Bugun
Qirg‘izistonda xavfsizlik tizimida kutilmagan o‘zgarishlar
+5°
пасмурно ветер 3.6 м/с, СЗ

Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning yirik hisobdagi g‘alabasi haqida nimalar dedi?

Sport
150
Vitaliy Levchenko "Neftchi"ning yirik hisobdagi g‘alabasi haqida nimalar dedi?
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Mash’al" - "Neftchi" (1:4) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- O‘yinni yaxshi boshladik va to‘p nazoratiga katta urg‘u qaratdik. Ikkita gol ham urdik, ammo taym oxirida biroz bo‘shashdik va gol o‘tkazib yubordik. Raqib xatolaridan unumli foydalanish haqida yigitlarga kiyinish xonasida aytdim. Ikkinchi bo‘limga katta ishonch bilan chiqdik va g‘alabaga munosib o‘ynadik. Jamoamiz vakillari va muxlislarimizni g‘alaba bilan tabriklayman.

- Bugun "Neftchi"dan rotatsiya kutgandik. Lekin bu sezilarli darajada amalga oshmadi...
- Jamoamizdagi ko‘p futbolchilar yangi, shu bois o‘zaro tushunish yaxshilanishi uchun ko‘proq birga o‘ynash kerak. Bizda har bir futbolchi o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak. Asosiy tarkib yoki zaxira tarkib sifatida hech kimni ajratmaymiz. Natija kerak, buning uchun kim loyiq bo‘lsa, maydonga tushiramiz. Mashg‘ulotlarda kuzatamiz, xulosalar shundan keladi.

- 15 aprel kuni "Navbahor" bilan o‘ynaysizlar. Shu o‘yinda tarkib qanday bo‘ladi?
- Ushbu sanaga qadar hozircha vaqtimiz bor. Mashg‘ulotlarda kim qanchalik tayyor ekanini ko‘rib olamiz. Yakuniy xulosa eng oxirida bo‘ladi.

- Yovovichning holati qanday?
- O‘tgan bahsda jarohat olgandi. Tavakkal qilishni istamadik va dam berdik. U bizga har doim kerak. Uning jarohati biz uchun yoqimli emas. Ko‘ramiz, keyingi o‘yinga qadar to‘liq tiklanib ulgursa, maydonga qo‘yamiz.

O‘xshash yangiliklar

Kristian Romero "Real"ga o‘tishi mumkin
Kristian Romero "Real"ga o‘tishi mumkin
Argentina terma jamoasi va Londonning "Tottenhem" klubi markaziy himoyachisi Kristian Romero yozda Ispaniya futbol grandlaridan biriga o‘tishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Bu haqda
Sport Bugun, 13:38
Panenka: "Panenka" uslubi kamsitish uchun emas
Panenka: "Panenka" uslubi kamsitish uchun emas
Afsonaviy futbolchi Antonin Panenka futbol olamida keng tarqalgan "panenka" uslubi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu zarbani 1976 yilgi Yevropa
Sport Bugun, 13:23
Deku: Shesni jamoa muhitiga ijobiy ta’sir qilmoqda
Deku: Shesni jamoa muhitiga ijobiy ta’sir qilmoqda
"Barselona" futbol klubi sport direktori Deku darvozabon Voytseh Shesnining jamoaga qo‘shayotgan hissasi haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru
Sport Bugun, 13:11
Gvardiola «Siti»ni 2026 yilda tark etishi mumkin
Gvardiola «Siti»ni 2026 yilda tark etishi mumkin
Mashhur sport jurnalisti Fabritsio Romano Xosep Gvardiolaning «Manchester Siti» klubidagi kelajagi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Bugun, 11:54
Naumov: Mourinyu uchun Saudiya chempionati mos yo‘l
Naumov: Mourinyu uchun Saudiya chempionati mos yo‘l
"Lokomotiv" jamoasining sobiq prezidenti Nikolay Naumov taniqli murabbiy Joze Mourinyuning kelajakdagi faoliyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda u
Sport Bugun, 11:46
Jikiya: "Antalyaspor"da hammasi yaxshi, sharoitdan mamnunman
Jikiya: "Antalyaspor"da hammasi yaxshi, sharoitdan mamnunman
Turkiyaning "Antalyaspor" klubi himoyachisi Georgiy Jikiya jamoasidagi holati haqida qisqacha fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 32 yoshli futbolchining ushbu masala bo‘yicha
Sport Bugun, 11:26