Bugun
Van der Vaart: De Yong ko‘proq tavakkal qilishi kerak
+18°
пасмурно ветер 3.5 м/с, В

Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi

Iqtisodiyot
131
Urumchida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi o‘tkazildi
Bugun, 30 aprel kuni Urumchi shahrida O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tdi.

Uning ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni Partqo‘mi kotibi Ma Sinjuy boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirok etdi.

Forumda delegatsiyalar rahbarlari so‘zga chiqdi.

So‘ngi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalar tobora mustahkamlanib, yaxshi munosabat va do‘stlikning yangi modeliga aylanib borayotgani, bunda ayniqsa, Davlatlar Rahbarlari o‘rtasidagi yaqin, samimiy va birodarlik munosabatlar muhim ahamiyat kasb etayotgani ta’kidlandi.

O‘z navbatida, bunday tadbirlar, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni chuqurlashtirish, o‘zaro hamkorlikning yangi qirralarini ochishga yordam berishi alohida qayd etildi.

Bugungi kunda xitoylik hamkorlar bilan energetika, kimyo, mashinasozlik, tekstil, qurilish materiallari, maishiy texnika, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma loyihalar samarali amalga oshirib kelinmoqda.

So‘ngi yillarda Xitoydan O‘zbekistonga jalb qilinayotgan to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar hajmi besh barobar, qo‘shma korxonalar soni esa uch barobar oshdi.

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida mintaqa mamlakatlari uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan “Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston” temir yo‘li qurilishiga start berildi.

Ushbu loyihaning ishga tushirilishi natijasida O‘zbekiston Sharq va G‘arb o‘rtasidagi yirik logistika xabi sifatida shakllanadi.

O‘zbekiston Bosh vaziri o‘z nutqida mamlakatimiz delegatsiyasi tarkibida 250 dan ortiq yirik tadbirkorlar, shuningdek, Andijon, Toshkent, Farg‘ona, Sirdaryo, va Surxondaryo viloyatlari rahbarlari hamda vakillari ham Urumchiga tashrif buyurganini bildirib, qatnashchilar e’tiborini Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida mamlakatimizda investitsion muhitni yaxshilash va tadbirkorlarga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar samarasiga qaratdi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan davrda yalpi ichki mahsulot hajmi 2 barobar ko‘payib, ilk bor 100 milliard dollardan oshdi. Kelgusi besh yilda ushbu ko‘rsatkichni 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan.

So‘ngi yillarda mamlakatimizda 70 milliard dollardan ziyod xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Xalqaro moliya institutlarining 14 milliard dollardan ortiq mablag‘i ijtimoiy va infratuzilma sohalariga jalb qilindi.

Kelgusi 5 yilda “yashil” energiya manbalarining energetikadagi ulushini 50 foizdan oshirish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston – mineral resurslar va muhim metallarning katta bazasiga ega mamlakatdir.

Mamlakatimizda yiliga 25 million tonna yuqori sifatli meva-sabzavot yetishtirilmoqda. Yiliga 2,5 milliard dollarlik meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksport qilinmoqda.

Mamlakatimiz dunyodagi ko‘plab davlatlar bilan imtiyozli savdo tizimiga ega ekani bildirildi.

O‘zbekiston - Xitoy iqtisodiy forumi doirasida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari rahbarlari va vakillari “B2B” shaklda ham muzokaralar olib bordi.

Xitoyga tashrif doirasida Xitoyning “China General Nuclear Power”, “Sichuan Jiuzhou Investment Holding Group”, “Xinjiang Lihua Groupˮ, Xitoy To‘qimachilik mahsulotlari importi va eksporti palatasi, “Shanghai Oriental Credits Industrial Development So., Ltd”, “Longze Investment Group Co., Ltd.”, “Watchman Group PTE. Ltd”, Pekin texnologiyalar universiteti, Elektrotexnika savdo palatasi, Xitoy Charm assotsiatsiyasi singari qator yirik kompaniyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi hamda savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘xshash yangiliklar

2025-yilda 152 trillion so‘mlik oziq-ovqat ishlab chiqarildi
2025-yilda 152 trillion so‘mlik oziq-ovqat ishlab chiqarildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 152,1 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Iqtisodiyot Bugun, 19:47
Markaziy bank: Dollar kursi 50,58 so‘mga arzonladi
Markaziy bank: Dollar kursi 50,58 so‘mga arzonladi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 26-fevral kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh dollari 50,58 so‘mga
Iqtisodiyot Bugun, 16:37
Oltin narxi pasaydi: yangi quyma narxlari e’lon qilindi
Oltin narxi pasaydi: yangi quyma narxlari e’lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Banki 25-fevral kuni o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltinning narxi oldingi ko‘rsatkichga
Iqtisodiyot Bugun, 15:46
Dollar kursi pasaydi: banklardagi eng qulay narxlar
Dollar kursi pasaydi: banklardagi eng qulay narxlar
26-fevral kuni O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan dollar kursi 47–48 so‘mga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu o‘zgarish valyuta bozoridagi dinamikaga ta’sir
Iqtisodiyot Bugun, 10:59
Markaziy bank: Valyuta kurslari o‘zgarishi e’lon qilindi
Markaziy bank: Valyuta kurslari o‘zgarishi e’lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 25-fevraldan boshlab amal qiladigan rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, asosiy valyutalarning
Iqtisodiyot Kecha, 16:38
Oltin narxi oshdi: 1 gramm 43 400 so‘mga qimmatlashdi
Oltin narxi oshdi: 1 gramm 43 400 so‘mga qimmatlashdi
O‘zbekiston Markaziy Banki 24-fevral holatiga ko‘ra o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi avvalgi
Iqtisodiyot Kecha, 10:49