Bugun
Markaziy bank dollarni sotib olishda hujjat talabini kengaytirishni taklif qildi
+14°
небольшая облачность ветер 2.2 м/с, В

“Paxtakor”da ichki bosim va muxlislar bosimi: Moreyra mag‘lubiyatni qanday izohladi?

Sport
128
“Paxtakor”da ichki bosim va muxlislar bosimi: Moreyra mag‘lubiyatni qanday izohladi?
Superliganing 5-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” — “Andijon” bahsi 2:3 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Uchinchi bor “Paxtakor” o‘z uyida “Andijon”ga yutqazdi. Uchrashuvdan so‘ng bosh murabbiy Pedru Moreyra jurnalistlar savollariga javob berdi.

– Uyin kutilganidek og‘ir o‘tdi, – dedi u. – Birinchi bo‘limda yaxshi harakat qildik, ammo gol o‘tkazib yuborgandan keyin o‘zgarish qilishga majbur bo‘ldik. Standart vaziyatlardan gol o‘tkazdik. Natija shunday bo‘lmasligi kerak edi.

Jurnalistlar “Paxtakor”ning hujumdagi muammolarini tilga oldi:

– Raqiblar bizning o‘yin uslubimizga qarshi zich himoya bilan javob berishyapti. Bugun ham shunday bo‘ldi. Birinchi bo‘limda 2–3 ta imkoniyat yaratdik, ammo foydalana olmadik. Goldan so‘ng tavakkalga qo‘l urdik. Raqib esa standartlardan foydalandi.

– Raqibni qanchalik o‘rgandingiz?
– Har bir uchrashuv oldidan raqib tahlil qilinadi. Bizda mahoratli ijrochilar bor, vaziyatlar ham bo‘ldi. Biroq natija shunday tugamasligi kerak edi.

– “Paxtakor” “Andijon”ga moslashdi degan fikrga nima deysiz?
– Biz o‘z uslubimizda hujum va himoyani tashkil qilish ustida ishlayapmiz. Ko‘p vaziyat yaratdik. Ammo “Andijon” imkoniyatdan unumli foydalandi.

– O‘yin oldidan raqib bosh murabbiyiga sovg‘a berdingiz. Nima edi?
– Bu mening vatandosh an’analarimizdan. Mehmon jamoalarni iliq qarshi olish kerak. Asosan shirinliklar yoki yong‘oqlar berilgan.

– Ilgari ham raqiblar himoyaviy o‘ynagan, lekin “Paxtakor” g‘alaba qozongan. Nega sizning jamoangiz mag‘lub bo‘lyapti?
– Bizning jamoa qarshi hujumlardan ehtiyot bo‘lishga harakat qilmoqda. Mehnat qilyapmiz. Jarohatlar bor. Futbolchilarimiz qaytsa, kuchliroq bo‘lamiz.

– Muxlislar norozilik bildirishdi. Ularga nima deysiz?
– Men jamoa uchun javobgarman. Muxlislarni tushunaman. Ularga minnatdorchilik bildiraman. Men esa o‘z ustimda ishlashda davom etaman.

O‘xshash yangiliklar

O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
Bugun yigirma beshinchi mart kuni Filippin poytaxti Manilada velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu katta
Sport Bugun, 21:44
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya professional futbol ligasi bosh direktori Luiji De Siyervo o'zining so'nggi nutqida mamlakat futbol infratuzilmasidagi muhim va hal qiluvchi muammolar haqida ochiq gapirdi. Bu
Sport Bugun, 21:37
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Dunyoning mashhur yengil vazn toifasi vakili Maks Hollouey o'zining raqibi bo'lgan irlandiyalik superyulduz Konor Makgregor bilan qayta jang qilishga tayyor ekanini e'lon qildi. Bu
Sport Bugun, 20:41
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Liverpul klubi tarixida o'z izini qoldirgan sobiq himoyachi Jeymi Karrager jamoaning yulduz futbolchisi Muhammad Salohning mavsum oxirida klubni tarash qarorini chuqur tahlil qildi. Bu haqda
Sport Bugun, 19:48
Bo'stonliqda og'ir atletika sport maktabi zamonaviy sharoitlarda ochildi
Bo'stonliqda og'ir atletika sport maktabi zamonaviy sharoitlarda ochildi
Bugun, 25-mart kuni Bo'stonliq tumanida Akbar Jo'rayev nomidagi og'ir atletika sport maktabi e'tiborga sazovor marosim bilan ochilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu muhim
Sport Bugun, 18:41
O'zbekiston bokschilari Ulan-Batorda Osiyo chempionatida kurashadi
O'zbekiston bokschilari Ulan-Batorda Osiyo chempionatida kurashadi
Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahri 30 martdan 10 aprelga qadar kattalar o'rtasidagi boks bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 18:04