Bugun
AQSH Eron futbol delegatsiyasiga viza bermadi
+24°
ясно ветер 4.1 м/с, З

Keksalar uzoq umr ko‘rishi uchun eng samarali vosita aniqlandi

Foydali
92
Keksalar uzoq umr ko‘rishi uchun eng samarali vosita aniqlandi
Yaponiyadagi Tsukuba universiteti olimlari velosipedda muntazam ravishda sayr qilish keksa insonlarning sog‘lig‘iga ijobiy ta’sir qilib, ularning uzoq umr ko‘rish ehtimolini oshirishini aniqladi. Tadqiqot natijalari Transportation Research Part F: Traffic Psychology and Behaviour ilmiy jurnalining sahifalarida chop etildi.

Tadqiqotchilar 10 yil davomida yapon keksalarining sog‘lig‘i va ularning hayot tarzi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqdi. Aniqlanishicha, kuzatuv boshlangan vaqtda velosipedda ko‘proq sayr qilgan keksalar keyingi yillarda jiddiy kasalliklarga kamroq chalingan va uzoq muddatli tibbiy parvarishga kamroq ehtiyoj sezgan. Muhimi, bu holat nafaqat uzoq yillar velosiped minib kelganlar, balki keyinchalik velosipedda sayr qilishni boshlaganlarda ham kuzatilgan.

Tadqiqotda eng yaxshi natijalarni transport vositalari haydash huquqiga ega bo‘lmagan keksa kishilar ko‘rsatgan. Olimlarning fikricha, bu insonlar uchun velosiped minish hayot tarzi va kundalik faoliyatning muhim qismiga aylangan. Ayniqsa, ular uchun velosiped sayrining ahamiyati juda katta bo‘lgani aniqlangan.

Shuningdek, mutaxassislar velosiped sayrining foydasi faqat jismoniy mashq bilan cheklanmasligini ta’kidlamoqda. Velosipedda muntazam ravishda sayr qilish keksalarning ruhiy holati, kayfiyati va mustaqil hayot tarzini saqlashlariga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli olimlar keksa insonlar uchun velosipedda yurishni yanada xavfsiz va qulay qilish maqsadida zarur infratuzilmani yaratish va ijtimoiy loyihalarni amalga oshirishga chaqiradi. Bu orqali nafaqat keksalarning hayot sifati yaxshilanadi, balki ularning uzoq umr ko‘rishiga ham yordam beradi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar

“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi Abduqodir Husanov haqida hali hech qayerda chop etilmagan maqola e’lon qildi
“Manchester Siti” klubi o‘z ijtimoiy sahifasida, jamoa muxlislarining qalbini tezda zabt etgan yosh futbolchi Abduqodir Husanov haqida ilgari hech qayerda chop etilmagan ma’lumotlar, oilaviy
Sport 22:33, 14-03-2025
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Habi Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klubmi yoki murabbiy?
Klub yangi murabbiy uchun kerakli futbolchilarni olib beradimi? Murabbiy Leverkuzenda ish bergan uslublarini Madridda qo‘llashda davom etadimi? Madridning «Real» klubi Habi Alonso bilan kelishuvni
Sport 12:40, 2-06-2025
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Nega Tramp Ukraina va Grenlandiya hududiga ko‘z olaytiryapti?
Tramp hukumati Ukrainani nodir metallar bo‘yicha shartnoma imzolashga undayapti. Bu Xitoy bilan texnologik gegomonlik paygasida muvozanatni tiklash uchun radikal urunishlardan biridir. Reja
Dunyo 01:49, 27-03-2025
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Mixaylo Podolyak: «Aslida, normal va qulay muzokara jarayoni ketmoqda»
Hennadii Minchenko / Ukrinform / Future Publishing / Getty Images AQSH prezidenti Donald Tramp 2025 yil 20 yanvarda bo‘lib o‘tgan inauguratsiyasidan so‘ng, darhol Putin bilan uchrashish niyati
Dunyo 12:33, 28-02-2025
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
Shavkat Mirziyoyev xotin-qizlarni 8 mart bilan tabrikladi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali marosimda so‘zlagan nutqida mamlakat xotin-qizlarini tabrikladi. Davlat rahbari
Jamiyat 17:56, 7-03-2025