Bugun
Giorgio Armani merosida aksiyalar sotilishi belgilandi
+33°
ясно ветер 3.1 м/с, З

“Tonirovka” uchun jarima: nimalar o‘zgaryapti?

Avto
166

“Tonirovka” uchun jarima: nimalar o‘zgaryapti?
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yangi modda qo‘shilishi mumkin. 27 mart kuni Ichki ishlar vazirligi tegishli qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Loyihada kodeksga “tonirovka” bo‘yicha quyidagi mazmundagi yangi 126-1-moddani kiritish taklif etilgan:

“126-1-modda. Oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomada ko‘rsatilgan talablarni buzib transport vositalaridan foydalanish.

Oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnomada belgilangan qoidalarga rioya qilmaslik – BHMning bir baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi”.

BHMning 1 baravari hozirda 375 ming so‘mga teng.

Bugungi kunda O‘zbekistonda BHMning 8 baravari (3 mln so‘m) to‘lov qilib, mashinaning old yon oynalari tusini o‘zgartirish mumkin. Ruxsatnoma my.gov.uz portalidan onlayn olinsa, to‘lov miqdori chegirma bilan 2,7 mln so‘m bo‘ladi.

Bu ruxsatnomada belgilangan me’yorga ko‘ra, old yon oynalar tusini 30 foizgacha qoraytirish mumkin.

YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshevning ma’lum qilishicha, amaliyotda ruxsatnoma olganidan keyin oynalarni 50 foiz va 100 foizgacha qoraytirish holatlari uchramoqda.

Bunday vaziyatda, amaldagi MJtKning 126-moddasi (ko‘zgusimon yoki qoraytirilgan oynali transport vositalaridan ruxsatnomasiz foydalanganlik) asosida, BHMning 25 baravari miqdorida (hozirgi kunda 9 mln 375 ming so‘m) jarima qo‘llanmoqda.

“Bir necha millionga “tonirovka” uchun ruxsatnoma olsa-yu, lekin yana tonirovkasi yo‘qlardek, BHMning 25 barobari miqdorida jarima to‘lashiga to‘g‘ri kelsa, bu adolatsizlik bo‘ladi, deb hisobladik.

Shuning uchun tonirovka ruxsatnomasida belgilangan me’yorlarga amal qilmaganlar uchun alohida, BHMning 1 barobari miqdorida jarima qo‘llash bo‘yicha tashabbus bildirib, shu loyiha ishlab chiqildi.

Bu 126-1-modda qabul qilinsa, huquqbuzarlardan “tonirovka” ruxsatnomasi olib qo‘yilmaydi. Balki me’yordan yuqori “tonirovka”si yechilib, 30 foizgacha boshqa tonirovka qo‘yib oladi. MJtKning amaldagi 126-moddasi – ruxsatsiz “tonirovka” uchun BHMning 25 barobari (9 million 375 ming so‘m) jazo ham o‘z kuchida qolaveradi. Bu boshqa holat”, – dedi YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldashev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda.

Qonun loyihasi joriy yil 11 aprelgacha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan bo‘lib, barcha fuqarolar ushbu havolaga o‘tib, fikr va takliflarini berishi mumkin.

Tonirovka uchun to‘lovlar

O‘zbekistonda 2022 yil 1 iyuldan yengil avtotransport vositalarining orqa yon oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma olish tartibi bekor qilingan. Ya’ni orqa yon oynalarni hech qanday to‘lovlarsiz qoraytirish mumkin bo‘lgan.

O‘sha vaqtda, jismoniy va yuridik shaxslar uchun yengil avtotransport vositalari old yon oynalari tusini o‘zgartirishga (qoraytirishga) ruxsatnoma olish to‘lovi BHMning 8 baravari deb belgilangan – hozirgi kunda 3 million so‘mni tashkil qiladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ruxsatnoma olish 10 foizga arzonroq.

Hukumat qaroriga ko‘ra, bu ruxsatnomani berishdan tushadigan mablag‘lar quyidagicha yo‘naltiriladi:

  • 40 foizi —davlat budjetiga;
  • 40 foizi — IIVning Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, xodimlarini rag‘batlantirish va mukofotlash jamg‘armasiga;
  • 20 foizi — IIVning “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasiga.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
Oq non iste’moli sog‘liq uchun xavf tug‘diradi
O‘zbek oilalarining kundalik ratsionining ajralmas qismi hisoblangan mahsulot - oq unidan tayyorlangan non - so‘nggi paytlarda oziqlanish mutaxassislari diqqat markazida bo‘lib qolmoqda. Bu haqida
Jamiyat 18:20, 8-07-2025
Kiyevda neonatsist guruh terrorchilik jinoyatini tan oldi
Kiyevda neonatsist guruh terrorchilik jinoyatini tan oldi
Yaqin kunlarda Kiyevda sodir etilgan shov-shuvli qotillik xalqaro terrorizm masalasini yana bir bor dolzarb muammo sifatida ko‘tarishga sabab bo‘ldi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. AQShda tashkil
Dunyo 11:33, 17-07-2025
Toshkentda yangi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy qilindi
Toshkentda yangi avtomobilni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy qilindi
Foto: IIB YHXB axborot xizmati 24 apreldan boshlab Toshkent shahrida yangi avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza yuborish imkoniyati sinov tartibida ishga
Avto 08:42, 25-04-2025
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Chaleta-Car kelasi mavsum “Real Sosedad”da ijara asosida o‘ynaydi
Xorvatiyalik himoyachi Duye Chaleta-Car kelasi mavsumni Ispaniyaning "Real Sosedad" jamoasida o‘tkazadi. Bu haqida Euro-football.ru xabar berdi. Bu haqda Fransiyaning mashhur nashri xabar
Sport 04:13, 30-07-2025
Buxoroda milliy non pishirish maskani ochildi
Buxoroda milliy non pishirish maskani ochildi
Buxoro viloyatida milliy qadriyatlarni va an’anaviy oshxona madaniyatini ommalashtirish maqsadida yangi madaniy maskan tashkil etildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi. Jondor tumanidagi Ushot
Oʻzbekiston 04:42, 22-08-2025