Bugun
Yaponiyada benzin yo'q bo'lishi Trumpga bog'lanmoqda
+18°
облачно с прояснениями ветер 2.2 м/с, СЗ

Samsung kemasozlik zavodi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda

Dunyo
135
Samsung kemasozlik zavodi o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda
O‘zbekistonliklar Koreyaning mashhur zavodiga yuqori maosh evaziga ishga taklif qilinmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.

Unda aytilishicha, qonunchilikka muvofiq tegishli litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan “WORKMALL” xususiy bandlik agentligi mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ish o‘rinlari uchun tanlov e’lon qildi. Koreyaning eng yirik og‘ir sanoat kompaniyasi — Samsung kemasozlik zavodi elektriklarni ishga taklif qilmoqda. Ish o‘rinlari: 139 ta, eng kam ish haqi: 1720 dollar.

Nomzodlarga qanday talablar bor?

Quyidagi yo‘nalishlardan birida bakalavr yoki undan yuqori darajadagi diplom: elektr energetika
elektr texnikasi, elektr mexanika va elektr texnologiyalari, 22-35 yosh oralig‘i, 1 yildan ortiq ish tajribasi, sudlanmagan bo‘lishi kerak.

Tanlov 4-7 aprel kunlari Samsung kemasozlik zavodi vakillari tomonidan o‘tkaziladi. Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan dastlabki 40 nafar nomzod joriy yilning iyun oyida Koreyaga jo‘nab ketadi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018-2023-yillarda aholi daromadining 16 foizi migrantlar ulushiga to‘g‘ri kelgan. Chet ellarda ishlayotgan yurtdoshlar har yili O‘zbekistonga o‘n ikki-o‘n besh milliard dollar jo‘natadi.

Prezidentning “Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra, 2024 yil 1 noyabrdan:
  • xorijiy ish beruvchilar tomonidan taklif qilinayotgan ish o‘rinlari haqidagi barcha ma’lumotlar Migratsiya agentligining elektron platformasi, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ochiq e’lon qilib boriladi;
  • Agentlikning elektron platformasida fuqarolarga o‘zining rezyumesini shakllantirish va joylashtirish hamda e’lon qilingan ish o‘rinlari bo‘yicha tanlovlarda erkin ishtirok etish imkoniyati yaratiladi;
  • vaqtincha mehnat faoliyatiga chiqib ketayotgan fuqarolarga Migratsiya jamg‘armasi hisobidan 10 million so‘mgacha ikki yil muddatga mikrokreditlar ajratiladi;
  • fuqarolarning xorijda ishga joylashishi va “ishchi viza”ga oid hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha bepul konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi.

2024 yil 1 dekabrdan agentlik tomonidan ta’lim tashkilotlarida xorijga ishga ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarni kasb-hunar va chet tillariga o‘qitish bo‘yicha buyurtmalar joylashtirish tartibi joriy etiladi.

Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari tomonidan litsenziya olish uchun zaxira qilinadigan mablag‘lar miqdori BHMning 8500 baravaridan 4000 baravarigacha tushiriladi.

O‘xshash yangiliklar

Yaponiyada benzin yo'q bo'lishi Trumpga bog'lanmoqda
Yaponiyada benzin yo'q bo'lishi Trumpga bog'lanmoqda
Yaponiyadagi bir nechta benzin quyish shoxobchalarida osilgan oddiy e'lonlar ijtimoiy tarmoqlarda katta shov-shuvga sabab bo'lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu shoxobchalarda
Dunyo Bugun, 14:38
Makdonalds dunyodagi eng qimmat restoran brendi sifatida yetakchilikni saqlab qoldi
Makdonalds dunyodagi eng qimmat restoran brendi sifatida yetakchilikni saqlab qoldi
Dunyodagi eng mashhur taomlanish tarmoqlari o'rtasidagi raqobat yangi va jiddiy bosqichga chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Xalqaro konsalting agentliklari tomonidan e'lon qilingan
Dunyo Bugun, 14:06
Yosh kurer yordami butun bir oilaning taqdirini o'zgartirdi
Yosh kurer yordami butun bir oilaning taqdirini o'zgartirdi
Aqshning Tennessi shtatida joylashgan Manchestershir shahrida yashovchi Brittani Smitning sodda ishlari butun bir oilaning taqdirini o'zgartirib yubordi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu voqea
Dunyo Bugun, 13:59
Finlandiya dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi
Finlandiya dunyodagi eng baxtli davlat deb topildi
Bugun butun dunyo xalqlari inson ruhiyatining eng oliy maqsadi bo'lgan shodlik va xotirjamlik bayramini nishonlayapti. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mart oyining yigirmasi Xalqaro baxt kuni
Dunyo Bugun, 13:20
Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
Stels samolyotlar Eron osmonida infraqizil sensorlar orqali aniqlandi
Zamonaviy harbiy aviatsiyada stels tushunchasi ko'pincha noto'g'ri tushuniladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ko'pchilik bu texnologiya samolyotni mutlaqo ko'rinmas qiladi
Dunyo Bugun, 12:56
Economist jurnali Erondagi keskinlik Trampni zaiflashtirishi mumkinligini aytdi
Economist jurnali Erondagi keskinlik Trampni zaiflashtirishi mumkinligini aytdi
Britaniyada nashr etiladigan va butun dunyo siyosatini chuqur tahlil qiluvchi mashhur Economist jurnali Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp haqida muhim tahririyat maqolasini
Dunyo Bugun, 12:21