Bugun
Luis Alberto Latsionning boshqaruvini tanqid qildi
+20°
дымка ветер 4.1 м/с, СВ

Foydali maqolalar

Foydali maslahatlar va turli hayotiy tavsiyalar bilan ushbu bo‘lim sizni qiziqarli va amaliy ma’lumotlar bilan boyitadi. Ushbu bo‘limda siz sog‘liq, ta’lim, ishbilarmonlik, texnologiyalar va boshqa ko‘plab mavzularda foydali tavsiyalar olishingiz mumkin. Hayotingizni yaxshilash uchun kerakli ma’lumotlarni har kuni kuzatib boring.

Yostiq yordamida inson organizmidagi oʻzgarishlarni aniqlash
Yostiq yordamida inson organizmidagi oʻzgarishlarni aniqlash
Foto: The Voice Ba'zida oddiy belgilar orqali ham tana qandaydir yordamga muhtoj ekanini taxmin qilish mumkin. Masalan, yurishdagi kichik noqulayliklar, terining koʻrinishi, soch rangida oʻzgarishlar yuz berganda, albatta, shifokorga murojaat qilish kerakligi koʻpchilikka ma'lum. Inson umrining uchdan bir qismi uyquda oʻtadi. Shuning uchun ham yopinchiq va yostiq yordamida bir qancha muammolarni oldindan bilib olish mumkin, deb yozadi Daryo nashri. Yostiqdagi dogʻlar Vaqti-vaqti bilan har bir kishi ertalab uygʻonganida yostigʻida soʻlak dogʻlarini koʻrishi mumkin. Tunda soʻlak oqishi mushaklar boʻshashganida roʻy beradigan normal holat hisoblanadi. Agar u tez-tez kuzatilayotgan boʻlsa, demak, bu yaxshi emas. Bunday vaqtda shifokor bilan maslahatlashishni ortga surmaslik kerak. Bu nevrologik, yuqumli va autoimmun kasallikning dastlabki belgisi boʻlishi ham mumkin. Nam yostiq Ertalab uygʻonganda yostiq namligi sezilarli darajada boʻlsa, ayol kishida menopauza davri boshlanayotganidan darak beradi. Uning eng keng tarqalgan alomatlaridan biri — bu tunda qizib ketishdir. Ayol gormonlari — estrogen darajasining pasayib ketishi tufayli organizmning termoregulyatsiyasi oʻzgaradi, tana yangi sharoitga moslashishga harakat qiladi. Issiqlik toʻlqinlari esa kecha-yu kunduz insonni tinchlantirmaydi. Buning davomiyligi hammada turlicha boʻlib, haftada bir yoki ikki marta bezovta qilishi mumkin. Mazkur holat muntazam kuzatilsa, ginekolog-endokrinolog bilan bogʻlanish zarur. Yostiqdagi sochlar Odatda inson kuniga saksonga yaqin soch tolasini yoʻqotadi. Bu miqdor mavsum va umumiy holatga qarab oʻzgarishi mumkin. Soch toʻkilishining keskin koʻpayishi ogʻir stressga, parhezning oʻzgarishiga, tanadagi gormonal oʻzgarishlarga javob boʻlishi mumkin. Ammo yostiqda tobora soch tolalari ortayotgan boʻlsa, albatta, qalqonsimon bezni tekshiruvdan oʻtkazish kerak. Chunki gipotireoz holatida qalqonsimon bez juda oz miqdorda oʻziga xos gormonlarni ishlab chiqaradi, natijada kechalari soch toʻkilish holati faollashadi. Yostiq balandligi me'yorda boʻlmasa Aniqrogʻi, juda baland. Yostigʻini baland qilib uxlaydiganlar endokrinologga murojaat qilishlari mumkin. Gastroezofagial reflyuks kasalligi rivojlanganda oshqozon kislotasi qiziloʻngachga koʻtarilib, shilliq qavatni bezovta qiladi. Natijada jigʻildon qaynashi kuzatiladi, yostiqni balandroq qilish va yarim oʻtirgan holatda qulaylikka erishishga harakat boshlanadi. Agar baland yostiqda uxlaydiganlar boʻlsa, oshqozon-ichak traktini tekshirtirishi lozim.
Foydali 07:27, 22-02-2025
Insonlar oʻrtasida munosabatlarning qanday turlari bor? Ajoyib ma'lumot!
Insonlar oʻrtasida munosabatlarning qanday turlari bor? Ajoyib ma'lumot!
Doʻstlik, qarindoshlik va ish munosabatlaridan tashqari, hayotimizda muhabbat munosabatlari ham mavjud. Men shaxsan ushbu mavzuni uzoq vaqt oʻrganib, oʻz ikkinchi yarmimni topish va haqiqiy muhabbatni his qilish yoʻlida koʻplab tajribalar orttirdim. Bu jarayonda men turli xil ayollar va munosabatlar turlariga duch keldim. Koʻp marotaba mulohaza qilib, juda muhim ma'lumotlarga ega boʻldim va shu bilimlar bilan siz bilan qisqacha boʻlishmoqchiman. 1. BEGONA RUHLAR Bunday insonlar bilan birga boʻlganingizda dissonans va noqulaylikni his qilasiz. Ular bilan muloqot qilish ham, jismoniy yaqinlashish ham sizda yoqimsiz hislar uygʻotadi. 2. QARINDOSh RUHLAR Bunday insonlar bilan birinchi kundanoq totli va ishonchli munosabatlar paydo boʻladi. Ular bilan gaplashish oson, goʻyoki koʻp yillik doʻstingizdek. Bunday juftliklar oʻrtasida hech qanday egoizm va mulkchilik hissi boʻlmaydi. 3. ENERGIYaVIY YaRIM JUFTLAR Bu eng yuksak darajadagi munosabatlar boʻlib, afsona va dostonlarda madh etilgan. Cheksiz va shartsiz muhabbat, bir necha hayot davomida saqlanadigan hislar. Ajablanarlisi, bunday juftliklar har bir hayotda uchrab turmaydi. 4. ENERGIYaVIY IKKILANMA JUFTLAR Bu ham qarindosh ruhlar turlaridan biri. Bunday insonlar oʻz xarakterlari, odatlari va hatto nutq uslublari bilan bir-biriga oʻxshab ketadi. Ammo ular bir-birlarini ongsiz ravishda takrorlaydi. Bunday juftliklarda rivojlanishga katta imkoniyat boʻlsa-da, birgalikda yashash qiyin boʻladi. 5. ANTIPODLAR Bu toʻliq qarshi qutblar. Ular oʻrtasida hech qanday oʻxshashlik yoʻq, lekin juda kuchli magnetik va jismoniy jalb etish holati yuzaga keladi. Ular birga boʻlishsa ham, doimo tushunmovchiliklar, qarama-qarshiliklar uchrab turadi. Bunday munosabatlar koʻpincha ogʻriqli yoki fojeali muhabbat bilan yakun topadi. 6. PARALLEL VUJUDLAR Bu kabi insonlar bilan muloqot qilish hayotingizni yaxshilashi mumkin. Ular birgalikda ish koʻrish yoki doʻstona muloqot uchun foydali boʻladi, lekin chuqur munosabatlar rivojlanmaydi. 7. NOTURGʻUN RUHLAR Bunday insonlar sizda kuchli hislar uygʻotmaydi. Ular bilan munosabatlar "neytral" tusda boʻladi. Qizigʻi, bunday juftliklar uzoq muddatli va barqaror munosabatlarni saqlab qolishlari mumkin. Aslida, insonlar oʻrtasidagi munosabatlar ancha murakkab va ularning aralashmasi ham mavjud. Lekin bu asosiy toifalarni bilgan holda, siz oʻz munosabatlaringizni toʻgʻri tahlil qilishingiz mumkin.
