri boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yil 1-mart kuni Eron davlat axborot vositalari oliy rahbar Oyatulloh Ali Xominaiyning vafotidan so‘ng
Dunyo Kecha, 12:30
Tramp va Netanyaxu Eron masalasini muhokama qildi
Tramp va Netanyaxu Eron masalasini muhokama qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu telefon orqali muloqot o‘tkazgani rasman tasdiqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolayn
Dunyo Kecha, 10:41
Eron Xomanaiy vafotiga javoban qasos va'da qildi
Eron Xomanaiy vafotiga javoban qasos va'da qildi
Eron prezidenti ma'muriyati Oyatulloh Ali Xomanaiyning vafoti yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, Xomanaiyning o‘limi javobsiz qolmaydi. Shuningdek, Islom
Dunyo Kecha, 10:19