Bugun
Kannavaro terma jamoa shtabini kuchaytirish uchun yangi mutaxassislarni jalb qildi
+20°
переменная облачность ветер 1.1 м/с, В

Xitoyning Lushang Group O‘zbekistonga milliardlik loyihalar bilan kelmoqda

Oʻzbekiston
26
Xitoyning Lushang Group O‘zbekistonga milliardlik loyihalar bilan kelmoqda
2025 yil 3 iyun kuni Toshkent shahrida muhim biznes uchrashuvlardan biri bo‘lib o‘tdi. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov Xitoyning yirik davlat korporatsiyasi — Lushang Group delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar qator istiqbolli va strategik ahamiyatga ega loyihalarni muhokama qildi. Xususan, zamonaviy logistika markazlarini qurish, dori-darmon mahsulotlarini mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, yangi avlod ta’lim muassasalarini tashkil etish takliflari o‘rtaga tashlandi.

Lushang Group — 1992 yili Xitoyning Shandun provinsiyasida tashkil etilgan, davlatga tegishli, ko‘p tarmoqli korporatsiya hisoblanadi. Bugungi kunda kompaniya savdo, tibbiyot, moliyaviy xizmatlar, logistika, ta’lim va investitsiya yo‘nalishlarida faoliyat yuritib kelmoqda. Uning umumiy aktivlari hozirda 185 million AQSH dollarini tashkil etadi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqbolli tashabbuslarni aniq rejalar asosida amalga oshirish va kelgusi ishlar uchun ishchi guruhlar tashkil etish masalalari yuzasidan kelishuvga erishildi.

Uchrashuv yakunida har ikki tomon ham o‘zaro muloqot va tajriba almashishni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidlab, muhokama qilingan yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy qadamlar belgilab olindi. Bu hamkorlik nafaqat iqtisodiy rivojlanishga, balki ish o‘rinlari yaratilishi, mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish va ta’lim sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutilmoqda.

O‘zbekistonning strategik hamkorlaridan biri sifatida Xitoy bilan bunday darajadagi hamkorlik, albatta, mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

O‘xshash yangiliklar

Markaziy bank dollarni sotib olishda hujjat talabini kengaytirishni taklif qildi
Markaziy bank dollarni sotib olishda hujjat talabini kengaytirishni taklif qildi
Markaziy bank jamoatchilik e'tiboriga jiddiy taklifni oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu taklif AQSH dollarini naqd pul shaklida sotib olish jarayonidagi tartiblarga oid bo'lib, unda
Oʻzbekiston Bugun, 01:38
O'zbekistonlik o'n bir yoshli qiz Britaniya tanloviga yo'llanma oldi
O'zbekistonlik o'n bir yoshli qiz Britaniya tanloviga yo'llanma oldi
Angliyaning Blekpul shahrida dunyoga mashhur bo'lgan Britaniya talantlari tanlovi ko'rsatuvida ilk marta O'zbekiston nomidan yosh xonanda Yasmina Husniddinova ishtirok etdi. Bu haqda
Oʻzbekiston Kecha, 23:36
Islomiy moliya tizimi O'zbekistonda joriy etilmoqda
Islomiy moliya tizimi O'zbekistonda joriy etilmoqda
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 25 mart kuni mamlakatimizda islomiy moliya tizimini joriy etish bo'yicha taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Oʻzbekiston Kecha, 22:39
O'zbekistonda 26 mart kuni quruq va quyoshli ob-havo kutilmoqda
O'zbekistonda 26 mart kuni quruq va quyoshli ob-havo kutilmoqda
O'zbekiston gidrometeorologiya xizmati ma'lumotlariga ko'ra, 26 mart kuni mamlakatimizning aksariyat hududlarida quruq va quyoshli ob-havo hukm surishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Oʻzbekiston Kecha, 18:42
O'zbekistonga xorijiy sayyohlar tashrifi keskin ortib bormoqda
O'zbekistonga xorijiy sayyohlar tashrifi keskin ortib bormoqda
O'zbekiston turizm sohasida yangi va ijobiy natijalarga erishmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026 yilning yanvar va fevral oylarida mamlakatimizga jami bir million yettinga ming nafarga
Oʻzbekiston Kecha, 17:35
Nurafshon va Bektemir o'rtasida ekspress avtobuslar harakatlanadi
Nurafshon va Bektemir o'rtasida ekspress avtobuslar harakatlanadi
Nurafshon shahri bilan Toshkentning Bektemir tumani o'rtasida tezkor va qulay avtobus xizmatini yo'lga qo'yish uchun maxsus transport tizimi joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Oʻzbekiston Kecha, 13:01