Bugun
Holand jarohati sabab "Lids"ga qarshi o‘ynamaydi
+7°
облачно с прояснениями ветер 1.5 м/с, С

Jahon chempionati: O‘zbeklar hammani hayratga soladi!

Sport
130
Jahon chempionati: O‘zbeklar hammani hayratga soladi!
2026 yili birdaniga uch mamlakat – AQSH, Kanada hamda Meksika mezbonlik qiladigan jahon chempionati o‘zbek futboli uchun tarixiy ahamiyat kasb etishi kutilmoqda.

Kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati – O‘zbekiston futbolchilari zabt etolmagan yagona musobaqa hisoblanadi. O‘tgan yili hamyurtlarimiz Parij Olimpiadasida qatnashganidan keyin qadamimiz yetib bormagan turnir faqatgina mundial bo‘lib qoldi.

Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga chiqish uchun har qachongidan yaxshi imkoniyat hosil qilgan. Osiyo saralash turniri uchinchi bosqichida futbolchilarimiz o‘z guruhida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam Erondan uch ochko orqadamiz va 25 mart kuni aynan forslar bilan kuch sinashamiz.

Yigitlarimiz bu bosqichda qolgan uchta uchrashuvda to‘rt ochko jamg‘arishi biz uchun Shimoliy Amerikaga yo‘l ochadi. Hozircha, hammasi Timur Kapadze boshqarayotgan terma jamoamiz qo‘lida.

O‘zbekiston milliy terma jamoasining ilk bor jahon chempionatiga chiqish imkoniyati xorijda ham muhokama qilinmoqda.

Xususan, o‘z davrida terma jamoa va “Paxtakor”ni boshqargan rossiyalik taniqli mutaxassis Valeriy Nepomnyashchiy futbolchilarimizning saralash bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tishiga ishonayatganini ta’kidladi.

- Keyingi yillarda O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi xalqaro maydonda jiddiy natijalarni qayd etmoqda. O‘tgan yili ular Olimpiya o‘yinlarida ham ishtirok etdi.

Mamlakatda yoshlar futboliga e’tibor katta, ular unib-o‘sdi va bu bosh jamoa uchun ham samara keltira boshladi.

O‘zbekistonning ayrim o‘yinchilari, jumladan Eldor Shomurodov va Abduqodir Husanov Yevropada o‘ynayapti.

Bir tomondan O‘zbekistonning jahon chempionatiga chiqishi hammani hayratga soladi, boshqa tarafdan aynan shunday bo‘lishi ham kerak.

Bu yaxshi olib borilgan ishlarning samarasi bo‘ladi va men ham bu haqqoniy yutuqni qo‘llab-quvvatlayman, - dedi 81 yoshli Valeriy Nepomnyashchiy.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik murabbiy 2006-2007 yillar davomida “Paxtakor” va O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘lib ishlagan. Bundan tashqari, u 1990 yilgi jahon chempionatida Kamerun terma jamoasini muvaffaqiyatli boshqargani bilan futbol tarixida nom qozongan.

Valeriy Nepomnyashchiy 1996 yili uzoq yillik murabbiylik faoliyatiga Samarqandning o‘sha davrdagi “Spartak” nomli jamoasida o‘ynovchi murabbiy bo‘lib kirishgan. 2018 yilgacha davom etgan murabbiylik karyerasida Rossiya, Turkmaniston, Turkiya, Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreyaning qator klublarida faoliyat yuritgan.

O‘xshash yangiliklar

Karpin: O‘yinlarda natija emas, futbolchilar muhim
Karpin: O‘yinlarda natija emas, futbolchilar muhim
Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Valeriy Karpin Mali va Nikaragua terma jamoalariga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 16:23
Gvardiola: Chempionlar ligasi juda qiyin turnir
Gvardiola: Chempionlar ligasi juda qiyin turnir
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidagi raqobatning yuqori darajasi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Euro-football.ru
Sport Bugun, 16:01
«Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi
«Shanxay Shenxua» pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi
Osiyo Chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasida o'tkazilgan navbatdagi uchrashuvda Xitoyning «Shanxay Shenxua» jamoasi Tailandning «Buriram Yunayted» klubiga 2:0 hisobida mag'lub
Sport Bugun, 15:58
Turkiyada ikki futbolchi tikish mojarosi sabab qamalishi mumkin
Turkiyada ikki futbolchi tikish mojarosi sabab qamalishi mumkin
Turkiyada Galatasaray va Fenerbahche klublari futbolchilari tikish bilan bog‘liq jiddiy mojaro sababli qamoq jazosi xavfi ostida qolmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru
Sport Bugun, 14:41
Topuriya va Maxachev: UFC’da tarixiy jang kutilmoqda
Topuriya va Maxachev: UFC’da tarixiy jang kutilmoqda
UFC dunyosida yana bir katta jang haqida fikrlar tarqalmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Yengil vazn toifasidagi amaldagi chempion Iliya Topuriya o‘zining navbatdagi maqsadlarini ochiq bayon
Sport Bugun, 14:19
Vinisius Junior "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin
Vinisius Junior "Manchester Siti"ga o‘tishi mumkin
Madridning "Real" klubi hujumchisi va Braziliya terma jamoasi futbolchisi Vinisius Junior faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 14:12