Bugun
3D texnologiyalar Deyv Richardsning yuzini tikladi
+13°
облачно с прояснениями ветер 5.1 м/с, З

2 ochko yetarli, 3 ochko kam — O‘zbekistonning Mundialga chiqish imkoniyati

Sport
118
2 ochko yetarli, 3 ochko kam — O‘zbekistonning Mundialga chiqish imkoniyati
Osiyoda 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichi o‘zining qizg‘in pallasiga kirib keldi. We Global Football nashri milliy jamoalarning Amerika qit’asida bo‘ladigan musobaqaga yo‘llanma olish imkoniyatlarini chamalab chiqdi va unda O‘zbekistonning Mundialga borish imkoniyatini 92,6 foizga baholadi. Tashqi tomondan qarasak, barchasi oddiy. O‘zbekiston oldindagi 3 ta bellashuvda g‘alaba qozonsa, tarixda ilk marta JCH yo‘llanmasiga ega chiqadi. Lekin aslida vaziyat qanday, barchasi biz o‘ylagandek osonmi? Keling, Temur Kapadze jamoasining imkoniyatlarini ko‘rib chiqamiz.

Dastlab, turnir jadvalidagi holatga nazar solamiz. 7-turdan keyin A guruhida Eron yetakchilik qilmoqda. Hozirda forslar 19 ochko bilan JCH yo‘llanmasini 99 foizga hal qilgan. 8-turda bo‘ladigan O‘zbekistonga qarshi bahsdagi durang ham Eronni Amerika qit’asida bo‘ladigan Munidalga olib chiqadi. O‘zbekiston 16 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa ortda qolgan 7 turda 5 g‘alaba, 1 durang va 1 mag‘lubiyat qayd etgan. 10 ochko to‘plagan BAA va Qatar mos ravishda 3—4-o‘rinlardan joy olgan. Qirg‘iz Respublikasi (3 ochko) hamda Shimoliy Koreya (2 ochko) autsayder sifatida oxirgi o‘rinlarda ketmoqda.

Foto: O‘zPFL
O‘zbekistonning keying taqvimi qanday?

O‘zbekiston terma jamosini oldinda 3 ta muhim bahs kutib turibdi.
  • 25 mart Eron — O‘zbekiston
  • 5 iyun BAA — O‘zbekiston
  • 10 iyun O‘zbekiston — Qatar

Ko‘rinib turibdiki, Temur Kapadze jamoasini kutib turgan har uchta bahs ham muhim ahamiyat kasb etadi. Sababi Erondan tashqari qolgan ikki jamoa aynan to‘g‘ridan to‘g‘ri JCHga chiqish uchun O‘zbekiston bilan raqobat olib bormoqda. Agar 25 mart kuni jamoamiz Eronda imkoniyatni boy bersa va BAA hamda Qatar o‘z o‘yinlarida g‘alaba qozonsa, ularda motivatsiya ikki barobar oshib ketishi mumkin. Sababi raqiblarning, ayniqsa amirliklar jamoasining keyingi taqvimi nisbatan oson. Ko‘rib chiqamiz.

BAA terma jamoasi taqvimi:
  • 25 mart Shimoliy Koreya — BAA
  • 5 iyun BAA — O‘zbekiston
  • 10 iyun Qirg‘iziston — BAA

Qatar terma jamoasi taqvimi:
  • 25 mart Qirg‘iziston — Qatar
  • 5 iyun Qatar — Eron
  • 10 iyun O‘zbekiston — Qatar

Ko‘rinib turibdiki, 2-o‘rin uchun kurash olib borayotgan jamoalar ichida eng oson taqvim BAAga tegishli. Ular ikki marta guruh autsayderlari bilan o‘ynasa, bir marta o‘z maydonida O‘zbekistonni qabul qiladi. Qatarda esa vaziyat chigal ko‘rinishda. Ular dastlab Qirg‘izistonga safar qilsa, qolgan ikki bahsda guruh yetakchilar bilan o‘ynaydi.

Imkoniyatlar qanday?

Albatta, O‘zbekistonning imkoniyati o‘z qo‘lida. Ko‘p narsa 25 martda bo‘ladigan Eronga qarshi bahsda aniq bo‘ladi. Misol uchun, agar O‘zbekiston safarda mag‘lubiyatga uchrasa va BAA Shimoliy Koreyadan, Qatar esa Qirg‘izistondan ustun kelsa, vakillarimiz va raqiblar o‘rtasidagi farq 3 ochkoni tashkil qiladi. Keyingi bellashuvlar Temur Kapadze uchun hayot-mamot masalasiga aylanadi.

Sababi, jamoa 9-turda Amirlikka safar qiladi. Agar g‘alaba yoki durang qayd etsak, yaxshi. Ammo imkoniyatni boy berilsa, BAAda ikkinchi o‘ringa chiqib olish imkoniyati katta bo‘ladi. Chunki har ikki jamoada ham 16 ochko bo‘ladi, lekin amirliklar jamoasida to‘plar nisbati yaxshiroq — +6. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich +4 ni tashkil qiladi. Shunda oxirgi turdagi Qatar bilan o‘yinda katta hisobda g‘alaba qozonishimiz talab etiladi, chunki raqibimiz BAA Qirg‘izistonga safar qiladi va ular ushbu bahsda g‘alabani o‘z tomoniga og‘dirish uchun barcha narsaga tayyor ekanligi hech kimga sir emas.

