Bugun
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
+10°
пасмурно ветер 1.9 м/с, СВ

"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra: "Biz kelajagimiz uchun mehnat qilyapmiz"

Sport
107
"Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra: "Biz kelajagimiz uchun mehnat qilyapmiz"
Osiyo Chempionlar Ligasi nimchorak final javob bahsi oldidan "Paxtakor" bosh murabbiyi Pedru Moreyra va jamoa yarim himoyachisi Jonatan Lukka matbuot anjumanida ishtirok etib, "Al Hilol" bilan bo‘ladigan muhim uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Al Hilol" – kuchli raqib, lekin biz tayyormiz"

Portugaliyalik murabbiy birinchi bahsdagi g‘alabaga qaramay, javob uchrashuvi juda og‘ir kechishini ta’kidladi:

"Biz qiyin bahs bo‘lishini bilamiz. "Al Hilol" nafaqat Elit OCHL, balki butun Osiyodagi eng kuchli jamoalardan biri. Ular har doim to‘pni nazorat qilishga, hujumda faol bo‘lishga intiladi. Birinchi o‘yinda biz ularni to‘xtatib qola oldik, Toshkentda ajoyib o‘yin o‘tkazganimiz uchun g‘alaba qozonishga erishdik. Ertaga ham yaxshi futbol ko‘rsatishga va o‘z maqsadimizga erishishga harakat qilamiz."

Moreyraning ta’kidlashicha, "Al Hilol" o‘z maydonida juda kuchli o‘yin namoyish etadi va bu "Paxtakor" uchun jiddiy sinov bo‘ladi.

Jorje Jezusga qarshi bahs – murabbiylar to‘qnashuvi

Moreyra "Al Hilol" bosh murabbiyi Jorje Jezus haqida alohida to‘xtalib o‘tdi:

"Jorje Jezus bu musobaqada ishtirok etayotgan eng ko‘p sovrin yutgan mutaxassislardan biri. Uning tajribasi va jamoaga ta’siri katta. Oxirgi mavsumda u "Al Hilol" bilan mag‘lubiyatsiz seriya bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. U men uchun yangi inson emas, men u bilan ishlaganman. Lekin hozir biz raqiblarmiz va jamoam bilan g‘alaba uchun kurashaman."

Muxlislar jamoaga katta bosim qiladi

"Al Hilol" o‘z uyida ajoyib atmosfera yaratishini ta’kidlagan murabbiy, muxlislar bosimi jamoa uchun eng katta qiyinchilik bo‘lishini qayd etdi:

"Biz juda yuqori bosim ostida o‘ynaymiz. Saudiya klubi muxlislari o‘z jamoasini har tomonlama qo‘llab-quvvatlaydi. Bu biz uchun murakkablik tug‘diradi, lekin bunday bahslar futbolchilarning tajribasini oshiradi. Bundan tashqari, bizning ham juda ajoyib muxlislarimiz bor va ularning qo‘llab-quvvatlashi biz uchun katta yordam bo‘ladi."

Jamoa jangga shay!

Moreyera "Paxtakor"ning g‘alabaga ishonishi muhim ekanini qayd etdi:

"Biz jamoa sifatida birlashdik. Birgalikda harakat qilyapmiz. Biz pley-off bosqichiga eng oxirgi jamoa bo‘lib yo‘l olgan bo‘lsak ham, maydonda o‘z o‘yinimiz va xarakterimiz bilan kurashyapmiz. "Al Hilol" – favorit, lekin biz ham o‘z kuchimizga ishonamiz va ertaga maydonda shunga yarasha harakat qilamiz."

Jamoa hujumda Flamarion va Riaskos kabi futbolchilarga suyanadi, lekin murabbiy "Paxtakor" tarkibida o‘yin taqdirini o‘zgartirishga qodir bir necha futbolchi borligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan «Paxtakor» bugun «Al Hilol» mehmoni bo‘ladi. «Al Hilol» va «Paxtakor» jamoalari o‘rtasidagi bahs 11 martdan 12 martga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan 01:00da Riyoddagi «Kingdom Arena» stadionida boshlanadi.

Jamoalarning ilk uchrashuvida «Sherlar» 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23