Bugun
O‘zbekistonning tashqi savdosi o‘smoqda eksport kamaymoqda import oshmoqda
+20°
пасмурно ветер 1.6 м/с, В

O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi

Iqtisodiyot
161

O‘zbekistonga tovarlarni bojsiz olib kirishning yangi normalari belgilandi
O‘zbekiston hukumati samolyot va poyezdda kelayotgan jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalarini pasaytirdi.

Bosh vazir tomonidan bugun, 19 aprel kuni imzolangan qarorga asosan, bojsiz tovar olib kirish normalari 2025 yil 1 maydan e’tiboran quyidagicha belgilanadi:

  • havo transportida – 1000 dollar (hozirda 2000 dollar);
  • temiryo‘l va daryo transportida – 500 dollar (hozirda 1000 dollar);
  • avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali – 300 dollar (o‘zgarishsiz);
  • xalqaro kuryerlik jo‘natmalari orqali – bir oyda 200 dollar (hozirda bir chorakda 1000 dollar);
  • xalqaro pochta jo‘natmalari orqali – 100 dollar (o‘zgarishsiz).


Belgilanishicha, temiryo‘l va daryo transportida hamda avtomobil o‘tkazish punktlari orqali notijorat maqsadlarda tovarlarni olib kirayotgan shaxs xorijiy davlatda 2 kundan kam muddat bo‘lganda, havo transportida esa 3 kundan kam muddat bo‘lganda, bojsiz olib kirish normalari qo‘llanilmaydi. Bunda ushbu tovarlarga bojsiz olib kirish normasidan ortiq deb qaraladi va tovarlarning to‘liq qiymatidan yagona bojxona to‘lovi undiriladi.

Jismoniy shaxslar tomonidan qiymati 5000 AQSH dollari ekvivalentigacha bo‘lgan tovarlar bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan olib chiqilishi mumkin, eksport bojxona boji joriy etilgan tovarlar bundan mustasno.

Hujjat bilan, shuningdek, import jarayonini rasmiylashtirishda bojxona qiymati va miqdori alohida nazoratga olinadigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Ro‘yxatga 70 xil turdagi tovarlar kiritilgan. Maishiy texnikalar, oziq-ovqatlar, kiyim-kechaklar va poyabzallarning bir qator turlari, tozalash va yuvish vositalari, o‘yinchoqlar, shinalar, metall buyumlar shular jumlasidan. Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorovga bu ro‘yxatdagi tovarlarning qiymati va miqdorini nazorat qilishning samarali mexanizmini joriy etish va hech qanday istisnolar bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik topshirig‘i berildi.

“Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya chegara bojxona postlarida fuqarolar tomonidan vakolatli davlat organlari mansabdor shaxslarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslik, uyushgan holda qarshilik qilish hamda jamoat tartibini buzish holatlarining oldini olish bo‘yicha Bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ysin”, deyiladi qarorda.

O‘xshash yangiliklar

Markaziy bank 2026 yil aprel oyidan yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
Markaziy bank 2026 yil aprel oyidan yangi valyuta kurslarini e'lon qildi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 1 apreldan boshlab amalga kiradigan yangi valyuta kurslarini aholi va tadbirkorlar e'tiboriga rasman taqdim etdi. Bu haqda Zamin.uz
Iqtisodiyot Kecha, 16:39
Oltin narxlari keskin oshdi va banklarda tugab qolmoqda
Oltin narxlari keskin oshdi va banklarda tugab qolmoqda
O‘zbekiston Markaziy Banki 31 mart kuni o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bir gramm oltinning narxi oldingi ko‘rsatkichga nisbatan 12 400
Iqtisodiyot Kecha, 12:42
Buxoro va Toshkentda dollar kursi pasayishi kutilmoqda
Buxoro va Toshkentda dollar kursi pasayishi kutilmoqda
Buxoro va Toshkent shaharlarida moliyaviy bozor soatlariga qarab o'zgarib turadigan holatga ega. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bugun, ya'ni 1 aprel kuni Amerika Qo'shma Shtatlari
Iqtisodiyot Kecha, 10:39
O‘zbekiston 15 turdagi xomashyoga bojlarni bekor qiladi
O‘zbekiston 15 turdagi xomashyoga bojlarni bekor qiladi
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xomashyolarga bojlar bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda tadbirkorlar bilan ochiq
Iqtisodiyot 17:38, 30-03-2026
Markaziy bank xorijiy valyuta kurslarini yangiladi
Markaziy bank xorijiy valyuta kurslarini yangiladi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 31 mart sanasiga mo'ljalangan xorijiy valyutalar rasmiy kurslarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aholi va
Iqtisodiyot 16:57, 30-03-2026
Propan narxi qoidabuzarliklar tufayli 21 foizga arzonlashdi
Propan narxi qoidabuzarliklar tufayli 21 foizga arzonlashdi
Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi propan import qiluvchi korxonalar faoliyatini batafsil o‘rganib chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tekshiruv natijasida 2025 yilning noyabr, dekabr
Iqtisodiyot 15:49, 30-03-2026