Foto: O‘FA
Qatarda ham imkoniyat bor. Ular 25 mart kuni Qirg‘iziston maydoniga safar qiladi. Agar ular Bishkekdan g‘alaba bilan qaytsa, 5 iyun kuni Dohada Eronni qabul qiladi. O‘sha bahsga qadar Eron JCH yo‘llanmasini hal qilsa, katta ehtimol bilan qatarliklar g‘alaba uchun harakat qiladi va oxirgi turda Toshkentga keladi. Agar ushbu bahsga qadar Qatar yo‘qotishlarsiz kelsa, Temur Kapadze jamoasiga bir oz qiyin bo‘lishi mumkin.

O‘zbekiston uchun yaxshi ssenariy

Jurnalist Xushnudbek Xudoyberdiyev aytganidek, yaxshi ssenariylar ham bor. Masalan, O‘zbekiston qolgan uchta o‘yinda g‘alaba qozonishi ham shart emas. Jamoa Eronda yutqazsa ham mayli. Eng asosiysi BAA hamda Qatar bilan durang o‘ynash kerak. Shunda “oq bo‘rilar” 100% JCHga chiqadi. Chunki jamoaning ochkolari 18 ta bo‘ladi hamda BAA va Qatar qolgan 2 ta o‘yinida yutsa ham, O‘zbekistonga yeta olmaydi. Ko‘rib turganingizdek, barchasi ularning o‘z qo‘lida. Shunchaki, asosiy 2 ta raqibdan 1 ochko bo‘lsa ham olish uddalansa kifoya. Ya’ni, BAA va Qatar bilan kamida durang o‘ynash, ya’ni yutqazmaslik. Bo‘ldi, tamom.

Boshqa ssenariylar

Yana boshqa ssenariylar ham bor, ammo ular O‘zbekistonga bog‘liq emas. Ya’ni BAA hamda Qatar boshqa o‘yinlarda ochko yo‘qotadi. Masalan, qo‘shni Qirg‘iziston syurpriz tayyorlab, o‘z uyida BAAdan ham, Qatardan ham ochko olib berishi mumkin.

O‘ta optimistik ssenariy bo‘yicha, O‘zbekiston 3 kundan keyin ham JCHga rasman chiqishi mumkin. 2 ta variant bor:

1. Eron bilan durang o‘ynash kerak, parallel bahslarda BAA hamda Qatar yutqazishi shart;
2. Eronni mag‘lub etish kerak, parallel bahslarda BAA hamda Qatar yoki durang o‘ynaydi, yoki yutqazadi.

Ikkala vaziyatda ham O‘zbekiston rasman JCHga chiqadi. Qolgan 2 ta o‘yin, shunchaki, rasmiyatchilik uchun bo‘ladi. Albatta, bunga ishonish qiyin, ammo ehtimollar nazariyasida shunaqa imkoniyat yo‘q emas.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Kuznetsov: CSKA o‘z yo‘lidan voz kechmasligi kerak
Sobiq Moskva CSKA futbolchisi Dmitriy Kuznetsov joriy mavsumdagi Rossiya Premer-ligasida “qizil-ko‘k” jamoaning oltin medallarni qo‘lga kiritish imkoniyatlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda
Sport 22:14, 17-10-2025
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
Slot Salohga qaratilgan tanqidlarga javob berdi
«Liverpul» bosh murabbiyi Arne Slot jamoa hujumchisi Muhammad Salahga nisbatan bildirilgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya
Sport 22:13, 17-10-2025
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
Ignatyev: Safonov PSJda har kuni o‘zini ko‘rsatishi kerak
So‘nggi vaqtlarda "PSJ" jamoasi darvozaboni Matvey Safonov o‘ziga berilayotgan o‘yin vaqtidan norozi ekani va Parij klubini tark etishga tayyorligi haqida ma’lumotlar tarqaldi. Bu haqda
Sport 22:09, 17-10-2025
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
Lukin: Kislyak yaqin yillarda "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritadi
CSKA jamoasi himoyachisi Matvey Lukin yarim himoyachi Matvey Kislyakning "Oltin to‘p" haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Oldinroq Nobel
Sport 22:09, 17-10-2025
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tarasova Rossiyadagi eng talabgor murabbiyni ma’lum qildi
Tatyana Tarasova, taniqli figuralar uchish bo‘yicha murabbiy, Rossiya futbol murabbiylari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi kunda Rossiyada
Sport 22:05, 17-10-2025
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Radchenko: Zenitda yoshlar kam o‘yin olishining sababi
Sobiq futbolchi Dmitriy Radchenko Sankt-Peterburgning Zenit jamoasida yosh futbolchilarga kam o‘yin amaliyoti berilishining sabablari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Sport 22:03, 17-10-2025