Foydali 11:13, 21-02-2025
Qaysi turdagi qahva foydaliroq?
Qaysi turdagi qahva foydaliroq?
Qahva tayyorlashning turli usullari mavjud bo‘lib, har biri ta’m va foydali xususiyatlariga ta’sir qiladi. sb.by portaliga bergan intervyusida ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Svetlana Sinichenko har xil usullarning ijobiy va salbiy tomonlari haqida gapirdi. Kofe mashinasi Zamonaviy kofe mashinalari suv harorati, bosim va boshqa parametrlarni boshqarish imkonini beradi, bu esa barqaror natijani ta’minlaydi. Mashina yordamida qahva tez va oson tayyorlanadi. Biroq, agar qurilma buzilsa, muqobil variant izlashga to‘g‘ri keladi. Kofevarka Bu usulning afzalligi – turli modellar mavjudligi: tomchilab tayyorlovchi, geyzerli, frantsuz pressi va boshqalar. Ko‘plab modellarda taymer va avtomatik o‘chirish funksiyasi mavjud. Lekin sifatli kofevarkalar qimmat turadi va tozalashga vaqt talab etadi. Ba’zi modellarda esa faqat ma’lum miqdorda qahva tayyorlash mumkin, bu bir piyola qahva uchun noqulay bo‘lishi mumkin. Turka (Jezve) An’anaviy usul bo‘lib, ko‘pchilik uni uy sharoitida tayyorlangan qahva bilan bog‘laydi. Ushbu usul qahvani tayyorlash jarayonini kuzatish va ta’mni o‘zgartirish imkonini beradi. Biroq, agar e’tiborsizlik qilinsa, qahva qaynab ketishi va ta’mi buzilishi mumkin. Bu usul boshqa variantlarga qaraganda ko‘proq vaqt va diqqat talab qiladi. Chashka (to‘g‘ridan-to‘g‘ri usul) Eng oddiy usul – shunchaki maydalangan qahvaga qaynoq suv quyish. Lekin suv haroratini va damlash vaqtini aniq nazorat qilish qiyin, bu esa qahvaning sifatiga ta’sir qilishi mumkin. Foydalilik jihatdan qaysi biri yaxshiroq? Nutrisionistning ta’kidlashicha, qanday usulda tayyorlangan bo‘lsa ham, qahva tarkibida hujayralarni himoya qiluvchi antioksidantlar mavjud. Kofein miqdori don turi va tayyorlash usuliga bog‘liq. Masalan, espresso tarkibida filtr qahvaga qaraganda kamroq kofein bo‘lishi mumkin. Qora qahva kaloriyasiz ichimlik bo‘lsa-da, unga qo‘shiladigan shakar, sut yoki qaymoq uning energiya qiymatini sezilarli darajada oshiradi. Xulosa: Qahva tayyorlash usulini tanlashda shaxsiy did, qulaylik va natija kutilmalariga e’tibor berish muhim.
Foydali 23:52, 20-02-2025
Sarviqomat boʻlishning siz bilmagan 5 ta siri (diyetologlar buni aytmaydi)
Sarviqomat boʻlishning siz bilmagan 5 ta siri (diyetologlar buni aytmaydi)
Sogʻlom ovqatlanish va toʻgʻri parhez tutish asoslarini oʻrganuvchi diyetologiya ortiqcha vazn bilan kurashishning koʻplab usullari haqida ma'lumot beradi. Tavsiyalar orasida faol turmush tarzi, kundalik jismoniy mashgʻulotlar, tonggi badantarbiya, maxsus parhezlar etakchilik qiladi. Ular orasida bir-biriga qarama-qarshi boʻlgan fikrlarni ham uchratib turamiz. Ammo koʻplab mutaxassislar ba'zi tavsiyalarni sir tutishni afzal koʻradi, deb yozmoqda Daryo nashri. Foto: The Day Quyida sogʻlom ovqatlanish asoslarini yaxshiroq tushunishga yordam beradigan beshta asosiy omil va diyetologlar yashiradigan sirlarni koʻrib chiqamiz. Diyetologiya va nutritsiologiya: ularning farqi nima? Ushbu sohalarning bir-biriga oʻxshash boʻlishiga qaramay, diyetologlar va nutritsiologlar oʻrtasida ma'lum farqlar mavjud. Diyetologiya Bu soha koʻproq kasalliklarning oldini olish va davolashda ovqatlanishning ahamiyatiga qaratilgan. Diyetologlar odatda tibbiy bilimga ega boʻladi va ular quyidagi vazifalarni bajarishadi: Kasalliklar (qandli diabet, yurak kasalliklari, semizlik va boshqalar) boʻyicha maxsus parhez rejalar tuzishadi. Xastalikdan keyin organizmni tiklashga koʻmaklashadi. Shifokorlar bilan hamkorlikda bemorlar uchun terapevtik ovqatlanish dasturlarini ishlab chiqishadi. Diyetolog — bu koʻpincha tibbiy ma'lumotga ega mutaxassis. Foto: The Day Nutritsiologiya Nutritsiologiya esa kengroq tushuncha boʻlib, organizmga ozuqa moddalari ta'sirini oʻrganadi va sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan. Nutritsiologlar quyidagilarga urgʻu berishadi: Profilaktika, ya'ni kasalliklarning oldini olish uchun sogʻlom ovqatlanishni targʻib qilish. Vitaminlar, minerallar va qoʻshimcha biofaollar (BADlar) haqida tavsiyalar berish. Toʻgʻri ovqatlanish odatlarini shakllantirish, metabolizmni yaxshilash. Nutritsiolog — bu koʻpincha tibbiy emas, balki biologiya, ovqatlanish yoki sogʻlom turmush tarzi boʻyicha mutaxassisdir. 1. Individual parhez — eng muhim omil Individual parhezning muhimligi bugungi kunda juda dolzarb mavzu. Chunki har bir insonning organizmi, sogʻligʻi, turmush tarzi va oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyoji har xil. Shu sababli umumiy tavsiyalarga koʻr-koʻrona amal qilish ba'zan kutilgan natijani bermaydi yoki sogʻlik uchun zararli ham boʻladi. Parhezshunoslar buni yaxshi bilishadi, lekin koʻpincha standart tavsiyalar va ovqatlanish protokollarini taklif qilishadi. Ba'zi hollarda ular oʻz mijozining xususiyatlarini hisobga olmaydilar va uning kasalliklari va genetik omillarini etarlicha chuqur tekshirmaydi. Natijada ozish uchun berilgan tavsiyalar bemorga kor qilmaydi. 2. Psixologik tayyorgarlik va ruhiyat holati hamma narsadan ustun Insonning psixo-emotsional holati va uning ovqatlanish cheklovlariga boʻlgan ichki munosabati ham hisobga olinishi kerak. Odatda bu masala ustida psixologlar ishlaydi, chunki insonlarning sabr qilish, biror odatga amal qilish va maqsadga etishga urinish xislatlari tubdan farq qiladi. Bunday holda, ozishga qaror qilgan shaxsning psixologik barqarorligi har qanday yangi oʻzgarishlarning asosi ekanligi haqida uni ogohlantirish kerak. Foto: The Day 3. Ozish — uzoq davom etadigan jarayon Parhezshunoslar oʻz mijozlariga koʻrinarli natijalarga tezda erishish murakkab ekanligini aytmasligi mumkin. Shu bilan birga, vazndagi oʻzgarishlar, va tananing yangi rejimga moslashishi uchun uzoq vaqt talab qilinishini bemorga tushuntirish muhim. 4. Jismoniy faollik boʻlmasa, hech qanday parhez samarali natijalarga olib kelmaydi Jismoniy faollik va toʻgʻri ovqatlanish — sogʻlom hayot tarzi va ideal vaznga erishishning ajralmas ikki qismi. Koʻpincha odamlar faqat parhezga suyanib, qisqa muddatda ozish mumkin deb oʻylashadi. Lekin jismoniy faollik boʻlmasa, bu natijalar barqaror boʻlmaydi yoki umuman kutilgan samaraga erishilmaydi. 5. Suvsizlanish metabolizmni sekinlashtiradi Inson organizmida moddalar almashinuvi jarayonlari toʻgʻri kechishi uchun etarli miqdorda suv zarur. Agar organizm suvsizlansa, metabolizm jarayoni sekinlashadi. Chunki suv moddalar almashinuvi va yogʻlarning parchalanishi uchun asosiy vositalardan biri hisoblanadi. Suv etishmaganda organizm energiyani tejash rejimiga oʻtadi va kaloriya yoqish jarayoni sustlashadi. Bu esa vazn tashlashni qiyinlashtiradi va ortiqcha yogʻ toʻplanishiga sabab boʻladi. Shuning uchun ozish yoki sogʻlom hayot tarziga rioya qilishda kun davomida etarli miqdorda suv ichish muhimdir. Mutaxassislar odatda kuniga kamida 1,5-2 litr suv iste'mol qilishni tavsiya etishadi.
