Bugun
Hyolunn Napoli safida debyut golini urdi
+20°
ясно ветер 2.1 м/с, В

Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?

Sport
68
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi O‘zbekistonga qarshi o‘yin haqida nimalar dedi?
Qatar terma jamoasi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi va yarim himoyachi Abdulaziz Xatim O‘zbekistonga qarshi bahsdan oldingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Bizni ertaga qiziqarli o‘yin kutmoqda. Raqibimiz juda yaxshi shakllangan jamoa. O‘zbekiston mundialga yo‘l oldi, bu juda katta va ajoyib yutuq. Men sizlarni tabriklayman. Mening jamoam uchun ertangi bahs ham ancha yaxshi imkoniyat. Biz ertaga hali yetarlicha imkoniyatga ega bo‘lmagan futbolchilarni ham sinab ko‘ra olamiz. Guruhdagi har bir bahs yangi imkoniyat degani. O‘zbekistonga qarshi o‘yinning har jabhasi qiyin kechadi. Biz ertaga imkon qadar kurashuvchan jamoa ekanligimizni namoyish etishimiz kerak. Bu biz uchun haqiqiy chaqiruv", – deya fikr bildirdi Xulen Lopetegi.

"Ikkita terma o‘rtasidagi to‘qnashuvlar har doim qiyin kechadi. O‘zbekiston jahon chempionatiga chiqib ulgurdi. Biz esa pley-off bahsiga yo‘l olmoqdamiz. Ertangi bahs biz uchun keyingi bosqichga tayyorgarlik ko‘rish uchun dastlabki qadam bo‘ladi. O‘yin o‘ta qiyin kechishi aniq. Jismoniy va ruhiy jihatdan qiyin sinov bo‘ladi. Barchasini to‘g‘ri amalga oshirib, g‘alaba qozonishga intilamiz", – dedi Abdulaziz Xatim ertangi bahs oldidan.

- Ertangi uchrashuvda ikki jamoada ham bosim yo‘q. Mana shu jihat ertangi o‘yin ssenariysiga qanchalik ta’sir qilishi mumkin?

- O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida juda yaxshi futbolchilar bor. Ular Yevropada to‘p tepishadi. Raqibimiz qanday futbol o‘ynashni juda yaxshi biladi va o‘zi istagan uslubdan foydalanib kelmoqda. Biz ertaga g‘alaba qozonishga harakat qilamiz. Pley-off bosqichi boshlanadi. Keyingi bosqich oktyabrga belgilangan. Unga qadar bunday chellenjlarda o‘zimizni sinab ko‘rishimiz kerak. Biz safarda turli xil atmosferada, kuchli jamoalarga qarshi o‘ynamoqdamiz. Ertaga o‘zimizning qobiliyatlarimizni namoyish etishimiz kerak.

- Futbolchiga savol. Abdulaziz, siz noyabr oyida "Al Rayyan" jamoasi bilan birga "Paxtakor"ga qarshi uchrashuvda ishtirok etish uchun Toshkentga kelgan edingiz. O‘sha vaqti Doxada bo‘lib o‘tadigan terma jamoalarning dastlabki to‘qnashuviga 10 kuncha vaqt qolgan edi. O‘shanda siz bilan suhbatlashganimda, O‘zbekistonga qarshi bo‘lajak o‘yin biz uchun finalga teng degan fikr bildirgan edingiz. Oradan olti oydan ko‘proq vaqt o‘tdi va Qatar terma jamoasi mundialga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kirita olmadi. Ushbu vaqt ichida Qatar terma jamoasi bilan nimalar ro‘y berdi? Mundialga chiqish uchun nimalar yetishmadi?

- Ha, barchasi esimda. Noyabr oyidagi bahs biz uchun haqiqiy final bo‘lgan edi. Biz o‘sha uchrashuvda g‘alaba qozongan edik. Afsuski, keyingi uchrashuvlarda ko‘p ochkolar yo‘qotdik. Bu futbolda uchrab turadigan holat. Hozir esa biz pley-off bosqichidamiz. O‘zbekiston kabi kuchli raqibga qarshi o‘ynash yaxshi imkoniyat. Nasib qilsa, yaxshi o‘yin namoyish etamiz.

- Bir necha kun avval Eron terma jamoasi mag‘lub etildi. Ushbu muhim g‘alaba jamoa kayfiyatiga va ruhiyatiga qanchalik ta’sir o‘tkazdi?

