Bugun
Markaziy bank valyuta kurslarida pasayish e'lon qildi
+10°
пасмурно ветер 0.8 м/с, ЮВ

Xabi Alonso “Real”da temir qoidalarni joriy etdi — maydonda ayanchsiz kurash kutilmoqda

Sport
89
Xabi Alonso “Real”da temir qoidalarni joriy etdi — maydonda ayanchsiz kurash kutilmoqda
“Real Madrid” tarixida yangi sahifa ochildi. Jahon futboli afsonalaridan biri, sobiq futbolchi va istiqbolli murabbiy Xabi Alonso endi “qaymoqranglilar”ni boshqaradi. Uning qo‘l ostidagi ilk rasmiy o‘yin 18 iyun kuni Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati doirasida bo‘lib o‘tadi. Raqib — Saudiya Arabistonining ambitsioz va katta sarmoyaga ega klubi “Al-Hilal”.

Biroq, o‘yindan avvalroq, Alonso jamoa ichida qat’iy va aniq tartib qoidalarni belgilab ulgurdi. Ispaniyaning “Cadena SER” radiosi orqali jurnalist Xaver Errayes tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, Xabi Alonso futbolchilarga juda ochiq va qat’iy xabar yuborgan:

Kim yugurmasa va bor kuchini maydonda qoldirmasa — o‘ynamaydi. Ismlar meni qiziqtirmaydi.”

Ya’ni, yangi murabbiy uchun kimning qanday yulduzlik darajasiga egaligi muhim emas. Faqat va faqat mehnat, intizom va maydondagi fidoyilik e’tiborda bo‘ladi. Bu so‘zlar orqali Alonso “Real”da “komfort zonasi”ga o‘rnashib olgan ayrim yulduzlarga dahlli signal yuborgan bo‘lishi mumkin.

Uning yana bir qat’iy ta’kidlashicha:

Siz shunchaki to‘p kelishi va uni golga aylantirish uchun kutavermasligingiz kerak. Har bir vaziyat uchun kurashish, har bir to‘p uchun harakat qilish zarur.”

Bu yo‘l “Liverpul”, “Bavariya” va Ispaniya terma jamoasida chempionliklar ko‘rgan Alonso uslubiga xos. Uning uslubi — jamoaviy intizom, intellektual o‘yin va 90 daqiqa davomida tinimsiz harakat. Demak, “Real” futbolchilari endi maydonda “otdushina” izlash o‘rniga, har bir vaziyat uchun to‘liq fidoyi bo‘lishi talab etiladi.

Xabi Alonsoning ayrim futbolchilar bilan alohida muloqot o‘tkazgani va ularga kelgusi mavsumdagi o‘rni uchun kurash kerak bo‘lishini aytgani ham xabar qilindi. Shuningdek, u akademiyadan chiqqan yosh futbolchilarni asosiy tarkibga jalb qilish tarafdori ekanligini ham bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum boshlanishidan avval Karlo Anchelotti Braziliya terma jamoasiga rahbarlik qilish uchun Madridni tark etdi. Uning o‘rnini egallagan Xabi Alonso esa Germaniyada “Bayer” bilan ajoyib natijalarga erishgan, jumladan, Bundesliga chempioni bo‘lgan va Yevropa Ligasining finaligacha yetaklagan.

Endi esa uning oldida tarixiy vazifa — dunyodagi eng mashhur klublardan biri “Real Madrid”ni yangi davrga yetaklash turibdi.

Birinchidan, bu — jismoniy tayyorgarlik va intizom bo‘yicha yangi standartlar. Ikkinchidan, maydonda faqat ism bilan emas, ishtiyoq va harakat bilan o‘ynash kerak bo‘ladi. Futbolchilarga qo‘yilgan bu qat’iy talablar “Santyago Bernabeu”da yangi davr boshlanganidan darak beradi.

O‘xshash yangiliklar

Premer-ligada Standart Vaziyatlar Bo'yicha Murabbiylar Bahsi Qiziyapti
Premer-ligada Standart Vaziyatlar Bo'yicha Murabbiylar Bahsi Qiziyapti
Angliya Premer-ligasida standart vaziyatlar orqali urilgan gollar mavzusi tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu borada murabbiylar o'rtasida bahslar
Sport Kecha, 23:06
Nagelsmann Goreskaga Milliy Jamoada Ishonch Bildirmoqda
Nagelsmann Goreskaga Milliy Jamoada Ishonch Bildirmoqda
Germaniya terma jamoasining bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann "Bavariya" yarim himoyachisi Leon Goreskaga hali ham katta ishonch bildirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda
Sport Kecha, 22:55
Gallardo "Banfield" ustidan g'alaba bilan xayrlashdi
Gallardo "Banfield" ustidan g'alaba bilan xayrlashdi
Marselo Gallardo murabbiy sifatida so'nggi uchrashuvini o'tkazdi va uning jamoasi «Banfield»ga qarshi o'yinda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 22:47
FIFA 2026 yilgi chempionatni AQShdan olmaydi
FIFA 2026 yilgi chempionatni AQShdan olmaydi
RFSning faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskovning fikricha, FIFA 2026 yilgi futbol bo'yicha jahon chempionatini AQShdan olib qo'yishi ehtimoli juda kam. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 22:38
"Shanxay Shenxua" Chempionlar ligasi pley-offidan chetda qoldi
"Shanxay Shenxua" Chempionlar ligasi pley-offidan chetda qoldi
"Shanxay Shenxua" jamoasi Osiyo Chempionlar ligasida yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatini boy berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 8-turda ular "Buriram
Sport Kecha, 22:11
Ronaldu jarohatlandi: "Al-Nasr" g'alaba qozondi
Ronaldu jarohatlandi: "Al-Nasr" g'alaba qozondi
"Al-Nasr" jamoasining hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al-Feyha"ga qarshi shanba kuni bo'lib o'tgan uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 22:04