Foydali 18:05, 20-02-2025
Tibbiyot tarixida yangi sahifa: Milliy tibbiyot markazida bir vaqtda 3 ta jigar transplantatsiyasi!
Tibbiyot tarixida yangi sahifa: Milliy tibbiyot markazida bir vaqtda 3 ta jigar transplantatsiyasi!
Ayni damda Milliy tibbiyot markazida misli koʻrilmagan tibbiy amaliyot oʻtkazilmoqda. Hindistonning Shinon kompaniyasi shifokorlari va Markaz transplantologlari hamkorligida bir vaqtning oʻzida 3 ta jigar transplantatsiyasi muvaffaqiyatli davom etmoqda. Bu markaz tarixida ilk bor sodir boʻlayotgan yirik jarrohlik amaliyoti boʻlib, 3 nafar donor va 3 nafar bemor bilan parallel ravishda operatsiya olib borilmoqda. Ushbu tarixiy qadam Oʻzbekistonda transplantologiya sohasining yangi bosqichga koʻtarilganidan dalolatdir. Bu faqat boshlanishi. Tez orada operatsiyaning natijalari va tafsilotlarini taqdim etamiz. Bizni kuzatishda davom eting.
Foydali 13:08, 20-02-2025
Ortiqcha vaznli odamlarda shirinlik eyishga moyillik nega koʻproq?
Ortiqcha vaznli odamlarda shirinlik eyishga moyillik nega koʻproq?
Stoun Bruk universiteti olimlari nima uchun ba'zi odamlar shirinliksiz tura olmasligi va shakar ta'mini boshqalarga qaraganda kamroq his qilishini aniqladi, deb yozmoqda Daryo. Foto: Dzen Tadqiqot natijalariga koʻra, bunga neyrosteroidlar sababchidir. Neyrosteroidlar — bu markaziy asab tizimiga bevosita ta'sir qiluvchi va nerv hujayralarining funktsiyalarini boshqarishda qatnashuvchi steroid moddalar guruhidir. Ular stress darajasini va kayfiyatni tartibga soluvchi hisoblanadi. Tanadagi bunday birikmalarning oshib ketishi shirin ta'mga nisbatan sezgirlikni kamaytirishi mumkin. Natijada insonlar oʻzlari sezmagan holda me'yoridna ortiq shirin mahsulotlar iste'mol qilishi mumkin. Mazkur tadqiqot laboratoriyada sichqonlar ustida oʻtkazildi, chunki ularning ta'm retseptorlari insonlarnikiga oʻxshashdir. Olimlar allopregnanolon neyrosteroidini ustida koʻproq ilmiy izlanish olib bordi, chunki aynan ushbu moddaning organizmdagi darajasi ortiqcha vaznli shaxslarda koʻproq kuzatiladi. Natijada olimlar tomonidan allopregnanolon miyadagi signallarni uzatish uchun mas'ul boʻlgan GABA retseptorlari (gamma-aminomoy kislotasi)ga ta'sir qilishi aniqlandi. GABA — asab tizimidagi asosiy tormozlovchi neyromediator hisoblanadi. Foto: Dzen Hayvonlarga allopregnanolonni ineksiya yordamida kiritish orqali ularning shirin ta'mni farqlash qobiliyati pasayishi kuzatildi. Ya'ni, GABA retseptorlarining ta'sirini blokirovka qilinganda, sichqonlar shirin va oddiy suv oʻrtasidagi farqni his qilishni toʻxtatgan. Olingan ma'lumotlar shuni koʻrsatadiki, ta'm sezuvchanligining pasayishi GABA retseptorlari faoliyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Agar tanadagi neyrosteroidlar darajasi oshsa, ta'm bilish hissi zaiflashadi, bu esa taomdan zavqlanishning etishmasligini qoplash uchun odamlarning koʻproq shakar iste'mol qilishiga olib keladi. Vaqt oʻtishi bilan bu ovqatlanish tartibining buzilishiga va vazn ortishiga olib keladi. Bundan tashqari, ta'm sezuvchanligiga nafaqat neyrosteroidlar, balki spirtli ichimliklar va ba'zi tinchlantiruvchi preparatlarni uzoq muddat davomida qabul qilish ham ta'sir qiladi. Ular GABA retseptorlari faolligini pasaytiradi va ta'm signallarini idrok etish qobiliyati buziladi. Ushbu tadqiqot nima uchun ortiqcha vaznli odamlarning shirinliklarga boʻlgan ishtiyoqi baland ekanligini tushuntirib beradi. Shuningdek, bu ma'lumot semizlikka qarshi kurashning yangi usullarini ishlab chiqish uchun asos boʻla oladi.
