Bugun
"Manchester Siti" Nyukaslni mag'lub etib, keyingi bosqichda
+11°
пасмурно ветер 1 м/с, ЮВ

Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida muallif huquqlari buzilganligi aniqlandi

Madaniyat
76

Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida muallif huquqlari buzilganligi aniqlandi
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’r muallifining ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi, deb Intellektual mulk departamenti xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Abdussamiy taxallusi bilan tanilgan shoir Shohrux Abduvohidov “Yaxshimasmi” va “Ertaga boramizmi” nomli she’rlarining ruxsatsiz ijro etilgani yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat yo‘llagan.

Tekshiruv jarayonida Rayhon G‘aniyeva ijro etgan “Yaxshimasmi” hamda “Sahar” guruhi solisti Anvar Jo‘rayev ijrosidagi “Ertaga boramizmi” qo‘shiqlaridagi she’rlar bastakor Shahboz Nosirjonov tomonidan muallifning roziligisiz foydalanilgani tasdiqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi asosida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborildi.

Yashnabod tuman sudi qaroriga asosan huquqbuzarga 2 barobar BHM — 750 000 so‘m miqdorida jarima tayinlandi.

O‘xshash yangiliklar

Sevinch Ismoilova turmush va ijod haqida gapirdi
Sevinch Ismoilova turmush va ijod haqida gapirdi
Sevinch Ismoilova o'z muxlislarining qiziqtirgan savollariga samimiy javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning shaxsiy hayoti, xususan, turmush qurish rejalari haqida so'raldi.
Madaniyat Kecha, 23:57
Rayhonning Bolalikdagi Orzusi: Balerina Bo'lish Istagi
Rayhonning Bolalikdagi Orzusi: Balerina Bo'lish Istagi
Xonanda Rayhon "No Filter" ko‘rsatuvida bolaligida balerina bo‘lishni orzu qilgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U balerina bo‘lish oson emasligini bilgan, ammo bu
Madaniyat Kecha, 17:57
Aktrisa Shahloxonim Las-Vegasdagi Sphere majmuasida bo‘ldi
Aktrisa Shahloxonim Las-Vegasdagi Sphere majmuasida bo‘ldi
Aktrisa Shahloxonim ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali o'z muxlislarini sayohatdagi lavhalar bilan doimiy ravishda xursand qilib keladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu safar u AQShning
Madaniyat Kecha, 16:08
Rayhon: Zamonaviy musiqa dolzarbligini yo'qotdi
Rayhon: Zamonaviy musiqa dolzarbligini yo'qotdi
Xonandaga savol berildi: "Hozirgi vaqtda O‘zbekiston musiqa sanoati haqida nima deb o‘ylaysiz?" Rayhon shunday javob berdi: "Oldin zamonaviy musiqalar yaratish juda qiziqarli edi. Bu
Madaniyat Kecha, 14:43
Maykl Jekson merosi ustidagi bahslar davom etmoqda
Maykl Jekson merosi ustidagi bahslar davom etmoqda
Pop musiqasi qiroli Maykl Jeksonning vafotidan keyin uning boyligi va merosi atrofidagi bahslar hali ham davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yaqinda Jeksonlar oilasi vakillari va
Madaniyat 19:52, 6-03-2026
Ariana Rokfeller: Merosdan tashqarida mustaqil hayot izlaydi
Ariana Rokfeller: Merosdan tashqarida mustaqil hayot izlaydi
Dunyoning eng boy va nufuzli oilalaridan biri bo'lgan Rokfellerlar sulolasi haqida ko'pchilik eshitgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu oilaning vakillari o'zlarining ulkan boyligi
Madaniyat 19:51, 6-03-2026