Bugun
Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
+16°
переменная облачность ветер 2.6 м/с, СВ

Shomurodov «Roma»ning yangi qahramoniga aylandi: muxlislar o‘zbek hujumchisini olqishlamoqda

Sport
171

Shomurodov «Roma»ning yangi qahramoniga aylandi: muxlislar o‘zbek hujumchisini olqishlamoqda
Taniqli va tajribali italiyalik mutaxassis Klaudio Ranerining «Roma» klubidagi faoliyatini qayta boshlashi o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodovning karyerasida butkul yangi sahifa ochdi.

Joze Mourino, Daniele de Rossi, Ivan Yurich kabi avvalgi murabbiylar davrida deyarli imkoniyat berilmagan va o‘z iqtidorini namoyish etish uchun qiyinchiliklarga duch kelgan Eldor, ayni damda jamoaning asosiy figurasiga aylandi. Joriy mavsumning hal qiluvchi pallasida Raneri o‘zbek futbolchisiga katta ishonch bildirib, uning chinakam salohiyati ochilishiga imkon yaratdi.

A Seriyaning 33-turidan o‘rin olgan «Verona»ga qarshi uchrashuvda aynan Eldor Shomurodov tomonidan uchrashuvning 4-daqiqasida kiritilgan yagona gol rimliklarga juda muhim g‘alabani taqdim etdi. Ushbu g‘alaba bilan «Roma» Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashish imkoniyatini saqlab qoldi.

Bu esa tabiiyki, klub muxlislarining ham diqqatini jalb etmoqda. «Roma»ning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida muxlislar o‘zbek forvardining o‘yinini yorqin so‘zlar bilan alohida ta’riflashmoqda.

Galileo Chiominto: — Shomurodov uchrashuvni ajoyib boshladi. Shu tariqa davom etsa, biz "Rahmat, “Roma”" qo‘shig‘ini kuylashga tayyormiz!

Stefano Cardarella: — Shomurodov bugun barchani qutqardi. «Roma» unga va Raneriga haykal qo‘ysa ham arziydi. Manchini, Svilar, Sule, Chelik, Kristante ham yaxshi harakat qildi, boshqalar esa uyg‘onishi kerak.

David la Gamba: — Eldor qiyin vaziyatlarda ham gol urishni uddaladi. U hujumda faqat bir joyda turmay, maydon bo‘ylab keng harakatlanadi, zarur paytlarda himoyaga ham yordam beradi. Shu sababli ham Dovbikning o‘rni zaxira o‘rindig‘ida ekan.

Sergio Pistoia: — Eldor, mavsum oxirigacha aynan shu ruhda davom et!

Luke Hd: — Va nihoyat, bizga haqiqiy hujumchi kerak edi. Shomurodov buni uddaladi. Sule ham unga ajoyib yordam berdi.

Alessio Alessio: — Eldor haqida ko‘p gap-so‘z bo‘ldi, biroq u o‘z ishining ustasi ekanini yana bir marta isbotladi va o‘ziga xos uslubda gol kiritdi.

Riccardo Ferrazza: — Shomurodovning jamoada qolgani katta omad bo‘ldi. Murakkab vaziyatlarda jamoaga katta foyda keltirmoqda.

Zen Ilao Arenas: — Eldor, yana bir gol urib, bizga g‘alaba taqdim et.

Sitembiso Mngxozana – FinerThings: — Yigitlardan shubhalangan edim, biroq Shomurodov hammaga haqiqiy g‘alabani olib berdi.

Michela Annunziata: — Eldor ajoyib ish qildi, haqiqiy qahramon!

Giovanni Peloso: — «Roma»ning o‘yini juda yaxshi bo‘lmadi, himoya zaif edi, yarim himoya ham yaxshi emasdi. Hammani faqat Eldor Shomurodovning yagona goli qutqardi.

Haqiqatan ham Eldorning bugungi kunda «Roma»dagi roli tobora ortib bormoqda va bu o‘zbek futboli muxlislari uchun ham g‘ururlanishga sabab bo‘lmoqda.

O‘xshash yangiliklar

Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
Superliga klublariga davlat tomonidan milliardlab so'm mablag' ajratilmoqda
O'zbekiston milliy futbolini yanada rivojlantirish va uning barqaror moliyaviy asoslarini mustahkamlash bo'yicha muhim qaror qabul qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mavjud rejadagi
Sport Bugun, 01:10
Arbeloa futbolchilarni kruassanlar bilan rag'batlantirib kelmoqda
Arbeloa futbolchilarni kruassanlar bilan rag'batlantirib kelmoqda
Real Madrid futbol klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa o'z jamoasi bilan muhim g'alabalarni qayd etgandan so'ng futbolchilarni rag'batlantirish uchun ancha qiziq va insoniy
Sport Bugun, 00:35
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
O'zbekiston qizlari Osiyo chempionatida tarixiy bronza medalini qo'lga kiritdi
Bugun yigirma beshinchi mart kuni Filippin poytaxti Manilada velosportning trek yo'nalishi bo'yicha Osiyo chempionati rasman boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu katta
Sport Kecha, 21:44
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya futbol ligasi infratuzilmasidagi muammolar va kelajakdagi rejalarni ochib berdi
Italiya professional futbol ligasi bosh direktori Luiji De Siyervo o'zining so'nggi nutqida mamlakat futbol infratuzilmasidagi muhim va hal qiluvchi muammolar haqida ochiq gapirdi. Bu
Sport Kecha, 21:37
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Maks Hollouey Konor Makgregorga qayta jangga tayyor ekanini aytdi
Dunyoning mashhur yengil vazn toifasi vakili Maks Hollouey o'zining raqibi bo'lgan irlandiyalik superyulduz Konor Makgregor bilan qayta jang qilishga tayyor ekanini e'lon qildi. Bu
Sport Kecha, 20:41
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Karrager Salohning ketishi Angliya futboli uchun katta yo'qotish
Liverpul klubi tarixida o'z izini qoldirgan sobiq himoyachi Jeymi Karrager jamoaning yulduz futbolchisi Muhammad Salohning mavsum oxirida klubni tarash qarorini chuqur tahlil qildi. Bu haqda
Sport Kecha, 19:48