Foydali 10:42, 15-02-2025
Baxtli yashashni 7 ta siri
Baxtli yashashni 7 ta siri
Baxtli yashash - bu har bir insonning orzusi. Biroq, ba'zi odamlar buni osonlik bilan amalga oshirsa, boshqalarga esa bu juda qiyin bo'lishi mumkin. Quyida baxtli yashash uchun 10 ta muhim sirni keltirib o'tamiz. 1. O'z-o'zini sevish O'zligingizni qabul qilish va o'zingizni sevish juda muhimdir. O'z-o'zini sevish sizga o'z qadringizni anglashga yordam beradi va hayotingizda ijobiy o'zgarishlarga olib keladi. 2. Oila va do'stlar Yaqinlaringiz bilan vaqt o'tkazish va ularni qadrlash sizning ruhiy salomatligingiz uchun juda muhimdir. Oila va do'stlar sizni qo'llab-quvvatlaydi va hayotingizni yanada mazmunli qiladi. 3. Salomatlik Sog'lom turmush tarzini yuritish, jismoniy faoliyat va to'g'ri ovqatlanish hayotingizni yaxshilaydi. Sog'ligingizni e'tiborsiz qoldirmang, chunki bu baxtli yashashning asosiy omillaridan biridir. 4. Ma'naviyat O'z maqsadlaringizni belgilash va ularga erishish uchun harakat qilish sizga hayotda yo'nalish beradi. Ma'naviyatni rivojlantirish sizni yanada kuchliroq qiladi. 5. Yangi narsalarni o'rganish Har doim yangi bilim va ko'nikmalarni o'zlashtirish, hayotingizni qiziqarli va mazmunli qiladi. Yangi narsalarni o'rganish sizni rivojlantiradi va yangi imkoniyatlarga yo'l ochadi. 6. Tabiat Tabiatda vaqt o'tkazish va uning go'zalligidan bahramand bo'lish sizni tinchlantiradi va ruhiy holatingizni yaxshilaydi. Tabiat bilan bog'lanish sizni hayotning qiyinchiliklaridan uzoqlashtiradi. 7. Stressni boshqarish Stressni kamaytirish usullarini o'rganish va amaliyotga tadbiq etish juda muhimdir.
Foydali 01:40, 15-02-2025
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotidan tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tuz iste'moli boʻyicha yangi tavsiyalar berdi. Yiliga 1,9 millionta oʻlim holati yuqori natriy iste'moli bilan bogʻliq deb yozadi Daryo nashri. Shunga qaramay, dunyo boʻylab kunlik oʻrtacha natriy iste'moli 4,3 grammni tashkil etmoqda. Bu JSSTning 2 grammlik tavsiyasidan 2 barobar yuqoridir. Maqsadga yaqinlashish uchun JSST endi odamlarga uy tuzini natriy miqdori kam boʻlgan muqobilga almashtirishni tavsiya qilmoqda. Natriy muhim mineral hisoblanadi, lekin boshqa barcha moddalar singari uni ham ortiqcha iste'mol qilib boʻlmaydi. Asosiy xavf yurak kasalliklari va qon bosimi bilan bogʻliq. Garvard jamoat salomatligi maktabiga koʻra, ortiqcha natriy, avvalo, buyraklarni haddan tashqari zoʻriqtiradi. Organizm natriyni suyultirish uchun koʻproq suv saqlab qoladi, bu esa qon hajmini va u bilan birga qon bosimini oshiradi. Yurak shuncha koʻp qonni haydash uchun kuchliroq ishlashga majbur boʻladi. Vaqt oʻtishi bilan bu qon tomirlariga shikast etkazadi va yurak xurujlari, insult hamda yurak yetishmovchiligiga sabab boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, peshob bilan kaltsiy yoʻqotilishi tufayli surunkali buyrak kasalligi va osteoporoz xavfi ham mavjud. Shuningdek, Butunjahon saraton tadqiqotlari jamgʻarmasi tuzlangan goʻsht kabi tuz miqdori yuqori boʻlgan mahsulotlarning oshqozon saratoni bilan bogʻliqligini aniqlagan. Aslida, natriy nafaqat tuzda, balki boshqa koʻplab mahsulotlarda ham mavjud, shu sababli uning iste'molini nazorat qilish juda qiyin. Yangi taklif shundan iboratki, odamlarga oddiy natriy xloridning bir qismi kaliy xlorid bilan almashtirilgan, kaliy bilan boyitilgan tuzni ishlatish tavsiya etilmoqda. Kaliy ham organizm uchun foydali mineral hisoblanadi, ammo koʻpchilik uni etarli miqdorda iste'mol qilmaydi. Bu giperkaliyemiyaga koʻproq moyil boʻlgan buyrak muammolari bor kishilarga toʻgʻri kelmasligi mumkin. JSST ilk bor tuz oʻrnini bosuvchilardan foydalanish boʻyicha global tavsiyalarni e'lon qildi. Shuningdek, tashkilot natriy iste'molini kamaytirish uchun bir nechta foydali maslahatlarni keltirib oʻtdi: oʻta ishlov berilgan oziq-ovqatlardan saqlanish; dasturxonlardan tuzdonlarni olib qoʻyish; ovqat tayyorlashda kamroq tuz ishlatib, koʻproq ziravor qoʻshish; kaliy bilan boyitilgan tuzga oʻtish; mahsulotlarda natriy miqdori kam koʻrsatilgan belgilarni izlash; yodlangan tuzdan foydalanish. 2024 yil JSST ekspertlari tuzni haddan tashqari koʻp iste'mol qilish gipertoniya va boshqa yurak-qon tomir kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishini aytgandi. Sharqiy Evropa va Markaziy Osiyoda 30 yoshdan 69 yoshgacha boʻlgan yurak-qon tomir kasalliklaridan oʻlish ehtimoli Gʻarbiy Evropaga qaraganda deyarli 5 baravar yuqori. Gipertoniya Evropa mintaqasida barcha oʻlimlarning deyarli toʻrtdan bir qismini va nogironlarning 13 foizini tashkil qiladi. Aksariyat yevropaliklar koʻp tuz iste'mol qiladi va 30-79 yoshdagi har uchinchi odam gipertoniyadan aziyat chekadi.
Foydali 17:51, 13-02-2025
Smartfon yaqinida uxlash organizm uchun qanchalik zararli?
Smartfon yaqinida uxlash organizm uchun qanchalik zararli?
