Bugun
Soliq qarzi va kreditlarni undirishda raqamli yondashuv joriy etildi
+28°
переменная облачность ветер 3.8 м/с, С

Osiyo chempionlari bo‘lgan O‘zbekiston yosh futbolchilariga avtomobillar sovg‘a qilinadi!

Sport
221

Osiyo chempionlari bo‘lgan O‘zbekiston yosh futbolchilariga avtomobillar sovg‘a qilinadi!
Saudiya Arabistonida o‘tkazilgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalida g‘alaba qozonib, katta muvaffaqiyatga erishgan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasiga munosib tarzda sovg‘alar topshiriladigan bo‘ldi.

Ma’lum bo‘lishicha, qit’a chempionatida tarixiy zafarni qo‘lga kiritgan yosh futbolchilarimizga "Chevrolet Cobalt" avtomobili topshiriladi. Shuningdek, terma jamoa murabbiylar shtabiga esa "Chevrolet Tracker" avtomobili sovg‘a qilinadigan bo‘ldi.


Islom Ismoilov rahbarligida Osiyo chempionatida ishtirok etgan va katta jasorat ko‘rsatib, chempionlikni qo‘lga kiritgan terma jamoamiz bugun soat 19:00da Toshkentga yetib kelishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, final bahsida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqa mezboni bo‘lgan Saudiya Arabistoniga qarshi maydonga tushdi. Ushbu hal qiluvchi uchrashuvda vakillarimiz ikki nafar futbolchining qizil kartochka olishi sababli og‘ir vaziyatda qolgan bo‘lsa-da, yosh futbolchilarimiz haqiqiy mardlik, shijoat va jasorat ko‘rsatib, g‘alabani qo‘ldan boy berishmadi va mamlakatimizning sharafini munosib tarzda himoya qilishdi.

Ushbu tarixiy g‘alaba xalqimiz tomonidan katta quvonch bilan kutib olinmoqda va chempionlarni munosib sovg‘alar bilan rag‘batlantirish orqali ularning zafarlarini yanada qadrlash va yosh futbolchilarni yangi yutuqlarga ruhlantirish maqsad qilingan.

O‘zbekiston futbolining kelajagini belgilaydigan yosh avlod vakillariga omad tilab qolamiz!

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston Jahon chempionatida Portugaliya Kolumbiya bilan bellashadi
O‘zbekiston Jahon chempionatida Portugaliya Kolumbiya bilan bellashadi
Nihoyat, o‘zbek futboli ishqibozlari uzoq yillar davomida orzu qilib kelgan lahzalar yaqinlashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichida terma jamoamiz
Sport Bugun, 14:04
Italiya terma jamoasi ketma ket uchinchi bor Jahon chempionatiga yo‘l olmadi
Italiya terma jamoasi ketma ket uchinchi bor Jahon chempionatiga yo‘l olmadi
Italiya milliy terma jamoasi delegatsiyasi rahbari Janluiji Buffon 2026 yilgi Jahon chempionati pley-off finalida Bosniya va Gersegovina jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini
Sport Bugun, 13:55
Skaloni Italiya Jahon chempionatidan chiqolmagani uchun qayg‘urmoqda
Skaloni Italiya Jahon chempionatidan chiqolmagani uchun qayg‘urmoqda
Argentina milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Italiyaning 2026 yilgi Jahon chempionatiga chiqolmay qolishi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu
Sport Bugun, 13:49
Argentina Zambiya ustidan yirik g'alabaga erishdi
Argentina Zambiya ustidan yirik g'alabaga erishdi
Argentina milliy futbol terma jamoasi 1 aprel kuni xalqaro do'stlik uchrashuvida Zambiya terma jamoasini 5:0 hisobida mag'lub etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o'yin
Sport Bugun, 13:27
O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida kuch sinashmoqda
O‘zbekiston bokschilari Osiyo chempionatida kuch sinashmoqda
Hozirda Mo‘g‘ulistonning Ulan-Bator shahrida kattalar o‘rtasida boks bo‘yicha Osiyo chempionati o‘tkazilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston milliy terma
Sport Bugun, 13:26
Turkiya Kosovo ustidan g’alaba qozonib Jahon chempionatiga yo’l oldi
Turkiya Kosovo ustidan g’alaba qozonib Jahon chempionatiga yo’l oldi
Turkiya milliy futbol terma jamoasi Kosovo ustidan qozonilgan hal qiluvchi pley-off g'alabasi orqali 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga yo'llanma oldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 12:56