Bugun
Yosh tadbirkorlar uchun foizsiz ssudalar hajmi oshirildi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, С

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Oʻzbekiston
156
Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
O‘zbekistonda imom Moturidiyning 1100 yilligi keng nishonlanadi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori e’lon qilindi.

Qaror Imom Abu Mansur Moturidiyning ibratli hayot yo‘li va boy ilmiy-ma’naviy merosini har tomonlama chuqur o‘rganishni rag‘batlantirish, moturidiylik ta’limotiga xos bag‘rikenglik va mo‘tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadida imzolangan.

Ikki hafta muddatda Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini allomaning islom olamidagi obro‘-e’tibori va nufuziga munosib tarzda yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutadigan chora-tadbirlar dasturini tasdiqlanadi. Jumladan:

(a) 2025 yil aprel oyida Samarqand shahrida “Moturidiylik – bag‘rikenglik, mo‘tadillik va ma’rifat ta’limoti” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish;

(b) xorijlik tadqiqotchilar o‘rtasida moturidiylik ta’limoti bo‘yicha ilmiy tanlov o‘tkazish, g‘oliblar ishtirokida O‘zbekistonda madaniy-ma’rifiy uchrashuv va seminar-treninglar tashkil etish;

(v) Imom Moturidiyning “Ta’vilot al-Qur’on” va “Kitob at-tavhid” asarlari va moturidiylik ta’limotiga oid manbalarning o‘zbek va xorijiy tillardagi ilmiy-izohli akademik tarjimalarini nashr etish;

(g) Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligiga bag‘ishlangan esdalik suvenirlarini muomalaga chiqarish hamda pochta markalari, taqvimlar, buyuk mutafakkirning hayoti va ilmiy merosini yoritib beradigan boshqa ko‘rgazmali axborot vositalari turkumini yaratish;

(d) Imom Moturidiyning serqirra hayot yo‘li va ilmiy merosining bugungi kundagi ahamiyatini ochib beradigan badiiy-publitsistik film yaratish;

(ye) Samarqand viloyatida Imom Moturidiy va moturidiylik ta’limoti yo‘nalishida faoliyat olib borgan allomalarning hayoti, ilmiy va ijodiy merosiga bag‘ishlangan asarlarning nodir qo‘lyozma va nashr nusxalari hamda kitoblari ko‘rgazmasini tashkil etish;

(j) Samarqand shahridagi Abu Mansur Moturidiy majmuasini qayta ta’mirlash va obodonlashtirish.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bilan birgalikda 2025 yil may va oktyabr oylarida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida Oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini hamda ilmiy maqolalar tanlovini o‘tkazadi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 2 mart
Bugungi reyslar jadvali — 2 mart
2 mart kuni aeroportda jami 31 ta reys amalga oshiriladi. Eng erta parvoz soat 05:15 da boshlanib, eng kechgi reys esa 22:30 da amalga oshiriladi, deb xabar berdi uzairways.com. Shuningdek, kun
Oʻzbekiston Bugun, 00:10
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi Isroil va Misr chegarasiga oid yangi ma’lumotlarni e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Elchixonaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Isroil va Misr o‘rtasida
Oʻzbekiston Kecha, 22:37
2 mart kuni O‘zbekistonda ob-havo turlicha bo‘ladi.
2 mart kuni O‘zbekistonda ob-havo turlicha bo‘ladi.
2 mart kuni O‘zbekiston hududida ob-havo sharoiti turlicha bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “O‘zgidromet” xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatning ayrim hududlarida
Oʻzbekiston Kecha, 22:15
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda
Hafta davomida yomg‘irli ob-havo kutilmoqda
2-martdan 8-martgacha bo‘lgan hafta davomida ob-havo asosan yog‘ingarchilik bilan o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Haftaning aksariyat kunlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Shunday ekan, bu
Oʻzbekiston Kecha, 21:20
Umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi
Umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi va bir qator turoperatorlar tomonidan tashkil etilayotgan Umra ziyoratlari vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu qaror Yaqin Sharq hududidagi
Oʻzbekiston Kecha, 19:17
Toshkentda havo sifati yomonlashdi, yog‘ingarchilik kutilmoqda
Toshkentda havo sifati yomonlashdi, yog‘ingarchilik kutilmoqda
Toshkent shahrida havo haroratining pasayishi natijasida atmosfera sifati yomonlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. “O‘zgidromet” xabar berishicha, 28-fevraldan boshlab mamlakatimiz hududiga sovuq
Oʻzbekiston Kecha, 16:30