Foto: iStock Mobil telefonlar bugungi kunda hayotimizning ajralmas qismiga aylangan. Biz ulardan muloqot, ishlash, ma'lumot izlash va boshqa koʻplab maqsadlarda foydalanamiz. Biroq smartfonga qaramlik kuchayib borayotgan bir vaqtda oʻrinli savol tugʻiladi: yostiq oldiga telefonni qoʻyib yotish zararlimi? Sevimli gadjetimiz doimiy qoʻlimizda va choʻntagimizda turishi sogʻliq uchun qanchalik xavfli? Quyida shu savollarga javob topamiz. 1. Radiochastota nurlanishi Mobil telefonlar signallarni uzatish uchun radiotoʻlqinlaridan foydalanadi. Smartfonlardan chiqadigan radiochastota (RF) nurlanishi odatda past quvvatli boʻlib, inson salomatligiga katta xavf tugʻdirmaydi. Biroq uzoq muddatli ishlatish yoki smartfondan notoʻgʻri foydalanish ayrim xavflarni yuzaga keltirishi mumkin. Kundalik hayotda uchraydigan radiatsiya darajasi xavfsiz boʻlishiga qaramay, mutaxassislar gadjetlarning tanaga yaqin joyda boʻlish vaqtini minimallashtirishni tavsiya qiladi. Bu qoida, ayniqsa, tungi uyqu vaqtida muhimdir. “Parvoz” (Rejim polyota) rejimidan foydalangan holda telefoningizni yotoqdan uzoqroq tutish maqsadga muvofiqdir. 2. Uyqu sifati Uyqu tananing tiklanishi uchun zarur boʻlgan muhim jarayondir. Ammo telefonga yaqin joyda uxlash organizm tiklanishi sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatishi mumkin. Birinchidan, mobil qurilmadagi koʻk ekran uyquni tartibga solish uchun mas'ul boʻlgan melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga xalaqit beradi. Shuningdek, uyqudan avval smartfondan foydalanish uyquga ketish vaqtini kechiktiradi. Ikkinchidan, telefoningizga kelayotgan SMS-xabarlar va turli signal tovushlari dam olishingizga xalaqit beradi. Smartfon vibratsiyasi va ovozlar odamni uygʻotib yuboradi, bu ham uyquning umumiy sifatiga salbiy ta'sir koʻrsatadi. 3. Psixologik omil Telefonni yotoq oldida qoʻyib uxlash gadjetlarga qaramlikni oshirishi mumkin. Smartfon yonida turganini koʻrgan odamlar oʻzi istamasa va kerak boʻlmasa ham behudaga ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishi kuzatiladi. Bu esa ruhiy salomatlik uchun zarardir. Smartfonga qaramlik stress va tashvish darajasining oshishiga olib kelishi fanda isbotlangan. Yangi axborotlarni koʻrish uchun telefonni doimiy tekshirish, hatto uxlayotganingizda ham ish yoki ijtimoiy majburiyatlar haqida oʻylash insonlarda yanada koʻp stress paydo boʻlishiga sabab boʻladi. 4. Gigiyena va salomatlik Smartfon — bu oʻzimiz bilan hamma joyda olib yuradigan va doimo mikroblar va bakteriyalar ta'siriga uchraydigan predmet. Tadqiqotlarga koʻra, gadjetlar yuzasida turli infektsiyalarni keltirib chiqaradigan millionlab mikroblar mavjud. 5. Alternativ echimlar Avvalo, kechasi keladigan xabarlar sizni chalgʻitmasligi uchun “Bezovta qilinmasin” rejimini uyqudan avval yoqib qoʻying. Ikkinchidan, ijtimoiy tarmoqlarni tekshirishga qoʻl bormasligi uchun telefonni uzoqroqqa, yoki umuman boshqa xonaga qoʻyib yoting. Smartfondagi uygʻotkich oʻrniga an'anaviy soatlardan foydalaning.
Foydali 07:13, 13-02-2025
Shirin yolgʻon: gazli ichimliklar va sharbatlar sogʻligʻingizga qanday zarar etkazadi?
Shirin yolgʻon: gazli ichimliklar va sharbatlar sogʻligʻingizga qanday zarar etkazadi?
Ulardan ortiqcha foydalanish tana vaznini oshirishi va metabolizmni buzishi mumkin. Qandli ichimliklar dunyo boʻylab har yili milliondan ortiq yurak xastaligiga sabab boʻladi. Sharbatlar va gazlangan ichimliklar sutkalik shakarga boʻlgan ehtiyojning yarmini oʻz ichiga oladi, dedi funktsional diagnostika shifokori Rashid Songurov Gazeta.ru nashriga. "JSST shakarni diyetaga kunlik iste'mol qilinadigan umumiy kaloriyalarning 10% dan kamrogʻi darajasida kiritishni tavsiya qiladi. Agar odam umumiy miqdorning 5% dan kamrogʻini (25 gramm yoki 6 qoshiq shakar) iste'mol qilsa, u holda ular sogʻlom diapazonda. Vaholanki, oddiy kunlik ehtiyojni bir stakan uzum yoki olma sharbati bilan bemalol qondirish mumkin, unda taxminan 6-8 qoshiq shakar bor”, — deya tushuntirdi mutaxassis. Shifokor, shuningdek, odamlar koʻpincha bir stakan sharbat bilan toʻxtab qolmasdan, keyin meva, shirinliklar va shakarni oʻz ichiga olgan boshqa mahsulotlarni iste'mol qilishlarini ta'kidladi. Shunday qilib, ular ruxsat etilgan me'yordan sezilarli darajada oshadi. Bundan xulosa qilishimiz mumkinki, kuniga bitta shirin ichimlik ham diyetada nomutanosiblikka olib kelishi mumkin. Qandli ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilish kilogramm ortishi va metabolik kasalliklarga olib keladi. Ikkinchisi diabet va yurak-qon tomir kasalliklarini rivojlanish ehtimolini oshiradi. Sharbat va gazlangan ichimliklarni ortiqcha iste'mol qilish bir vaqtning oʻzida bir nechta yurak kasalliklarining rivojlanishiga olib kelishi mumkin. "Haddan tashqari shakar triglitseridlar darajasining oshishiga va "yaxshi" xolesterin (HDL) darajasining pasayishiga yordam beradi. Bu ateroskleroz rivojlanish xavfini oshiradi, bunda tomirlar devorlari qalinlashadi va elastiklikni yoʻqotadi, bu kasallikning rivojlanishi keyinchalik yurak xuruji (infarkt) yoki qon tomir yorilishi (insult)ga olib kelishi mumkin; Bundan tashqari, shakarli ichimliklarni muntazam iste'mol qilish vistseral yogʻning koʻpayishiga olib keladi (ichki organlar atrofidagi choʻkmalar). Va bu, oʻz navbatida, yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf omilidir", - deya tushuntirdi shifokor. Shirin ichimliklar ichishning doimiy istagi tanadagi yetishmovchilikning natijasi boʻlishi mumkin. Masalan, xrom, fosfor, oltingugurt va triptofan etishmasligi. Sharbat yoki soda tanlashda uning tarkibini diqqat bilan oʻrganish kerak. Kam shakarni oʻz ichiga olgan ichimliklarga ustunlik berish kerak. Eng yaxshi variant - tabiiy qoʻshimchalar bilan suv.
Foydali 11:07, 10-02-2025
Kun haqiqati. 10 ming qadam - bu marketing hiylasi!
Kun haqiqati. 10 ming qadam - bu marketing hiylasi!
Kuniga 10 000 qadamning foydasi haqidagi ma'lumotlar tibbiy norma emas, balki marketing hiylasi ekanligini bilasizmi? 1965 yilda Tokio Olimpiadasidan keyin Yamasa korporatsiyasi Manpo-kei deb nomlangan pedometrni chiqardi. "Keling, kuniga 10 000 qadam yuramiz" shiori mukammal marketing hiylasi edi, chunki 10 000 degan ma'noni anglatuvchi odam (万) xarakteri piyoda yurgan odamga oʻxshaydi. Olimlar bu raqamni oʻzlari olib borgan tadqiqotlari asosida qoʻlga kiritishdi. Unda har kuni 3000-5000 qadam yuradigan ortiqcha vaznli yaponiyaliklar ishtirok etgan. Tokio universiteti olimi Yoshiro Xatano qadamlar sonini 10 000 ga oshirish 300-400 kaloriya tanqisligiga olib keladi degan xulosaga keldi. Va bu sizga kilogramm berishga va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishga yordam beradi. Biroq, kuniga aynan shu miqdordagi qadamlarni yurish uchun hech qanday sabab yoʻq. Koʻpgina shifokorlar kuniga kamida 6000-8000 qadam tashlashni tavsiya qiladilar. Va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oddiygina haftasiga 150-300 daqiqa davomida oʻrtacha aerobik faoliyat bilan shugʻullanishni tavsiya qiladi.
