Bugun
Flik: "Barselona" yaqin orada Kamp Nouga qaytadi
+19°
небольшая облачность ветер 2.1 м/с, Ю

“Roma”ni Yevropa orzusiga eltayotgan Shomurodov – Dovbik juftligi: Italiya matbuoti tahlili

Sport
71
“Roma”ni Yevropa orzusiga eltayotgan Shomurodov – Dovbik juftligi: Italiya matbuoti tahlili
Italiya chempionatida Klaudio Raneri boshchiligidagi “Roma” klubi ajoyib natijalar bilan barcha diqqat markazida turibdi. Qish fasli o‘rtalarida Yevro Chempionlar Ligasida qatnashish haqida gapirish mumkin emasdek ko‘ringan jamoa, hozir bu nufuzli musobaqaning yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun real imkoniyatga ega bo‘ldi.

Italiyaning eng nufuzli nashrlaridan bo‘lgan La Repubblica gazetasi ekspertlari “Roma”ning ketma-ket 19 o‘yinlik mag‘lubiyatsiz seriyasini atroflicha tahlil qildi. Poytaxt klubi bu davr mobaynida 14 marta raqiblarini mag‘lub etgan bo‘lsa, yana 5 marta durang natija qayd etgan.

Ayniqsa, oxirgi o‘yindagi “Fiorentina”ga qarshi uchrashuvdagi g‘alaba, aniqrog‘i, yagona golning mualliflari – Eldor Shomurodov va Artyom Dovbik tandemining samaradorligi alohida tahsinga sazovor bo‘ldi.

La Repubblica gazetasi mazkur juftlikka “Rimni Yevropaga eltuvchi kuch” sifatida yuqori baho bergan holda, “Rim Shomurodov va Dovbik bilan Yevropaga yaqinlashmoqda” sarlavhali katta maqola e’lon qildi. Gazetada futbolchilarning o‘yin uslublari, o‘zaro hamkorligi va ularning ahamiyati chuqur o‘rganilgan:

– «Ikki hujumchi – Eldor Shomurodov va Artyom Dovbikning o‘zaro hamjihatligi tufayli “Roma” Yevropa Chempionlar Ligasi orzusiga yanada yaqinlashdi. “Fiorentina” ustidan qozonilgan g‘alabada bu ikki futbolchi jamoaning kuchini va imkoniyatlarini namoyon qildi», deb yozadi nashr.

Tahlilchilarga ko‘ra, bu ikki futbolchi o‘yin uslubi jihatidan bir-birini ajoyib tarzda to‘ldirmoqda. Artyom Dovbikning kuchli tomoni – jismoniy kurashlardagi ustunligi va raqib jarima maydoni ichidagi kurashuvchanligi bo‘lsa, Eldor Shomurodovda bu holat butunlay boshqacha. O‘zbekistonlik hujumchi tezligi, yuqori texnikali harakatlari va doimiy ravishda bo‘sh hududlar ochishi bilan ajralib turadi. Bu esa, jamoaning hujum chizig‘ida raqib himoyachilari uchun jiddiy muammolar yaratishi mumkin.

– «Shomurodov va Dovbik juftligi raqiblar uchun eng katta xavf manbai bo‘lib qolmoqda. Ular hozircha jami 11 ta uchrashuvda 350 daqiqadan ortiq vaqt birga harakat qilgan va har gal maydonda bo‘lganlarida o‘yinni o‘zgartirish qobiliyatiga ega ekanliklarini ko‘rsatishdi», – deb ta’kidlaydi nashr ekspertlari.

Klaudio Raneri o‘z navbatida bu hujumchi juftligi haqida to‘xtalar ekan: «Dovbik va Shomurodov bilan jamoamiz oldingi chiziqda mutlaqo boshqacha va samarali o‘yin ko‘rsatmoqda», deya fikr bildirgan.

Aynan Eldorning muhim o‘yinlardagi samarali harakatlari “Roma” uchun joriy mavsumning hal qiluvchi pallasida juda katta ahamiyat kasb etmoqda. So‘nggi beshta uchrashuvda to‘rt marta muhim gol va assist bilan natijaga to‘g‘ridan to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatgan Shomurodov jamoaning asosiy futbolchilaridan biriga aylangan.

U dastlab “Yuventus”ga qarshi o‘yinda gol urib, jamoasini mag‘lubiyatdan saqlab qoldi. Keyinroq “Verona” darvozasiga gol kiritib, yagona g‘alabali gol muallifi bo‘ldi. “Inter” va “Fiorentina” bilan bo‘lib o‘tgan keyingi o‘yinlarda esa jamoadoshlariga – Matias Sule va Artyom Dovbikka samarali uzatmalar berib, yana bir bor muhimligini isbotladi.

Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy mavsumning barcha turnirlarida – Italiya chempionati, Italiya kubogi hamda Yevropa ligasida umumiy hisobda 34 o‘yinda ishtirok etgan va o‘z hisobida 7 ta gol hamda 5 ta assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi.

Hozirgi natijalarga qaraganda, “Roma”ning bu samarali juftlik bilan Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma olish orzusi yanada yaqin va real ko‘rinish olmoqda. Bu ikki hujumchi esa jamoaning hujum salohiyatining asosiy kafolatiga aylanganiga hech qanday shubha yo‘q.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Anchelotti uchun 350-o‘yin: “Real”ning eng muvaffaqiyatli murabbiyi fursatni qanday yopadi?
Anchelotti uchun 350-o‘yin: “Real”ning eng muvaffaqiyatli murabbiyi fursatni qanday yopadi?
Madridning “Real” klubida yana bir tarixiy belgi qayd etildi. La Liganing 35-turida “Barselona”ga qarshi kecha bo‘lib o‘tgan dramatik to‘qnashuv (3:4) Karlo Anchelotti uchun “Qirollik klubi”
Sport 02:33, 12-05-2025
Rossiya osmonidagi havo hujumi xavfi: 350 ta reys bekor qilindi, o‘n minglab yo‘lovchilar sarson bo‘ldi
Rossiya osmonidagi havo hujumi xavfi: 350 ta reys bekor qilindi, o‘n minglab yo‘lovchilar sarson bo‘ldi
Rossiya hududlarida uchuvchisiz uchoqlar (dronlar) tomonidan sodir etilgan hujumlar oqibatida 6 may oqshomidan boshlab mamlakatning yirik aeroportlarida kamida 350 ta reys bekor qilingan. Bu haqda
Dunyo 12:45, 8-05-2025
Saudiya Arabistoni Vinisius uchun 350 million tayyor
Saudiya Arabistoni Vinisius uchun 350 million tayyor
Saudiya Arabistonidan bo‘lgan investorlar braziliyalik futbolchi Vinisius Zuniorning "Al-Ahli" klubiga o‘tishi bilan qiziqish bildirmoqda. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. TalkSPORT
Sport 02:22, 18-07-2025
Saudiya klubi Mbappe uchun 350 million yevro taklif qildi
Saudiya klubi Mbappe uchun 350 million yevro taklif qildi
Saudiya Arabistoni chempionati klublaridan biri Madridning Real jamoasida to‘p surayotgan Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Mazkur klub
Sport 18:01, 12-08-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025