Bugun
Flik: Rafinyani kartochka sababli almashtirdik
+22°
ясно ветер 3.1 м/с, СЗ

Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi

Jamiyat
99

Tomorqadan samarasiz foydalanganlarga ko‘riladigan choralar ishlab chiqildi
“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori e’lon qilindi.

Unda aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni tashkil etish tartibi tasdiqlandi.

Qaror bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, aholi tomorqalari va ijara huquqi asosida ajratilgan yer maydonlarida ekin ekilishi ustidan nazorat:

  • mahalla darajasida — “mahalla yettiligi” va “mahalla banklari”;
  • tuman darajasida — tuman (shahar) shtablari hamda tuman (shahar) hokimlarining tegishliligi bo‘yicha o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar;
  • hudud darajasida — Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining hamda viloyatlar hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari boshchiligidagi ishchi guruhlar tomonidan amalga oshiriladi.


Ijara yer maydonlarida dehqon xo‘jaligi tomonidan ekish ishlari amalga oshirilmaganda (fors-major holatlari bundan mustasno) tuman (shahar) shtablari tomonidan yer maydonlarini ikkilamchi ijaraga berish choralari ko‘riladi. Bunda tijorat banklari, tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlari tomonidan:

  • kamida 40 gektar yer uchastkasida “bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi;
  • qolgan konturlardagi ijaraga olingan yer uchastkalarida mahsulot yetishtirishni tashkil etish uchun ishchi guruhlarga yetakchi tadbirkorlarni jalb qilgan holda loyihalar amalga oshirilishida ko‘maklashiladi.


“Mahalla yettiligi” xulosasiga asosan aholi tomorqalari va ijaraga olingan yer maydonlariga ekin ekmagan yoki samarasiz foydalanayotgan shaxslarga nisbatan quyidagi ta’sirchan choralar ko‘riladi:

  • tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga davlat dasturlari doirasida imtiyozli kreditlar berilmaydi;
  • Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan fuqarolar uchun nazarda tutilgan imtiyozlar to‘xtatiladi;
  • “Onlayn mahalla” elektron platformasi ma’lumotlari asosida ekin ekilmagani aniqlangan yil uchun yer solig‘i stavkasi uch karra miqdorida hisoblanadi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
O‘zini o‘zini band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari qisqaradi
19 mart kuni “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” prezident qarori imzolandi. Tadbirkorlik subyektlarining yiriklashuvini rag‘batlantirish
Iqtisodiyot 19:51, 27-03-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida qanday qonun hujjatlari qabul qilindi?
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan qabul qilingan qator hujjatlar Oliy Majlis Senatiga yuborildi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati. Oliy Majlis Qonunchilik
Oʻzbekiston 23:51, 26-01-2025
Ekin ekilmagan yerlar boshqalarga topshiriladi
Ekin ekilmagan yerlar boshqalarga topshiriladi
Ijaraga olingan yerga ekin ekilmasa, yer boshqalarga beriladi, deb uz24 xabar qildi. Agar tomorqa yoki ijaradagi yerga ekin ekilmasa, bu yerlar ikkilamchi ijaraga beriladi. Jumladan, 40 gektardan
Oʻzbekiston 15:53, 31-03-2025
Ayrim dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi
Ayrim dehqonlarga 100 million soʻmgacha subsidiya ajratiladi
“Tomorqa er egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni
Iqtisodiyot 06:00, 19-02-2025