Foydali 19:44, 9-02-2025
Gipertoniklarga dori qabul qilgandan keyin musiqa tinglashni maslahat berishdi
Gipertoniklarga dori qabul qilgandan keyin musiqa tinglashni maslahat berishdi
San-Paulu universiteti, Juazeyro-du-Norte kolleji va ABC tibbiyot maktabi (Braziliya) mutaxassislari tomonidan olib borilgan yangi tadqiqot natijalari Scientific Reports jurnalida chop etildi. Tadqiqotda gipertoniya bilan ogʻrigan 37 bemor ishtirok etdi. Ularning barchasi muntazam ravishda olti oydan bir yilgacha qon bosimini pasaytirish uchun dori-darmonlarni qabul qilishdi. Bir kuni ishtirokchilar dori-darmonlarni qabul qilgandan soʻng darhol bir soat davomida naushniklarda instrumental musiqa tinglashdi. Boshqa kuni, birinchisidan ikki kun oʻtgach, hamma narsa xuddi shunday edi, faqat minigarnituralar oʻchirildi. Ikkala holatda ham olimlar dori-darmonlarni qabul qilishdan 10 daqiqa oldin, shuningdek, ularni qabul qilgandan keyin 20, 40 va 60 daqiqada ishtirokchilarning yurak urish tezligining oʻzgaruvchanligini kuzatdilar. Yurak urish tezligining oʻzgaruvchanligi yurak-qon tomir tizimining qanday ishlashi va boshqa tana tizimlari bilan oʻzaro ta'sirining muhim koʻrsatkichidir. Ma'lum boʻlishicha, ishtirokchilar tabletkalarni qabul qilgandan keyin musiqa tinglagan kunlarda dorilar naushniklar oʻchirilgan kunlarga qaraganda samaraliroq ishlagan. "Musiqiy" soat davomida yurak urishi ham, qon bosimi ham toʻliq normallashtirildi, musiqa yoʻq boʻlganda esa, dorilarning natijalari unchalik ta'sirchan emas edi. Tadqiqotchilar bu hodisa quyidagi mexanizmga asoslanishini taklif qilishdi: musiqa parasempatik asab tizimining faoliyatini ragʻbatlantiradi va simpatik asab tizimini tinchlantiradi. Simpatik asab tizimining faoliyati yurak urish tezligining oshishi, qon tomirlarining siqilishi va qon bosimining oshishi bilan bogʻliq boʻlsa, parasempatik asab tizimi dam olish holatiga, yurak tezligi va qon bosimining pasayishiga, qon shakar va adrenalin darajasini barqarorlashtirishga javobgardir. Parasempatik asab tizimini ragʻbatlantirish orqali oshqozon-ichak traktining faolligi oshadi, ya'ni qon bosimini pasaytirish uchun dori vositalarining soʻrilishi kuchayadi.
Foydali 19:06, 9-02-2025
Toksinlarga qarshi kurash: qonni tozalaydigan oltita oziq-ovqat
Toksinlarga qarshi kurash: qonni tozalaydigan oltita oziq-ovqat
Qonni tozalaydigan oltita oziq-ovqat mavjud. Ular juda koʻp afzalliklarga ega. Davlat ta'lim universiteti tibbiyot fakulteti fundamental tibbiyot fanlari kafedrasi oʻqituvchisi, amaliyotchi jarroh Aleksandr Umnov “Izvestiya” nashriga bergan intervyusida ular haqida gapirib berdi. Boʻyoqsiz suv. Iste'mol qilinganda, organizm tashqaridan kerakli elektrolitlarni oladi va ortiqcha siydik bilan chiqariladi. Sarimsoq. Bu oʻsimlik immunitetni oshiradi va qondagi toksinlarni faolsizlantiradi. Shu bilan birga, sarimsoq yurak-qon tomir tizimining sogʻligʻini yaxshilaydi. Limon. S vitaminiga boy tsitrus mevalari organizmning immunitet tizimini mustahkamlaydi. Limon shuningdek, yogʻlarning tezroq parchalanishiga yordam beradi. Buta mevasi. Chernika jigar hujayralarining tez tiklanishiga yordam beradi va ma'lum fermentlarni ishlab chiqarishni ragʻbatlantiradi. Shu bilan birga, koʻkatlar tanadan toksinlarni, shu jumladan zararli kimyoviy reagentlarni olib tashlashga yordam beradi. Kurkuma. Bu oʻsimlik yalligʻlanishga qarshi kurashda va jigarda kerakli fermentlarni sintez qilishda yordam beradi. Omega-3 yogʻ kislotalari. Baliqdan olingan ushbu moddalar jigar va buyrak toʻqimalarini tiklaydi, shu bilan birga qondan toksinlarni yaxshiroq olib tashlashga yordam beradi. Ilgariroq, nutritionist va birinchi toifali gastroenterolog Nuriya Dianova va shifokor Aleksandra Fileva Omega-3 sinfidagi koʻp toʻyinmagan yogʻli kislotalar odamlar uchun juda muhim ekanligini aytdi. Ular surunkali yalligʻlanishni kamaytiradi, asab tizimining ishlashida ishtirok etadi, energiya manbai boʻlib, yurakni himoya qiladi, xolesterin darajasini normallashtirishga yordam beradi, xotirani yaxshilaydi, immunitetni mustahkamlaydi, qon quyqalari xavfini kamaytiradi va hatto depressiya rivojlanishini kamaytiradi. Biroq, Omega-3 ning haddan tashqari dozasi xavfli boʻlishi mumkin. Misol uchun, kislotalarni ortiqcha iste'mol qilish koʻngil aynishi, diareya, qalqonsimon bez va jigarning buzilishiga olib kelishi mumkin. Omega-3 ni antikoagulyantlar bilan qabul qilish tavsiya etilmaydi. Haqiqat shundaki, kislotalar bunday dorilarning ta'sirini kuchaytiradi, ya'ni qon ketish xavfi mavjud.
Foydali 14:14, 9-02-2025
Nega ertalabki qahva oʻrniga koʻk choy ichish muhim?
Nega ertalabki qahva oʻrniga koʻk choy ichish muhim?
