Bugun
"Paxtakor" "Qo'qon-1912"ni mag'lub etib, ikkinchi g'alabani qo'lga kiritdi
+7°
пасмурно ветер 1.1 м/с, СВ

O‘zbekistonning U-17 Osiyo kubogidagi ishtiroki e’tirof etildi

Sport
20
O‘zbekistonning U-17 Osiyo kubogidagi ishtiroki e’tirof etildi
Joriy yil Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tgan U-17 Osiyo kubogida faoliyat olib borgan OFK texnik guruhi (uchrashuvlar va jamoalarning o‘yin uslublarini tahlil qiluvchi jamoa) musobaqada ishtirok etgan jamoalar haqida tahliliy xulosalarni e’lon qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu tahlil davomida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasining o‘yinlari, bosh murabbiy Islombek Ismoilov tomonidan uchrashuvlarda foydalanilgan taktikalar va jamoaning umumiy ko‘rsatkichlari alohida e’tirof etilgan hamda jamoaning hujum va himoyada ko‘rsatgan o‘yini, individual va jamoaviy yondashuvlar, vaziyatni yakunlashdagi aniq xatti-harakatlar texnik kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholangan.

“Ismoilovning murabbiylik uslubi doimo hujumkor o‘yin ko‘rsatishga asoslangan. U jamoasini o‘yin jarayonida faqat himoyalanishga emas, balki har doim hujumga yo‘naltirib, raqibning jarima maydoniga kirishga undadi. Bosh murabbiyning asosiy maqsadi hujumda ochiq o‘yin tashkil qilish va himoyadagi xatolardan qochish edi. Musobaqa davomida O‘zbekiston U-17 jamoasi keng hududlarda to‘pni tez uzatish, to‘g‘ri va diagonal uzatmalardan samarali foydalandi. Shuningdek, jamoaning standart vaziyatlardagi harakatlari ham o‘z samaradorligini ko‘rsatdi.

Foto: O‘FA
O‘zbekiston jamoasining asosiy yutug‘i, himoyadagi qat’iyat va hujumdagi samaradorlik edi. Jamoa turnir davomida barcha o‘yinlarda g‘alaba qozonib, musobaqaning eng ko‘p gol urgan jamoasiga aylandi. Shuningdek, individual sovrinlarning barchasi o‘zbekistonlik futbolchilarga nasib etdi. Bu muvaffaqiyatda, jamoaning hujumkorligi va har bir futbolchining maydondagi vazifasini yaxshi bajarishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.

Foto: O‘FA
Finalga yo‘l olgan jamoaning irodasi, ayniqsa, Saudiya Arabistoniga qarshi bo‘lgan hal qiluvchi uchrashuvda o‘z aksini topdi. O‘yin davomida ikki futbolchisi qizil kartochka olib maydonni tark etgan O‘zbekiston U-17 jamoasi ruhiy jihatdan og‘ir sinovdan o‘tdi. Biroq, bosh murabbiy Islombek Ismoilov o‘z futbolchilarini ruhlantirib, ularga ishonch bera oldi.

Foto: O‘FA
“Menga ishoning, biz bu o‘yinni yuta olamiz”, degan so‘zlari jamoaga ta’sir o‘tkazdi va ular yakunda g‘alabaga erishdi. Bu esa hech qachon umidni yo‘qotmaslik va oxirigacha kurashib natijaga erishish mumkinligini isbotladi”, deyiladi OFK texnik guruhi xulosasida.

O‘xshash yangiliklar

Joao Pedro het-trik bilan "Chelsi"ga g'alaba keltirdi
Joao Pedro het-trik bilan "Chelsi"ga g'alaba keltirdi
Angliya Premer-ligasining 29-turida "Chelsi" safarda "Aston Villa"ni 4:1 hisobida mag'lub etib, sezilarli g'alabaga erishdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birmingemda
Sport Bugun, 05:45
"Real"ning uch futbolchisi keyingi o'yinlarni o'tkazib yuboradi
"Real"ning uch futbolchisi keyingi o'yinlarni o'tkazib yuboradi
"Real" jamoasi uchun "Xetafe"ga qarshi o'yindan keyin qator noxush xabarlar kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoaning vingeri Franko Mastantuono uchrashuvning
Sport Bugun, 00:38
"Andijon" Superligada "Qizilqum"ga 1:2 hisobida yutqazdi
"Andijon" Superligada "Qizilqum"ga 1:2 hisobida yutqazdi
O‘zbekiston Superligasining 2-turida "Andijon" jamoasi Navoiyda "Qizilqum"ga 1:2 hisobida yutqazib, mavsumdagi ilk jiddiy to‘siqqa duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 00:19
Yurgen Klopp "Red Bull"dagi kelajagi savol ostida qolmoqda
Yurgen Klopp "Red Bull"dagi kelajagi savol ostida qolmoqda
Yurgen Klopp "Liverpul"ni tark etganidan so'ng futbol maydonidan butunlay uzilib ketmadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Aksincha, 2025 yil yanvaridan boshlab "Red Bull"
Sport Kecha, 23:30
"Qizilqum" "Andijon"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi
"Qizilqum" "Andijon"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi
O‘zbekiston Superligasining ikkinchi turida "Qizilqum" jamoasi o‘z maydonida "Andijon"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu natija turnirning eng
Sport Kecha, 21:34