Bugun
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Series finalida g‘alaba qozondi
+20°
пасмурно ветер 2.2 м/с, Ю

Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi

Iqtisodiyot
123

Vengriya Sirdaryoda 8 ta parrandachilik fabrikasini quradi
Foto: Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda O‘zbekiston delegatsiyasiga bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev, Vengriya delegatsiyasiga esa OTP Group kompaniyasi bosh direktori Gergey Pokosh boshchilik qildi.

Suhbatda O‘zbekiston-Vengriya hamkorligining dolzarb masalalari, O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va mamlakatda xorijiy biznesni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan fikr almashildi.

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotgani, bunga keyingi yillarda ishonchga asoslangan oliy darajadagi munosabatlar yordam berayotgani alohida ta’kidlandi. Vengriya biznesi O‘zbekistonga katta ishonch bildirmoqda – O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil oktyabr oyida Vengriyaga qilgan rasmiy tashrifi yakunlari bo‘yicha 1,3 milliard dollarlik bitim va shartnomalar imzolandi.

O‘zaro tovar ayirboshlashning asosiy pozitsiyalari to‘qimachilik, oziq-ovqat mahsulotlari, farmatsevtika, mexanik va elektr jihozlari va boshqa tovarlardan iborat. 2024 yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda Vengriya kapitali ishtirokidagi 12 ta korxona, jumladan, 7 ta qo‘shma va 5 tasi 100 foiz xorijiy kapital ishtirokidagi korxona faoliyat yuritmoqda.

Investitsiya loyihalari portfeliga Vengriyaning OTP Group tarkibiga kiruvchi OTP banki tomonidan Ipoteka-bankni xususiylashtirish, Meditop Pharmaceuticals bilan yuqori texnologiyali farmatsevtika korxonasini tashkil etish va boshqa loyihalar kiradi. Kompaniyaning Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish bo‘yicha yirik loyihani amalga oshirish borasidagi navbatdagi choralari konstruktiv tarzda muhokama qilindi.

Hamkorlikda amalga oshiriladigan ishlar tafsilotlarini muhokama qilib, tomonlar hujjat almashish marosimiga o‘tdilar. Xususan, Investitsiya bitimi, Sirdaryo viloyatida yer uchastkasini ijaraga berish shartnomasi, O‘zbekiston To‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi bilan ta’sis va nizom shartnomalari imzolandi.

ZA-Invest kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klaster hududida 130 gektar maydonda 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, so‘yish va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va ma’muriy binolar quriladi. Loyihaning quvvati yiliga 16 million dona broyler tovuqlari va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqarishni tashkil etadi.

Loyiha OTP Green Fund tomonidan moliyalashtiriladi va OTP Group tarkibiga kiruvchi ZA-Invest Poultry kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston 15 turdagi xomashyoga bojlarni bekor qiladi
O‘zbekiston 15 turdagi xomashyoga bojlarni bekor qiladi
O‘zbekistonda 15 turdagi mahsulotni ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan xomashyolarga bojlar bekor qilinishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda tadbirkorlar bilan ochiq
Iqtisodiyot Bugun, 17:38
Markaziy bank xorijiy valyuta kurslarini yangiladi
Markaziy bank xorijiy valyuta kurslarini yangiladi
O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2026 yilning 31 mart sanasiga mo'ljalangan xorijiy valyutalar rasmiy kurslarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aholi va
Iqtisodiyot Bugun, 16:57
Propan narxi qoidabuzarliklar tufayli 21 foizga arzonlashdi
Propan narxi qoidabuzarliklar tufayli 21 foizga arzonlashdi
Raqobat qo‘mitasining Maxsus komissiyasi propan import qiluvchi korxonalar faoliyatini batafsil o‘rganib chiqdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Tekshiruv natijasida 2025 yilning noyabr, dekabr
Iqtisodiyot Bugun, 15:49
Metallurgiya sanoatida yanvarda tarixiy yutuq qayd etildi
Metallurgiya sanoatida yanvarda tarixiy yutuq qayd etildi
O'zbekiston metallurgiya sanoati 2026-yilning yanvar oyida tarixda misli ko'rilmagan yangi yutuqlarga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Milliy statistika qo'mitasining
Iqtisodiyot Bugun, 14:37
Sherobod tumanida keng ko'lamli yangi issiqxona majmualari quriladi
Sherobod tumanida keng ko'lamli yangi issiqxona majmualari quriladi
2026 yil 25 mart kuni qabul qilingan Prezident qarori mamlakatimizda qishloq xo'jaligi sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim bosqichdir. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu hujjat
Iqtisodiyot Bugun, 13:37
Oltin narxi yigirma besh ming so'mga keskin oshdi
Oltin narxi yigirma besh ming so'mga keskin oshdi
O'zbekiston Markaziy Banki bugun o'lchovli oltin quymalarning 30 martdagi yangi narxlarini e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu so'nggi kuni amalga oshirilgan
Iqtisodiyot Bugun, 12:42