Bugun
Zelenskiy AQShning Donbastan qo'shinlarni chiqarish talabini e'tirof etdi
+25°
пасмурно ветер 0.4 м/с, ЮЗ

2025–2026 yillarda 3 mingga yaqin mikro GES qurilishi belgilandi

Iqtisodiyot
133

2025–2026 yillarda 3 mingga yaqin mikro GES qurilishi belgilandi
«Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2025–2026 yillarda Respublika hududlarida mikro gidroelektr stansiyalari tarmog‘ini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

- jami quvvati 164 MVt bo‘lgan 2 983 ta mikro GES qurish va yiliga 500 mln kVt/soat ekologik toza elektr energiyasini ishlab chiqarish;

- yangi mikro GES ishga tushirish hisobiga 280 mingta aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash;

- qurilish davrida 1200 nafar ishchining bandligini ta’minlash va loyihalar ishga tushgandan keyin 520 ta doimiy ish o‘rni yaratish.

2025 yil 1 maygacha loyiha hujjatlariga asosan mikro GES qurish uchun tanlab olingan yer uchastkalari belgilangan tartibda Energetika vazirligiga ajratiladi.

Energetika vazirligi ajratilgan yer uchastkalari loyiha tashabbuskorlariga mikro GES qurish va ishga tushirish uchun 20 yil muddatga ijaraga berilishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, kichik va mikro gidroelektr stansiyalari loyihalarini amalga oshirish guruhi tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekistonda jami yarim milliondan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda
O'zbekistonda jami yarim milliondan ortiq korxona faoliyat yuritmoqda
O'zbekiston iqtisodiyotining joriy holati va korxonalarning tarqalganligi bo'yicha yangi ma'lumotlar e'lon qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Milliy statistika
Iqtisodiyot Bugun, 12:37
Oltin narxi keskin oshdi va yangi sotuv narxlari e'lon qilindi
Oltin narxi keskin oshdi va yangi sotuv narxlari e'lon qilindi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan bugun, ya'ni yigirma oltinchi mart kuni o'lchovli oltin quymalarining yangi sotuv narxlari rasman e'lon qilindi. Bu haqda
Iqtisodiyot Bugun, 11:35
Markaziy bank fevralda yetti marta yig'ilish o'tkazdi
Markaziy bank fevralda yetti marta yig'ilish o'tkazdi
Markaziy bankning Bank nazorati qo'mitasi 2026 yil fevral oyida o'z faoliyatini yanada faollashtirib, kengaytirilgan shaklda yetti marta yig'ilishlar o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz
Iqtisodiyot Bugun, 10:39
Markaziy bank 26 martga oid yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
Markaziy bank 26 martga oid yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki o'zining rasmiy saytida 2026 yilning 26 mart sanasiga oid xorijiy valyutalarning milliy pulimizga nisbatan yangi rasmiy kurslarini e'lon qildi.
Iqtisodiyot Kecha, 16:38
Markaziy Bank oltin narxlarini yana bir bor ko'tardi
Markaziy Bank oltin narxlarini yana bir bor ko'tardi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy Banki bugun o'lchovli oltin quymalarining 25 mart sanasidagi rasmiy sotuv narxlarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma'lumotlarga
Iqtisodiyot Kecha, 11:54
Kelasi yil mart oyida dollar kursi o'n bir so'm arzonlashadi
Kelasi yil mart oyida dollar kursi o'n bir so'm arzonlashadi
O'zbekiston Respublikasida kelasi yilning 26 mart sanasiga to'g'ri keladigan Amerika dollari kursi bo'yicha mutaxassislar va tahlilchilar tomonidan aniq bashoratlar berilmoqda.
Iqtisodiyot Kecha, 10:35