Bugun
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
+20°
пасмурно ветер 1.8 м/с, З

Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi

Dunyo
145

Ramzon Qodirovning voyaga yetmagan o‘g‘li Checheniston politsiyasi kuratori etib tayinlandi
Checheniston yetakchisi Ramzon Qodirovning kenja o‘g‘li, 17 yoshli Adam Qodirov Rossiya IIVning mintaqaviy bo‘linmasi kuratori etib tayinlandi.

Tabriklarni qabul qilgach, Ramzon Qodirovning o‘g‘li Checheniston Ichki ishlar vazirligining O‘z xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi operativ-qidiruv bo‘limiga yangi rahbar tayinladi. Shundan so‘ng u bir necha xodimga Checheniston qahramonlari medallarini topshirdi.

2023 yil yozida Adam Qodirov tergov izolatorida Qur’onni yoqib yuborgan Nikita Juravelni kaltaklagandi. Qodirov do‘pposlash tasvirlarini e’lon qilgan va o‘g‘lining bu ishidan faxrlanishini aytgan edi.

Shundan so‘ng Adam Qodirov bir qancha mukofotlarga sazovor bo‘ldi, otasining xavfsizlik xizmatida lavozimni egalladi va Rossiya Mudofaa vazirligi tarkibidagi «Shayx Mansur» batalyoniga rahbarlik qila boshladi. Unga Checheniston Qahramoni unvoni ham berildi. Dekabr oyida esa Ramzon Qodirov sud uning o‘g‘lini jazolashga qaror qilmaganini, Checheniston rasmiylari ham bu bilan shug‘ullanmasligi kerakligini aytgan.

2024 yil fevral oyida Ramzon Qodirovning to‘ng‘ich o‘g‘li Axmat Qodirov yoshlar ishlari bo‘yicha vazir etib tayinlangan edi. Joriy yil fevralda bo‘lsa, Checheniston yetakchisining to‘ng‘ich qizi Ayshat Qodirova respublika hukumatida bosh vazir o‘rinbosari lavozimidan ketgandi.

O‘xshash yangiliklar

Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
Dunyo siyosati maydonida kutilmagan, ammo insonparvarlik ruhi bilan to'la yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Amerika Qo'shma Shtatlari birinchi xonimi
Dunyo Bugun, 14:32
Mirshaymer Eronning kuchli bo'lishini va xavflarni ogohlantirdi
Mirshaymer Eronning kuchli bo'lishini va xavflarni ogohlantirdi
Yaqin Sharqdagi urush olovlari tobora kuchayib, butun dunyo uchun xavf tug'dirishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayni paytda siyosatshunoslar va taniqli olimlar eng
Dunyo Bugun, 13:38
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklar ortida Iroqdan xodimlarni evakuatsiya qildi
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklar ortida Iroqdan xodimlarni evakuatsiya qildi
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklarning kuchayishi sababli Iroqdagi missiyasidan xodimlarini xavfsiz tarzda Yevropaga ko'chirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda 20 mart kuni NATOning
Dunyo Bugun, 12:39
Rossiya AQShdan Ukrainaga razvedka yordamini to'xtatishni so'radi
Rossiya AQShdan Ukrainaga razvedka yordamini to'xtatishni so'radi
Rossiya hukumati AQShga tashqi siyosat sohasida g'alati va kutilmagan taklifni yo'llagan bo'lib, bu taklif Eron bilan Ukrainadagi vaziyatni bir-biriga bog'laydi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 11:25
Tramp NATO ittifoqchilarini qo'rquvchi deb atadi
Tramp NATO ittifoqchilarini qo'rquvchi deb atadi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp yana bir bor keskin bayonotlari bilan xalqaro jamoatchilik e'tiborini o'ziga jalb qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U NATO
Dunyo Bugun, 10:27
Xominaiy AQSH va Isroil xatolarini tanqid qildi
Xominaiy AQSH va Isroil xatolarini tanqid qildi
Eron oliy rahbari Mujtabo Xominaiy Navro'z bayrami munosabati bilan xalqqa yo'llagan muhim nutqida butun dunyo uchun qiziqarli va keskin fikrlarni bildirib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 09:53