Bugun
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari keyinga qoldirildi
+11°
пасмурно ветер 4.7 м/с, В

AQSH markaziy va janubiy shtatlarida kuchli tornado: Tramp xalqni ibodatga chaqirdi

Dunyo
105
AQSH markaziy va janubiy shtatlarida kuchli tornado: Tramp xalqni ibodatga chaqirdi
Qo‘shma Shtatlarda bir necha kundan beri tornado davom etib, tabiiy ofat davlatning markaziy va janubiy qismiga jiddiy zarar yetkazmoqda. Amerika matbuotiga ko‘ra, turar joy binolari, infratuzilma obyektlari, maktablar vayron bo‘lyapti.

Arkanzas, Jorjiya va Oklaxoma shtatlarida favqulodda holat e’lon qilingan. ABC News telekanali xabarida kelishicha, dam olish kunlarida 20 dan ortiq shtatlarda odamlar mingga yaqin bo‘ronlar bilan to‘qnashdi va bugungi hisob-kitob bilan tornado 42 kishi halok bo‘lishiga olib keldi. 9 shtatda esa tornado xavfi o‘ta kuchli deya baholangan. Missuri shtatida 12 kishi, Kanzasda 8 kishi, Missisipida esa 6 kishi tornado qurboniga aylangan. Halok bo‘lganlar orasida yosh bolalarning ham borligi amerikaliklarni qayg‘uga solmoqda.

Xususan, Shimoliy Karolinada 11 va 13 yoshli aka-ukalar kuchli tornado oqibatida daraxt qulashi tufayli halok bo‘ldi. Hukumat buni tasdiqlagan. Shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Meffyu Ouen Facebook'da post qoldirib, daraxt ikki aka-ukaning yotoqxonasiga qulaganini ma’lum qildi. Uy yonib ketgan, o‘t o‘chiruvchilar kelganida oilaning boshqa a’zolari ichkarida bolalar borligini aytgan, lekin afsuski, ularni qutqarisholmadi.

Meffyu Ouenning ABC News'ga ma’lum qilishicha, tornado Missisipi shtatida soatiga 111 milyani tashkil qilmoqda, bu taxminan soatiga 180 kilometr degani. Rasmiylar Missisipida kamida 3 kishini shamol uchirib ketganini tasdiqladi. Shtatlardagi mehmonxonalar tornado sabab uy-joysiz qolganlar bilan to‘lmoqda. Aytilishicha, kelasi haftalarda 250 tacha lagerlar paydo bo‘ladi, aynan tornadodan zarar ko‘rganlar uchun.

Tornado Alabama shtatida ham vayronagarchiliklarga sabab bo‘lmoqda, bu yerda shamol tezligi soatiga 136 milyadan 165 milyagacha chiqqan, bu qariyb 265 kilometr soat degani. Shamol bunchalik qattiq bo‘lib, vayronagarchiliklarga olib keladi deb hech o‘ylamagandim, deydi Alabamaning Plantersvil shahrida yashovchi Ovns. U onasidan ayrilib qolgani uchun ko‘z yosh to‘kmoqda. Aytishicha, onasi qulagan uy ichida qolib ketgan.

Alabamaning Vinterboro shahrida esa tabiiy ofat zarari ancha jiddiy, shamol o‘rta maktabni vayron qilgan. Tezligi soatiga 120 milya yoki 193 km/soat bo‘lgan shamol maktab avtobusini uchirib yuborgan va avtobus sportzalga kelib urilgan. Okrug qutqaruvchilari Vinterborodagi maktab qarshisida yashovchi 83 yoshli fuqaro halok bo‘lganini aniqladi.

Tornado Oklaxoma shtatida 400 dan ortiq uylarni vayron qilgan, 150 ga yaqin inson jarohat bilan shifoxonalarga yotqizilgan. Kuchli shamol dam olish kunlarida o‘rmon yong‘inlarini keltirib chiqardi. Ayni paytda Oklaxoma, Texas, Nyu-Meksikoda yong‘in xavfi qizil darajada turibdi. Ayniqsa seshanba, ya’ni bugun Texasning g‘arbiy qismi va Nyu-Meksiko uchun alangali o‘tishi mumkin, odamlar bundan ogohlantirilgan.

Texas, Luiziana, Alabama, Arkanzas, Tennessi, Missisipi, Jorjiya, Kentukki va Shimoliy Karolina shtatlarining bir qismi suv toshqini haqida ogohlantirish ostida, deya xabar berdi BBC.

Prezident Donald Tramp AQSH Milliy gvardiyasini bo‘ronga qarshi kurash uchun jalb qildi. O‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi platformalarida esa odamlarni ko‘proq ibodat qilishga chaqirdi. Men va Melaniyani chuqur tashvishga solgan bu bo‘ronlar sabab ibodatimizga qo‘shiling, deb yozadi Tramp.

O‘zbekiston prezidenti 17 mart kuni tornado sabab ko‘rilgan zarar va qurbonlar borligi munosabati bilan Donald Trampga ta’ziya maktubini yo‘lladi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

O‘xshash yangiliklar

Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Jebel Ali porti keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi
Yaqin Sharqdagi eng yirik konteyner porti hisoblangan Jebel Ali porti mintaqadagi keskinlik sababli faoliyatini to'xtatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Dunyo Bugun, 08:58
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Donald Trampning bayonotiga ko‘ra, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Unga ko‘ra, bu xavfni bartaraf etish uchun AQSH Eronga qarshi
Dunyo Bugun, 08:15
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
Tramp: Eron ikki haftada yadroviy qurolga ega bo'lishi mumkin
AQSh prezidenti Donald Trampning fikricha, Eron ikki hafta ichida yadroviy qurolga ega bo‘lishi mumkin edi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Trampning aytishicha, aynan shu sabab AQSh Eron bilan
Dunyo Bugun, 07:34
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh razvedkasi Xominaiyning joylashuvini aniqladi
AQSh va Isroilning Eronga qarshi amalga oshirgan hujumi atrofida yangi tafsilotlar ma'lum bo‘lmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The New York Times nashri va Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh
Dunyo Bugun, 07:33
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil 100 Ming Zaxiradagi Harbiyni Safarbar Etadi
Isroil armiyasi taxminan 100 ming zaxiradagi harbiy xizmatchini safarbar etishga tayyorgarlik ko'rmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda armiya matbuot xizmati ma'lumot berdi.
Dunyo Bugun, 06:51
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Eron dronlari BAAda harbiy obyektlarga zarba berdi
Yaqin Sharqdagi vaziyat tobora murakkablashmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Birlashgan Arab Amirliklari mudofaa idorasi Eron tomonidan Abu-Dabidagi harbiy-dengiz obyektiga dronlar orqali zarba
Dunyo Bugun, 06:26