Bugun
Messi MLSda so‘nggi 9 o‘yinda 20 golga ta’sir ko‘rsatdi
+25°
ясно ветер 4.1 м/с, СВ

Transyog‘lar iste’moli infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin

Foydali
70
Transyog‘lar iste’moli infarkt va insultni keltirib chiqarishi mumkin
Tezpishar taomlar — yoshlar orasida eng ommalashgan yeguliklar. Shu bois “fast-fud”, yarim tayyor mahsulotlar, qovurilgan kartoshka frisi, chips, qolaversa, turli qandolatlarning bozori chaqqon.

Tahlillarga ko‘ra, ular tarkibida transyog‘lar miqdori haddan ziyod ko‘p. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tahliliga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 5 milliard odam ushbu yog‘larning zararli ta’siridan himoyalanmagan. Bu yurak xastaliklari va o‘lim xavfini oshiradi.

Shu singari taomlarni tayyorlashda ishlatiladigan transyog‘lar har yili sayyoramiz bo‘yicha 300 mingga yaqin kishining o‘limiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, tibbiyot xodimlarining bu boradagi xulosasi qanday?

Transyog‘lar — organizm uchun foydali yog‘larga qaraganda arzonroq va qator kimyoviy va fizik xususiyatlarga ega, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Nizom Ermatov. — Masalan, xona haroratida qattiq holatda saqlanib qoladi, shu sabab ularni turli xil qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlariga qo‘shish qulay.

Ular sanoat usulida ishlov berilgan yoki tabiiy to‘yinmagan yog‘ kislotasi hisoblanadi. Bu mahsulot margarin, o‘simlik yog‘lari, qovurilgan taom va pishiriqlar, xususan, krakerlar, pechene va piroglarda mavjud. Shuningdek, kavsh qaytaruvchi hayvonlar go‘shti va sutida tabiiy holda uchraydi. Ammo har ikki turdagisi ham sog‘lik uchun zararli.

Yog‘lar hujayra membranalari va boshqa biologik strukturalarning hosil bo‘lishi uchun “qurilish materiali” vazifasini o‘taydi. Agar ular sun’iy sintezlangan trans shaklga ega bo‘lsa, organizmda moddalar almashinuvi jarayoniga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xususan, tanada zararli xolesterin miqdorini oshiradi, ya’ni past zichlikdagi lipoproteinlar qon tomirlari devorida tiqin hosil qilib, ularni toraytiradi. Natijada organizmda qon aylanishi va hayotiy muhim organlarni qon bilan ta’minlash jarayoni izdan chiqadi. Oqibatda infarkt, insult va o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi kabi turli xavfli kasalliklar kelib chiqishi mumkin.

Shuningdek, transyog‘lar yallig‘lanish jarayonlarini tezlashtirb, qandli diabet va onkologik xastaliklar rivojlanish xavfini ham oshiradi.

Shu sababli JSST ushbu turdagi yog‘larni taqiqlash yoki uni kunlik energiya miqdorining 1 foizigacha kamaytirishni tavsiya qilinmoqda. Ya’ni, kunlik ratsionda 2000 kaloriya bo‘lsa, transyog‘lar ulushi 2,2 grammga to‘g‘ri kelishi lozim. Lekin bugun ayrim yeguliklar tarkibida bu turdagi yog‘lar miqdori kunlik normadan 200 baravar ortiqni tashkil qilmoqda.

Shunday ekan, bunday vaziyatda eng to‘g‘ri yo‘l – transyog‘lar iste’molidan butunlay voz kechish yoki ular miqdorini minimal darajada kamaytirishdir.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.

O‘xshash yangiliklar

Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Baraka market tarmog‘i Pepsi egaligiga o‘tadi
Raqobat qo‘mitasi Pepsi savdo belgisiga egalik qiluvchi «International Beverages Tashkent» kompaniyasiga Baraka market supermarketlar tarmog‘ini sotib olishga ruxsat bergan. Bu haqda qo‘mita axborot
Iqtisodiyot 14:10, 3-03-2025
Ravshan Ermatov chempion o‘smirlarga: «Yulduzlik kasaliga chalinmang, mashhurlikning do‘sti yo‘q!»
Ravshan Ermatov chempion o‘smirlarga: «Yulduzlik kasaliga chalinmang, mashhurlikning do‘sti yo‘q!»
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatov Osiyo chempionatida g‘olib bo‘lgan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda
Sport 22:32, 24-04-2025
Ravshan Ermatov: "Bu tarixiy kunni 33 yil kutib yashadik!"
Ravshan Ermatov: "Bu tarixiy kunni 33 yil kutib yashadik!"
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, mamlakatimiz futbolining afsonaviy hakami sifatida butun dunyoga tanilgan Ravshan Ermatov, milliy terma jamoamizning ilk marta jahon
Sport 06:06, 6-06-2025
Zelenskiy uchta o‘zbek kompaniyasiga sanksiya joriy qildi
Zelenskiy uchta o‘zbek kompaniyasiga sanksiya joriy qildi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy uchta o‘zbek kompaniyasi va bir nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi, deb Kursiv Media xabar berdi. Sanksiyalar 9-maydan kuchga kirdi
Dunyo 19:42, 11-05-2025
Ravshan Ermatov: «Osiyo kubogi mezbonligi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz»
Ravshan Ermatov: «Osiyo kubogi mezbonligi uchun bor imkoniyatimizni ishga solamiz»
Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻiz Respublikasi 2031 yilgi Osiyo kubogini birgalikda oʻtkazish boʻyicha ariza yuborgani haqida xabar berilgandi. Bu borada futbol ommasidan kelib tushgan savollarga
Sport 16:42, 26-02-2025