Bugun
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
+20°
пасмурно ветер 1.8 м/с, З

Xitoylik sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga nisbatan tergov boshlandi

Dunyo
127
Xitoylik sobiq «iqtisodiyot qiroli»ning o‘g‘liga nisbatan tergov boshlandi
Xitoylik moliyachi, Skycus Capital investitsiya kompaniyasi asoschisi va birinchi rahbari Lyu Tyanjan korrupsiyada gumonlanib, tergov qilinmoqda, deb xabar beradi Financial Times.

Lyu Tyanjanning otasi — Xitoy «iqtisodiyoti qiroli» sifatida ta’riflanadigan sobiq bosh vazir o‘rinbosari Lyu Xe. FT'ning qayd etishicha, u XXR raisi Si Jzinpingning ishonchli vakili bo‘lgan va Donald Trampning birinchi prezidentlik muddati davrida AQSH ma’muriyati bilan savdo muzokaralarini olib borgan.

Manbalardan birining so‘zlariga ko‘ra, Lyu Tyanjan qo‘lga olingan. Yana ikki suhbatdosh esa tergov kamida yarim yildan beri olib borilayotganini aytgan. Holat Jek Ma tomonidan asos solingan Ant Group'ning 37 milliard dollarlik IPO o‘tkazish rejalari bilan bog‘liq. IPO jarayoni Si Jinpingning topshirig‘i bilan 2020 yilda bekor qilingan edi.

Nashrning yozishicha, tergov jarayonida rasmiylar «bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan korrupsiya holatlari»ni aniqlagan va davlat rahbariga bu haqida hisobot berilgan.

Lyu Tyanjan Skycus raisligidan 2017 yilda, otasi Xitoy Kommunistik partiyasi siyosiy byurosining 25 nafar a’zosi tarkibiga kirishidan olti oy oldin ketgandi. Keyinroq Lyu Xe bosh vazir o‘rinbosarligiga tayinlangan va moliyaviy sektorni nazorat qilishni boshlagan. FT'ning Skycus'ga yaqin manbalari 2021 yilda kichik Lyu kompaniya bitimlarida ishtirok etishni davom ettirganini ma’lum qilgan.

Skycus Xitoyning Tencent va JD.com kabi texnologik gigantlari bilan hamroklik qilib kelgan.

Mamlakatda korrupsiyaga qarshi tekshiruvlar Si Jinping 2023 yil bahorida XXR raisligiga qayta saylanganidan keyin kuchaydi. 2024 yilda 889 ming nafar amaldor javobgarlikka tortildi. Shuningdek, fond birjalariga aloqador 80 dan ortiq kompaniyalar rahbarlari ushlandi.

Foto: Global Look Press

O‘xshash yangiliklar

Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
Melaniya Tramp va Lukashenko ukrainalik bolalar taqdiri haqida muzokara qildi
Dunyo siyosati maydonida kutilmagan, ammo insonparvarlik ruhi bilan to'la yangi tafsilotlar paydo bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Amerika Qo'shma Shtatlari birinchi xonimi
Dunyo Bugun, 14:32
Mirshaymer Eronning kuchli bo'lishini va xavflarni ogohlantirdi
Mirshaymer Eronning kuchli bo'lishini va xavflarni ogohlantirdi
Yaqin Sharqdagi urush olovlari tobora kuchayib, butun dunyo uchun xavf tug'dirishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ayni paytda siyosatshunoslar va taniqli olimlar eng
Dunyo Bugun, 13:38
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklar ortida Iroqdan xodimlarni evakuatsiya qildi
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklar ortida Iroqdan xodimlarni evakuatsiya qildi
NATO Yaqin Sharqdagi keskinliklarning kuchayishi sababli Iroqdagi missiyasidan xodimlarini xavfsiz tarzda Yevropaga ko'chirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda 20 mart kuni NATOning
Dunyo Bugun, 12:39
Rossiya AQShdan Ukrainaga razvedka yordamini to'xtatishni so'radi
Rossiya AQShdan Ukrainaga razvedka yordamini to'xtatishni so'radi
Rossiya hukumati AQShga tashqi siyosat sohasida g'alati va kutilmagan taklifni yo'llagan bo'lib, bu taklif Eron bilan Ukrainadagi vaziyatni bir-biriga bog'laydi. Bu haqda
Dunyo Bugun, 11:25
Tramp NATO ittifoqchilarini qo'rquvchi deb atadi
Tramp NATO ittifoqchilarini qo'rquvchi deb atadi
Amerika Qo'shma Shtatlari prezidenti Donald Tramp yana bir bor keskin bayonotlari bilan xalqaro jamoatchilik e'tiborini o'ziga jalb qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U NATO
Dunyo Bugun, 10:27
Xominaiy AQSH va Isroil xatolarini tanqid qildi
Xominaiy AQSH va Isroil xatolarini tanqid qildi
Eron oliy rahbari Mujtabo Xominaiy Navro'z bayrami munosabati bilan xalqqa yo'llagan muhim nutqida butun dunyo uchun qiziqarli va keskin fikrlarni bildirib o'tdi. Bu haqda Zamin.uz
Dunyo Bugun, 09:53