Bugun
Osimhennning Napoli-Galatasaray transferi to‘xtab qoldi
+28°
ясно ветер 3.1 м/с, С

Tunda uxlamaslik mushaklarni tez qaritadi: Britaniya olimlaridan muhim ogohlantiruv

Foydali
64
Tunda uxlamaslik mushaklarni tez qaritadi: Britaniya olimlaridan muhim ogohlantiruv
London Qirollik kolleji olimlari tomonidan o‘tkazilgan ilmiy tadqiqot sirkadiyalik ritmlar – inson tanasining tabiiy kunlik biologik soati – buzilishi organizm uchun qanchalik xavfli ekanini yana bir bor isbotladi. Tadqiqot xulosalari Proceedings of the National Academy of Sciences (PNAS) jurnalida e’lon qilindi va unda tunda ishlash yoki uxlamaslik mushaklar qarishi va zaiflashishiga olib kelishi aniq ta’kidlangan.

Mushak hujayralari ham "soat" bo‘yicha ishlaydi

Olimlarning ta’kidlashicha, har bir mushak hujayrasida oqsillarning shikastlanishi va tiklanishi jarayonini boshqaruvchi “ichki soat” mavjud. Kunduzi mushaklar turli jismoniy faolliklar orqali stressga uchraydi, kechasi esa shikastlangan hujayralar tozalanib, qayta tiklanadi. Agar bu jarayonda to‘siq yuzaga kelsa – ya’ni inson doimiy ravishda tungi vaqtda faol bo‘lsa – tiklanish mexanizmi ishlamay qoladi.

Zebra baliqlari orqali o‘tkazilgan kuzatuvlar

Olimlar bu jarayonni o‘rganish uchun genlari insonnikiga 70 foizga o‘xshash bo‘lgan zebra baliqlaridan foydalandi. Ular baliqlarning mushaklaridagi biologik soat uchun mas’ul genlarini o‘zgartirdi. Ikki yillik tajriba davomida ushbu baliqlar o‘sishdan to‘xtadi, vazn yeg‘madi va kuzatuvchilar fikriga ko‘ra, kundan-kunga zaiflashib bordi.

Bu xolat, olimlarning so‘zlariga ko‘ra, insonlarda ham xuddi shunday – tunda doimiy ishlaydiganlar, navbatbozlar va hatto talabalarda mushak massasining pasayishi, umumiy zaiflashish holatlari kuzatiladi.

Hayot tarzi va sog‘liq o‘rtasidagi bog‘liqlik

Tadqiqotni olib borgan professor Jefri Kelu shunday dedi:

“Faqatgina Buyuk Britaniyaning o‘zida 4 million kishi tunda ishlaydi. Bizning tadqiqotimiz shuni ko‘rsatyaptiki, bunday hayot tarzi ularning tanasidagi mushaklarni tez qarishga olib kelishi mumkin. Uxlashni kamaytirish sog‘lom hayotga jiddiy xavf solishi aniq.”

Yechim – to‘g‘ri uxlash va yangi dorilar

Olimlar, shuningdek, ushbu tadqiqot natijalari biologik soatni tartibga solishga qodir bo‘lgan yangi turdagi preparatlar yaratilishiga asos bo‘lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Bunday dorilar ayniqsa qariyalar yoki xastalar kabi zaif guruhlar uchun juda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Xulosa: kechasi 7–8 soat uxlashni unutmang

Mutaxassislar so‘ngi tavsiyasi aniq: har kuni kechasi kamida 7–8 soat uxlash inson organizmi, ayniqsa, mushak to‘qimalarining tiklanishi uchun juda muhim. Aks holda, mushak hujayralari yangilanish imkoniyatidan mahrum qoladi va bu erta qarishga olib kelishi mumkin.

Bu kabi ilmiy xulosalar bizga hayot tarzimizni qayta ko‘rib chiqish va o‘z sog‘lig‘imizga yanada mas’uliyatli yondashish kerakligini yana bir bor eslatadi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekistonlik hamshiralar AQSHga ishlash uchun yuborilishi mumkin
O‘zbekistonlik hamshiralar AQSHga ishlash uchun yuborilishi mumkin
Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Azim Husanov va New Future Success Academy xalqaro hamshiralarni tayyorlash o‘quv markazining O‘zbekistondagi boshqaruvchi menejeri Fozilbek Xonxo‘jayev
Jamiyat 11:49, 21-03-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025
Bosh rolni yolgʻon evaziga qoʻlga kiritgan mashhur aktyor va aktrisalar
Bosh rolni yolgʻon evaziga qoʻlga kiritgan mashhur aktyor va aktrisalar
Kino sanoatida har bir rol katta mashhurlik uchun ajoyib imkoniyat kaliti boʻlishi mumkin. Buni bilgan aktyor va aktrisalar ma'lum obrazni qoʻlga kiritish uchun ba'zida yolgʻon ishlatishga
Madaniyat 21:05, 30-01-2025
Avstriya va AQSH bilan migratsiya sohasida hamkorlik: o‘zbekistonliklar uchun yangi imkoniyatlar
Avstriya va AQSH bilan migratsiya sohasida hamkorlik: o‘zbekistonliklar uchun yangi imkoniyatlar
O‘zbekiston mehnat migratsiyasi sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirishda davom etmoqda. Germaniya va Fransiyadan so‘ng, Avstriya ham O‘zbekiston bilan mehnat migratsiyasi bo‘yicha bitim
Dunyo 01:26, 28-03-2025
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga qulab tushdi
Alyaskada samolyot muzlagan ko‘l ustiga qulab tushdi
Foto: Alaska National Guard Amerikaning Alyaska shtatida samolyot muzlagan ko‘l ustiga qulab tushdi. Havo kemasi ichida bo‘lgan uchuvchi va ikki bola 12 soat davomida samolyot qanotida o‘tirib,
Dunyo 00:15, 27-03-2025