- Biz uchun juda-juda muhim edi. Uch ochko bizni pley-offga olib chiqdi. Futbolda har doim kelajak haqida o‘ylash kerak. O‘tgan uchrashuv esa tarixga aylandi. Pley-off bosqichiga tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. Pley-off bahslari oktyabr oyida o‘tkaziladi. O‘zbekiston kabi Osiyodagi eng kuchli jamoalarga qarshi maydonga chiqish – ancha jiddiy chaqiruv. Yana bir bor takrorlayman. O‘zbekiston juda yaxshi tarkibga ega. Katanes juda yaxshi ishlar qilib ketdi, endi esa Timur bu ishlarni davom ettirmoqda. Toshkentda bo‘lib turganimdan va ertaga shunday o‘yinimiz borligidan xursandman.

- Qatar terma jamoasi so‘nggi ikkita Osiyo Kubogini qo‘lga kiritdi, ammo hozirgi saralash bosqichida safarda umuman g‘alaba qozona olmadi. Ushbu natija amaldagi Osiyo Kubogi g‘oliblari uchun qanchalik uyatli natija?

- Futbol har doim kelajakka boqishni anglatadi. Hozirgi vaqt va kelajak. Tarixda ro‘y bergan narsalarni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Biz ertangi bahs haqida o‘ylamoqdamiz. Boshqa hech narsa haqida o‘ylamayapmiz. Eronni mag‘lub etganimizdan xursandman, ammo endi kelajak haqida o‘ylashimiz kerak. Futbolda kelajak yaratib borish kerak.

- Futbolchiga savol. Qatar terma jamoasi safarda O‘zbekistonni mag‘lub eta olmagan. Ushbu natija ertaga yakunlanishi mumkinmi?

- Bosh murabbiyimiz aytib o‘tganlaridek, tarix haqida o‘ylab o‘tirish noto‘g‘ri. Men tarixni eslashni yoqtirmayman. Biz kelajak haqida o‘ylaymiz. Ertaga bahsda barchasi o‘zgarib ketishi mumkin.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

«Al-Nasr» va «Al-Shabab» durang qayd etdi – Ronaldu yana gol urdi
«Al-Nasr» va «Al-Shabab» durang qayd etdi – Ronaldu yana gol urdi
Saudiya Arabistoni chempionatining navbatdagi turida «Al-Nasr» va «Al-Shabab» jamoalari durang natija qayd etishdi – 2:2. Ushbu qarama-qarshilikda Krishtianu Ronaldu yana bir bor gol urdi. O‘yinda
Sport 04:39, 8-03-2025
"Al Nassr" safarda "Al Hilol"ni mag‘lub etdi. Ronalduni to‘xtatib bo‘lmayapti (video)
"Al Nassr" safarda "Al Hilol"ni mag‘lub etdi. Ronalduni to‘xtatib bo‘lmayapti (video)
40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatidagi gollari sonini mingtaga yetkazish orzusida tinimsiz to‘p kiritmoqda. Saudiya Arabistoni chempionatining 26-turida Ronaldu o‘ynayotgan
Sport 07:24, 5-04-2025
«Аль-Наср» Жорже Жезушни Madridda ishga oladi
«Аль-Наср» Жорже Жезушни Madridda ishga oladi
Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubi yangi bosh murabbiy masalasini deyarli hal etdi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Jamoani portugaliyalik murabbiy Jorje Jezush boshqaradi. U bahor
Sport 23:15, 28-06-2025
Cherchesov: o‘yinda ko‘proq ijodkorlik kerak
Cherchesov: o‘yinda ko‘proq ijodkorlik kerak
«Ахмат» жамоаси бош мураббийи Станислав Черчесов «Матч ТВ»га «Крылья Советов» билан ўйиндан кейин ўз фикрларини билдирди. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Унга кўра, ўйин натижаси маъқул
Sport 01:11, 17-08-2025
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
Ledi Gaga Braziliyada tarixiy konsert o‘tkazdi: 2 milliondan ziyod muxlis yig‘ildi
3 may kuni mashhur amerikalik pop yulduzi Ledi Gaga o‘zining faoliyatidagi eng katta va eng shov-shuvli konsertlaridan birini Braziliyaning eng mashhur sohili – Rio-de-Janeyrodagi Kopakabanada
Dunyo 13:06, 5-05-2025