Foto: Ferra.ru Koʻpchilik kunni qahva bilan boshlashga odatlangan, ammo sogʻlom turmush tarzini targʻib qiluvchilar orasida koʻk choyga boʻlgan qiziqish ortib bormoqda. Muntazam koʻk choy ichish qanday afzalliklarga ega va bu odat umumiy salomatlikka qanday ta'sir qiladi? Yaponiyada oʻtkazilgan tadqiqot natijalariga koʻra, qahva oʻrniga muntazam koʻk choy iste'mol qilish keksa odamlar miyasidagi oq modda shikastlanishidan hosil boʻladigan dementsiya holatlarini kamaytiradi, deb yozadi The Telegraph'ga tayangan holda Daryo nashri. Qahva yalligʻlanishga qarshi ta'sirga ega ichimlik boʻlsa-da, koʻk choy kabi koʻplab va uzoq muddatga etadigan foydali emas. Koʻk choy uning shifobaxsh xususiyatlarini kuchaytiruvchi katexinlarni oʻzi ochiga oladi. Ushbu antioksidantlarning 80 foizi foydali turdagi moddalar — epigallokatexin gallat (EGCG) dan iborat. Ular hujayralarga zarar etkazmasdan oldin organizmdagi oksidlovchilarni faolsizlantiradi. Bundan tashqari, ushbu birikmalar insulin ishlab chiqarilishini tartibga soluvchi ta'sirga ega. “Erkin radikallar bu yalligʻlanish va tanaga zarar etkazishi mumkin boʻlgan molekulalar sanaladi. Koʻk choydagi antioksidantlar esa erkin radikallarni zararsizlantirishga xizmat qiladi” deya ma'lumot berdi Dietitian UK markazi diyetologi Priya Tyu. Yapon ilmiy jurnalida nashr etilgan maqolaga koʻra, koʻk choyning himoya ta'siri bosh miyada “amiloid β” nomli zararli moddalar toʻplanishining oldini oladi. Ushbu modda Alsgeymer kasalligi bilan ogʻrigan odamlarning miyasida joylashgan quyqalarning asosiy komponenti hisoblanadi. Dietolog Priya Tyuning soʻzlariga koʻra, keksayganda aqliy zaiflikka chalinish xavfini kamaytirish uchun kuniga bir piyola koʻk choy etarli emas. Bir kunda 3-7 stakan ichishgina sezilarli foyda keltirishi mumkin. Koʻk choyning yuqoridagi afzalliklari bilan bir qatorida, diyetolog mutaxass Rob Hobson quyidagi ma'lumotlarni qayd etdi: “Koʻk choy yurak xastaliklarining oldini olishga ham yordam beradi. 2022 yilda oʻtkazilgan tadqiqotlarga koʻra, muntazam ravishda koʻk choy iste'mol qilish taxikardiya, yuqori qon bosimi kasalliklarini bartaraf etish va lipidlarni kamaytirishi mumkinligi haqida ilmiy dalillar mavjud”.
Foydali 17:33, 7-02-2025
Omega-3 haqiqatan ham qarish jarayonini sekinlashtiradimi?
Omega-3 haqiqatan ham qarish jarayonini sekinlashtiradimi?
Shveytsariyalik tadqiqotchilar omega-3 ni har kuni iste'mol qilish tanadagi tabiiy qarish jarayonini sekinlashtirishini isbotladi. Ilmiy tadqiqotda 70 va undan katta yoshdagi 777 nafar inson ishtirok etdi. Olimlar tomonidan berilgan natijalar Nature Aging jurnalida chop etildi. Foto: Shutterstock Uch yil davomida har kuni bir gramm omega-3 iste'mol qilgan sogʻlom keksalarning biologik yoshi boshqa ishtirokchilarga qaraganda uch oyga yoshroq boʻlishi aniqlandi. Bundan tashqari, ratsionga D vitaminini qoʻshish va jismoniy mashqlar (haftada uch marta 30 daqiqadan) ushbu natijani toʻrt oyga oshirdi. Olimlar omega-3 ning qarish tezligiga ta'sirini baholash uchun epigenetik soatlar deb nomlanuvchi biologik vositalardan foydalandi. Epigenetik soat bu toʻqimalar, hujayralar va organlarning biologik yoshini aniqlashga imkon beruvchi maxsus DNK belgilari toʻplamidir. “Fikrimcha, 70 yosh bu ikkinchi bor 50 yoshga toʻlishga oʻxshaydi. Albatta, bu usul qarishning davo boʻl olmaydi, ammo tadqiqot natijalari ushbu usulning qanchalik samarali ekanligini tasdiqlaydi. Omega-3 va D vitaminining kichik dozalarini muntazam ravishda qabul qilish va jismonan faollik haqiqatda inson umrini uzaytiradi”, deydi Altos Labs biotexnologiya kompaniyasi tadqiqotchisi Stiv Horvat. Bundan avvalgi tadqiqotlarda ham yogʻli baliq, yongʻoqlar, urugʻlar kabi oziq-ovqatlarda mavjud boʻlgan omega-3 qarish jarayonini sekinlashtirishi aniqlangan edi. Biroq yaqin vaqtgacha uni qoʻshimcha vitamin shaklida qabul qilish orqali ham ijobiy natijalarga erishish mumkinligi noma'lum edi. Shuningdek, olimlar omega-3 yogʻ kislotalarining boshqa foydali xususiyatlarini ham qayd etdi. Xususan, ushbu modda keksa odamlarda toʻsatdan yiqilish holatlarini 10% ga kamaytiradi, infektsiyalarga chalinish xavfini esa 13% ga tushiradi. Bundan tashqari, omega-3, D vitamini va muntazam jismoniy mashqlar invaziv saraton kasalliklarini 61 foizga kamaytirdi.
Foydali 11:11, 6-02-2025
Koʻz nurini qisman yoki butunlay zararlaydigan omillar
Koʻz nurini qisman yoki butunlay zararlaydigan omillar
Koʻzlar bizga berilgan eng bebaho ne'matlaridan biri. Dunyoni tanish, ranglarni ajratish, yaqinlarimizning chehrasini tomosha qilish — bularning barchasi koʻzlarimiz salomatligiga koʻproq ahamiyat berishimizga undaydi. Quyida koʻrish sezgirligi tushib ketishiga sabab boʻladigan odatlar va ularga echimlarni keltirib oʻtamiz. Foto: Alamy Ovqatlanish tartibi Koʻzlar salomatligi uchun sabzi va yashil bargli oʻsimliklarni iste'mol qilishning oʻzi etarli emas. Koʻz nuri va ovqatlanishning unga ta'siri ancha murakkab jarayon. Agar siz doimiy shirinliklar, qayta ishlangan mahsulotlar, qahva va fast fudlar iste'mol qilsangiz, yaqin kelajakda koʻzlar bilan bogʻliq muammolarga duch kelishingiz mumkin. Chunki A, C, E vitaminlari, rux va omega-3 kabilarning etishmasligi koʻz toʻr pardani zaiflashtiradi va yorugʻlikka sezgir boʻlib qoladi. Ortiqcha tuz va shakar ham zararlidir: ular qon aylanishini buzadi va glaukomaga olib keladi. Echim: Menyuga ismaloq, brokkoli, dengiz baliqlari, yongʻoqlar va tuxum qoʻshing. Kamroq shakar iste'mol qiling, koʻproq suv iching. Va ha, sabzi yaxshi, lekin zaytun moyi bilan - yogʻsiz, A vitamini shunchaki soʻrilmaydi. Surunkali stress Foto: Alamy “Barcha kasalliklar asabdan kelib chiqadi”, deydi donishmandlar. Chindan ham, ularning soʻzida jon bor va bu qoida koʻzlarga ham amal qiladi. Uzoq muddatli stress tanadagi resurslarini “eb boradi”, natijada mushaklar yanada torayadi. Koʻz mushklari bunda diqqatni jamlashga qiynaladi, toʻr parda