Bugun
Gulsanam Mamazoitova “Ayamay” qo‘shig‘ini taqdim etdi
+12°
пасмурно ветер 1 м/с, ЮВ

2022 yilgi Istanbul muzokaralari qanday o‘tgan va nima bilan yakunlangandi?

Dunyo
27

2022 yilgi Istanbul muzokaralari qanday o‘tgan va nima bilan yakunlangandi?
Putin amalda davom ettirishni taklif qilgan Istanbuldagi muzokaralar 2022 yil mart oyi oxirida, Rossiya Ukraina hududiga keng ko‘lamli bostirib kirishni boshlaganidan bir necha haftadan keyin bo‘lib o‘tgandi.

O‘shanda Rossiya Ukrainaning NATOga qo‘shilishdan bosh tortishini va Kiyevning yadrosiz va blokdan tashqari davlat maqomiga rozi bo‘lishini talab qilgan, Ukraina esa shartnomalarda qayd etilgan xavfsizlik kafolatlari sharti bilan bunga tayyor edi. Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim va Donbass masalasi ikki davlat prezidentlari darajasida alohida muhokama qilinishi ko‘zda tutilgandi. Kiyev o‘t ochish to‘liq to‘xtatilganidan keyingina shartnoma imzolanishi mumkinligini bildiradi.

Muzokaralar natijalari «Istanbul kommyunikesi»da qayd etildi, ammo uni rivojlantirish bo‘yicha aniq shartnomalar tuzilmadi. Iyun oyi o‘rtalarida Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov «hammasi tugagani»ni ma’lum qildi.

O‘shanda BBC manbasi muzokaralar muvaffaqiyatsizligining sababini shunday izohlagandi: «Muzokaralar, agar yetakchilar tinchlik haqida kelishib olsalar, imzolaydigan hujjatlar haqida edi. Endilikda tinchlik umuman imkonsiz ekani ayon bo‘ldi».

Bu vaqtga kelib, xususan, rossiyalik harbiy xizmatchilarning Ukrainaning Bucha shahridagi harbiy jinoyatlari faktlari allaqachon oshkor bo‘lgan, Rossiya esa Qora dengiz floti flagmani «Moskva» kreyseridan ayrilgan, bu esa Zelenskiyning muzokaralarni davom ettirishga tayyorligi haqidagi bayonotlariga qaramay, muzokaralarni murakkablashtirgan edi.

O‘sha yil kuzida Rossiya Ukrainaning to‘rtta oblastini anneksiya qilganidan so‘ng, Zelenskiy Putin bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar olib borishni amalda taqiqlovchi farmonni imzolaydi.

Endi, Putinning yordamchisi Yuriy Ushakov muzokaralar «2022 yilda to‘xtatilgan joyidan, tabiiyki, haqiqiy vaziyatni hisobga olgan holda» qayta boshlanishi kerakligini aytdi.

2025 yil bahoriga kelib Istanbul kommyunikesi yangi muzokaralar uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lishi mumkinligi haqida yana gapira boshlashdi. Xususan, Donald Trampning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili, shuningdek, Ukraina bo‘yicha muzokaralarni tashkil etish jarayonida ishtirok etayotgan Stiv Uitkoff Istanbuldagi muzokaralarni «aniq va mazmunli» deb atadi va ular «tinchlik bitimi tuzish uchun mo‘ljal» bo‘lib xizmat qilishi mumkinligini aytdi. Biroq, Trampning Ukraina bo‘yicha maxsus vakili Kit Kellog uning fikriga qo‘shilmadi va endi tomonlar «mutlaqo yangi narsani ishlab chiqishlari kerakligi»ni bildirdi.

Foto: Sergei Karpukhin/TASS

O‘xshash yangiliklar

Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
Tramp Grenlandiya, Kanada va Venesuela haqida hazil qildi
AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp Kanada, Grenlandiya va Venesuela kelajakda AQSh tarkibiga qo‘shilishi mumkinligi haqida hazilomuz fikr bildirgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda *The
Dunyo Bugun, 15:05
Estoniya: Yevropa urushdan keyin xavfsizlikni kuchaytirishi shart
Estoniya: Yevropa urushdan keyin xavfsizlikni kuchaytirishi shart
Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna Ukrainadagi urush tugagach, xavfsizlik masalalari yanada dolzarb bo‘lishini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Vazir The Telegraph nashriga bergan
Dunyo Bugun, 14:43
Jeffri Saks: Urushni muzokaralar bilan to‘xtatish mumkin edi
Jeffri Saks: Urushni muzokaralar bilan to‘xtatish mumkin edi
Amerikalik taniqli iqtisodchi Jeffri Saks Ukraina atrofidagi vaziyat va G‘arb davlatlarining siyosatini keskin tanqid qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U britaniyalik siyosatchi Jorj
Dunyo Bugun, 14:24
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
Kaliforniyada tuman sabab 59 ta mashina to‘qnashdi
AQShning Kaliforniya shtatida 99-shosse yo‘lida quyuq tuman tufayli yirik yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu voqea 31-yanvar kuni ertalab, soat 08:15 atrofida
Dunyo Bugun, 13:56
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Bitkoin narxi 75 ming dollardan pastga tushdi
Kripto bozoridagi so‘nggi o‘zgarishlar yana e’tiborni tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Binans birjasida bitkoin narxi 75 ming dollar chegarasidan pastga tushib, 74 859,9 dollarga yetdi. Bu
Dunyo Bugun, 12:17
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
“Gelikoid” qamoqxonasidan siyosiy mahbuslar ozod qilindi
Venesuelada sharoitlari og‘irligi va qiynoqlar qo‘llanilishi bilan tanilgan “Gelikoid” qamoqxonasidan kamida to‘qqiz nafar mahbus ozod etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular orasida huquq
Dunyo Bugun, 11:55