Bugun
"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar Ligasi safarini yakunladi
+12°
пасмурно ветер 2.1 м/с, СВ

"Roma" muhim bahsda “Atalanta”ga mag‘lubiyatga uchradi (video)

Sport
13
"Roma" muhim bahsda “Atalanta”ga mag‘lubiyatga uchradi (video)
Italiya A Seriyasi 36-turi doirasidagi “Atalanta” — “Roma” bahsi yakuniga yetdi. Qiziqarli va keskin o‘tgan bahsda bergamoliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi hisob 9-daqiqada mezbonlar futbolchisi Ademalo Luqmon tomonidan ochilgan bo‘lsa, 32-daqiqada rimliklar tablodagi natijani tenglashtirdi. Gol muallifi — Barayan Kristante.

Ikkinchi taymning 76-daqiqasiga kelib “Atalanta” hisobda oldinga chiqib oldi. Ibrohim Sulaymon Mile Sivilar darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi.

Mazkur natija uchrashuv oxirigacha o‘zgarmadi va “Atalanta” 3 ochkoga ega chiqdi.

Uchrashuvni asosiy tarkibda boshlagan o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov 85-daqiqada zaxiraga olindi. Futbolchi uchrashuvda faol harakat qildi, lekin na gol, na assist muallifiga aylandi. Shomurodov Flashscore portali tomonidan 6,6 ballga loyiq ko‘rilgan bo‘lsa, Sofascore o‘zbekistonlik futbolchining harakatlarini 7,0 ball bilan baholadi.

Ta’kidlash kerakki, “Atalanta” “Roma”ning A Seriyadagi 19 ucharshuvlik mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasadi.

Mazkur natijadan keyin Bergamo klubi 71 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘ringa joylashgan bo‘lsa, rimliklar 63 ochko bilan 6-o‘ringa tushib ketdi.

“Atalanta” — “Roma” 2:1
Gollar
: 1:0 — Luqmon (9), 1:1 — Kristante (32), 2:1 — Ibrohim (76).

O‘xshash yangiliklar

Dana Uayt: Boylik baxt keltirmaydi, ish muhimi
Dana Uayt: Boylik baxt keltirmaydi, ish muhimi
UFC rahbari Dana Uayt oktagon haqida emas, hayot haqidagi fikrlari bilan yana e’tiborni tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. TikTok yulduzi Piter Fuad mashhurlardan maslahat olishga qiziqadi va
Sport Bugun, 15:17
"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar Ligasi safarini yakunladi
"Shanxay Shenxua" Osiyo Chempionlar Ligasi safarini yakunladi
Osiyo Chempionlar ligasining sakkizinchi turida “Shanxay Shenxua” jamoasi “Buriram Yunayted”ga qarshi maydonga tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Oldingi yetti turda pley-offga chiqish
Sport Bugun, 15:13
Isroil jamoasi xavfsizlik sabab Toshkentni tark etdi
Isroil jamoasi xavfsizlik sabab Toshkentni tark etdi
Toshkentda o'tayotgan dzyudo bo'yicha "Grand Slam" turniri davomida kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Isroil milliy terma jamoasi xavfsizlik
Sport Bugun, 14:57
Turkiyada Futbolchilar Tikish Mojarosi: Jiddiy Jazolar Kutilmoqda
Turkiyada Futbolchilar Tikish Mojarosi: Jiddiy Jazolar Kutilmoqda
Turkiyaning ikki yirik futbol klubi vakillari, Galatasaroy himoyachisi Metehan Baltadji va Fenerbahche sardori Mert Hakan Yandash, sport tikishlarida ishtirok etgani sababli jiddiy javobgarlikka
Sport Bugun, 14:40
Koloskov: 2026 yilgi mundial mezbonligi o'zgarmaydi
Koloskov: 2026 yilgi mundial mezbonligi o'zgarmaydi
RFSning faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskovning fikricha, 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionatining mezbonligini AQShdan olib qo‘yish ehtimoli juda past. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:31
Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlari kechiktirildi
Osiyo Chempionlar Ligasi o‘yinlari kechiktirildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Osiyo Chempionlar Ligasi doirasidagi bir qator uchrashuvlarni boshqa muddatga ko‘chirilganini ma'lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu uchrashuvlar
Sport Bugun, 14:13