Bugun
O‘zbekistonlik futbolchilar xorijda: gollar va natijalar
+15°
пасмурно ветер 0.7 м/с, СЗ

Ukraina yerosti boyliklari boʻyicha AQSh bilan kelishuvga rozi boʻldi

Dunyo
115

Ukraina erosti boyliklari boʻyicha AQSh bilan kelishuvga rozi boʻldi
Foto: BBC
AQSh eng qat'iy talablaridan voz kechganidan soʻng, Ukraina u bilan foydali qazilmalari boʻyicha shartnoma tafsilotlarini kelishib oldi. Bu haqda Financial Times'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Ma'lumotlarga koʻra, AQSh Ukraina resurslaridan olinishi mumkin boʻlgan 500 milliard dollarlik daromaddan voz kechgan. Biroq, kelishuvda Kiyev shartnomaga rozilik berish evaziga talab qilgan AQSh xavfsizlik kafolatlari haqida gap ketmagan.

Kiyev endi oʻz mineral resurslarini, jumladan, neft va gazni birgalikda qazib olish boʻyicha kelishuvni imzolashga tayyor, deyiladi xabarda.
Financial Times tanishib chiqqan 2025 yil 24 fevraldagi hujjatga koʻra, kelishuvda quyidagilar aks etgan:

  • Ukrainaga tegishli foydali qazilmalar, jumladan neft, gaz va ularni qazib olish bilan bogʻliq infratuzilmani kelajakda monetizatsiya qilishdan olingan daromadlarning 50 foizini oʻtkazadigan jamgʻarma tashkil etish;
  • Ushbu jamgʻarma mablagʻlari Ukrainaning oʻzidagi investitsiya loyihalariga yoʻnaltiriladi;
  • AQShning jamgʻarmadagi ulushi qancha boʻlishi va resurslarga “birgalikda egalik qilish” shartlari hali noaniq.


Kelishuvga allaqachon Ukraina hukumati byudjetini toʻldirayotgan mineral resurslar kirmaydi, ya'ni u Ukrainadagi eng yirik gaz va neft ishlab chiqaruvchilari boʻlgan “Naftogaz” yoki “Ukrnaft”ning joriy faoliyatini qamrab olmaydi.

Ukraina rasmiylarining aytishicha, kelishuv adliya, iqtisodiyot va tashqi ishlar vazirlari tomonidan ma'qullangan. Shuningdek, prezident Vladimir Zelenskiy yaqin haftalarda Tramp bilan hujjat imzolash marosimi uchun Oq uyga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Avvalgi kelishuv shartlari

Dastlabki hujjatda AQSh “100 foizlik moliyaviy manfaatini saqlab qoladigan” rekonstruktsiya investitsiya fondini tashkil etish rejalashtirilgan edi. Tramp ma'muriyati taklif qilgan rejaga koʻra, Ukraina foydali qazilmalar, jumladan neft va gaz qazib olishdan hamda ular bilan bogʻliq infratuzilmadan olinadigan daromadning 50 foizini, eng koʻpi bilan 500 milliard dollar miqdorida fondga kiritishi kerak edi. Kiyevda bu shartlar qabul qilib boʻlmaydigan deb baholandi va ular bitimning yakuniy loyihasidan chiqarib tashlandi.

Jamgʻarmaning Ukrainaga sarmoya kiritish boʻyicha mandati Kiyev intilayotgan yana bir oʻzgarishdir. Yakuniy hujjatda AQSh kelajakda Ukrainaning iqtisodiy rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashi aytilgan.

Ukraina rasmiylarining qoʻshimcha qilishicha, kelishuv shunchaki “doiraviy kelishuv” boʻlgan va jamgʻarma tashkil etilmaguncha hech qanday daromad qoʻldan qoʻlga oʻtmaydi. Bu ehtimoliy kelishmovchiliklarni hal qilish uchun vaqt beradi. Hal qilinmagan masalalar orasida bitim yurisdiktsiyasini muvofiqlashtirish masalasi ham bor.

O‘xshash yangiliklar

Shvetsiya yevroga o‘tishni yana muhokama qilmoqda
Shvetsiya yevroga o‘tishni yana muhokama qilmoqda
Shvetsiyada milliy valyuta – kronadan voz kechib, yevroga o‘tish masalasi yana muhokama qilinmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu mavzu parlament darajasida ham jiddiy tus olgan. Liberallar
Dunyo Bugun, 11:35
Isroil armiyasida 264 nafar o‘zbekistonlik xizmat qilgan
Isroil armiyasida 264 nafar o‘zbekistonlik xizmat qilgan
Isroilning G‘azo sektorida olib borgan harbiy amaliyotlari atrofida munozaralar kuchaymoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. «Al-Jazira» nashrining tahliliy maqolasida Isroil armiyasi safida turli
Dunyo Kecha, 20:33
Rossiyada tomlardan qor tushishi 9 kishini hayotdan olib ketdi
Rossiyada tomlardan qor tushishi 9 kishini hayotdan olib ketdi
Rossiyada bir hafta davomida tomlardan qor va muz tushishi natijasida 9 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati TASS
Dunyo Kecha, 19:15
Japarov: Tashiyev davlat xizmatiga qaytmaydi
Japarov: Tashiyev davlat xizmatiga qaytmaydi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining sobiq rahbari Qamchibek Tashiyev davlat xizmatiga qaytmasligini qat’iy ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Dunyo Kecha, 18:58
Hillari Klinton Trampning Ukraina siyosatini tanqid qildi
Hillari Klinton Trampning Ukraina siyosatini tanqid qildi
Myunxen xavfsizlik konferensiyasida AQShning Ukrainaga nisbatan siyosati yana muhokamalarga sabab bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Demokratik partiyadan sobiq prezidentlik nomzodi Hillari
Dunyo Kecha, 18:33
Tailandda yovvoyi fillar uchun vaksina qo‘llash boshlandi
Tailandda yovvoyi fillar uchun vaksina qo‘llash boshlandi
Tailandda yovvoyi fillar va aholi o‘rtasida yuzaga kelayotgan xavfli vaziyatlarni kamaytirish maqsadida fillar uchun maxsus nazorat vaksinalarini qo‘llash boshlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Dunyo Kecha, 17:14