Bugun
Martines Ronaldu haqida o'z fikrlarini ochiq bayon qildi
+22°
пасмурно ветер 1.2 м/с, СВ

RB Leyptsig Sheshko o‘rniga Romuloni sotib olmoqda

Sport
17
RB Leyptsig Sheshko o‘rniga Romuloni sotib olmoqda
RB Leyptsig futbol klubi Turkiyaning Gyoztepe jamoasida to‘p surayotgan hujumchi Romulo bilan shartnoma imzolash arafasida turibdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniyaning ushbu klubi yaqinda o‘zining asosiy hujumchilaridan biri Benyamin Sheshkoni Angliyaning Manchester Yunayted jamoasiga sotdi. Ushbu transferning umumiy qiymati bonuslarni hisobga olganda 85 million yevroni tashkil etgan.

Endilikda RB Leyptsig yangi hujumchini tarkibga qo‘shmoqchi. Klub Romuloni aynan Sheshkoni o‘rnini bosuvchi futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Transfer narxi taxminan 20 million yevroga baholanmoqda. Gyoztepe klubi braziliyalik futbolchi uchun tushgan taklifni allaqachon qabul qilgan.

Romulo o‘tgan mavsumda Gyoztepe safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 23 yoshli ushbu futbolchiga ilgari Rossiyaning Zenit va Spartak klublari ham qiziqish bildirgan edi.

Hozirda esa Germaniya klubi unga rasmiy taklif bilan chiqqan va transfer bo‘yicha muzokaralar yakuniga yetmoqda. Shu tariqa, RB Leyptsig yaqin kunlarda Romuloni o‘z tarkibiga qo‘shib olishi kutilmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Tiago Alkantara Klopp va Gvardiola uslubidagi farqlarni ochib berdi
Sobiq Liverpul, Bavariya va Barselona jamoalarida muvaffaqiyatli o'ynagan ispaniyalik yarim himoyachi Tiago Alkantara o'zining ko'p yillik tajribasini umumlashtirib, dunyoga mashhur
Sport Bugun, 21:01
Martines Ronaldu haqida o'z fikrlarini ochiq bayon qildi
Martines Ronaldu haqida o'z fikrlarini ochiq bayon qildi
Portugaliya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines dunyo futbolining buyuk yulduzi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrlarini ochiq bayon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 20:57
Barselona Lamin Yamalni Misrga qarshi o‘yinda ehtiyot qiladi
Barselona Lamin Yamalni Misrga qarshi o‘yinda ehtiyot qiladi
Kataloniyaning mashhur Barselona futbol klubi Ispaniya milliy terma jamoasi rahbariyati bilan muhim kelishuvga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Klub yosh istiqboli vinger Lamin Yamalni Misr
Sport Bugun, 20:00
Holand Angliya Premyer-ligasining eng qimmat futbolchisi deb topildi
Holand Angliya Premyer-ligasining eng qimmat futbolchisi deb topildi
Ispaniyalik ESPN xalqaro sport tahlilchilari tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqot natijalariga ko'ra, norvegiyalik yulduz Erling Holand joriy mavsumda Angliya Premyer-ligasining eng
Sport Bugun, 19:02
Martines Portugaliya futbol tizimini dunyodagi eng kuchli model deb baholadi
Martines Portugaliya futbol tizimini dunyodagi eng kuchli model deb baholadi
The Guardian nashri xabar berishicha, Portugaliya terma jamoasining bosh murabbiyi Roberto Martines mamlakat futbol tizimini juda yuqori baholadi va uni dunyodagi eng kuchli rivojlanish modellari
Sport Bugun, 18:32
Sergio Ramos Sevillani sotib olish uchun jiddiy muzokaralarni boshladi
Sergio Ramos Sevillani sotib olish uchun jiddiy muzokaralarni boshladi
Sobiq Real Madrid himoyachisi va butun dunyo tanigan futbol yulduzi Sergio Ramos Ispaniyaning Sevilla klubini sotib olish bo'yicha jiddiy muzokaralarni davom ettiryapti. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 13:50