esa yaxshi qon aylanmaslikdan aziyat chekadi. Ammo bu hali hammasi emas. Doimiy stress koʻzdagi ichki bosimini oshiradi, bu vaqt oʻtishi bilan glaukomaga olib keladi. Echim: dam olishni oʻrganing. Stressni yengillashtiradigan oʻzingizga mos biror mashgʻulot toping, masalan, sayr, kitob, yoga, yaqinlar bilan suhbat kabi. Uyqusizlik Uyqusizlikdan nafaqat bosh miya, balki koʻzlar uchun ham zararli. Toʻgʻri damning etishmasligi quruq koʻzlar sindromiga, qizarish va hatto vaqtinchalik koʻz nurining kamayishiga olib keladi. Koʻzlar doimiy ravishda koʻzyosh ishlab chiqaradi va bu yoshlar koʻz yuzasini namlantirib turish vazifasini bajaradi. Uyquga toʻymaslik koʻzlardagi ushbu tabiiy funktsiyani buzadi. Natijada koʻz yosh bezlari etarlicha suyuqlik ishlab chiqarilmaydi yoki koʻz yoshlar koʻz yuzasini namlantirishga ulgurmay bugʻlanib ketadi. Ba'zilarda bularning har ikkisi ham kuzatiladi. Bunda koʻzlar quruq va qadalayotgandek boʻlaveradi. Bundan tashqari, uyqu qon tomirlarining normal ishlashi uchun javobgardir. Uyqu sifatining buzilishi koʻzlar toʻr pardasining qon bilan ta'minlanishini buzadi, bu esa koʻrish qobiliyatining pasayishiga olib keladi. Echim: Uyqu vaqti va rejimini normallashtiring, kuniga kamida 7-8 soat uxlashga harakat qiling, yotishdan bir soat oldin gadjetlardan foydalanmang, xonada sukunat va qorongʻilikni ta'minlang. Qora ekranlar tahdidi Foto: Alamy Kompyuterlar, smartfonlar, televizorlar hayotimizdagi doimiy hamrohimizga aylangan. Ammo ekranga uzoq tikilganda koʻzlar kamroq yumiladi, bu esa quruq koʻzlar sindromiga olib keladi. Uzoq vaqt davomida ekran oldida boʻlish koʻzlarni zoʻriqtiradi. Koʻzlar quruqlashib, charchash, ogʻriq yoki noqulaylik tugʻdiradi. Bundan tashqari, smartfon ekranlari oʻzidan koʻk nur chiqaradi, u uzoq muddatda koʻz toʻr pardasiga zarar etkazadi hamda melatonin gormoni ishlab chiqarilishiga toʻsqinlik qilib, uyquni buzadi. Echim: Ekran yorqinligini pasaytiring, koʻk yorugʻlikka qarshi himoya filtri qoʻying yoki himoya koʻzoynaklaridan foydalaning. Gormonlar Homiladorlik, menopauza va qalqonsimon bez bilan bogʻliq muammolar koʻrish qobiliyatini vaqtincha yoki doimiy ravishda kamaytirishi mumkin. Chunki gormonlar metabolizmga va qon tomirlarining holatiga, shu jumladan koʻz tomirlariga ta'sir qiladi. Qandli diabet (gormonlar bilan ham bogʻliq) retinopatiya — koʻz pardasining buzilish xavfini oshiradi. Echim: Organizmdagi oʻzgarishlarni e'tiborsiz qoldirmang. Gormonal kasalliklar tufayli koʻrish qobiliyati yomonlashsa, shifokor koʻrigidan oʻting. Dori-darmonlarning nojoʻya ta'siri Foto: Alamy Antigistaminlar, steroidlar, antidepressantlar, gipertoniyaga qarshi preparatlar — bularning barchasi koʻzlarning qurishi, vaqtinchalik koʻrish qobiliyatining yoʻqolishi kabi nojoʻya ta'sirlarga ega. Echim: Har qanday dori-darmonlarni qabul qilishdan oldin, qoʻllanish qoidalari bilan tanishib chiqing va shifokoringiz bilan ehtimoliy xavflarni avvaldan muhokama qiling. Ekologiya va ifloslangan havo Katta shaharda asosan havo quruq boʻladi, zararli va zaharli gaz va tutunlar koʻp boʻladi. Bularning bari koʻzlar salomatligida aks etadi. Echim: hatto bulutli ob-havoda ham ultrabinafsha nurlaridan himoyalovchi koʻzoynaklar taqing. Uyda havo namlagichlardan foydalaning. Kontakt linzalarining gigiyenasiga e'tiborsizlik Kontakt linzalari millionlab odamlarga yaxshi koʻrishga yordam beradigan ajoyib ixtirodir. Ammo ulardan notoʻgʻri foydalansa, yaxshi parvarish qilinmasa aks ta'sir qilishi mumkin. Echim: Linzalarni toʻgʻri parvarish qilish qoidalariga amal qiling.
Foydali 17:17, 1-02-2025
Quruq yoʻtal xuruj qilganda yordam beradigan 3 ta tavsiya
Quruq yoʻtal xuruj qilganda yordam beradigan 3 ta tavsiya
Foto: Shutterstock Quruq, uzoq davom etadigan va tunda xuruj qiladigan yoʻtal faqatgina shamollashning alomati emas. Uning sababini shifokor tekshiruvi asosida aniqlash mumkin. Ammo doim ham oʻz vaqtida tibbiy yordamga murojaat qilishning imkoni boʻlmaydi. Shunday vaqtda quyidagi tavsiyalar quruq yoʻtalni yengillashtirishga va koʻrikka qadar umumiy ahvolni yaxshilashga yordam beradi. Uy sharoitida quruq yoʻtalni toʻxtatish usullari Yoʻtal aslida organizmning himoya reaktsiyasi boʻlib, uni toʻxtatish kerak emas. Aslida, balgʻam koʻchishi orqali shamollash sekin-asta ortga qaytadi. Biroq xuruj qiladigan va oʻta quruq yoʻtal bemorga koʻplab noqulaylik tugʻdiradi. Shu sababli quruq yoʻtalga bunday qoida amal qilmaydi va uni bartaraf etish lozim boʻladi. Xalq tabobatida quyidagi usullar mavjud: koʻkrak qafasini uqalash; bugʻli ingalyatsiya; dorivor oʻsimliklardan tayyorlangan damlama va suyuqliklar. Foto: The Day Ingalyatsiya ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak. Qaynatilgan kartoshka, propolis, efir moyi yoki evkalipt barglaridan foydalanish kutilgan samara beradi. Suyuqlik yoki massa shilliq qavatlarni kuydirib qoʻymasligi uchun haddan tashqari qaynoq boʻlmasligi lozim. Ingalyatsiyani oddiy yoki tuzli suv bilan ham qilish mumkin. Yoʻtal turlari Yoʻtal ikki xil turda: quruq va nam boʻladi. Quruq yoʻtalda bemor koʻproq qiynaladi. Quruq yoʻtal koʻkrak qafasida ogʻriq, terlash, nafas olishda qiynalish va tomoq ogʻrigʻini keltirib chiqaradi, koʻpincha uzoq vaqt davolanishni talab etadi. Nam yoʻtal, aksincha, bronxlardan balgʻam ajralishi tufayli tezroq tuzaladi. Shuningdek, yoʻtalning davomiyligi davriy va doimiydir. Davriy yoʻtal shamollash, bronxit, oʻtkir respirator infektsiyalar va boshqa shu kabi yuqumli kasalliklar uchun xosdir. Doimiy yoʻtal esa jiddiy kasallik alomati hisoblanadi. Tunda quruq yoʻtal xuruj qilsa nima qilish lozim? Foto: Teapravda.com Kungaboqar yogʻidan ichimlik: 150 ml qaynoq suv, 2 osh qoshiq kungaboqar yogʻi, ta'bga koʻra tuz. Hammasini aralashtiring va iliq holda sekin-asta iching. Gogol-mogol: mazkur shirinlik uchun bitta tuxum sarigʻi, 1 osh qoshiq suyultirilgan asal, 1 osh qoshiq sariyogʻ va bir stakan sut kerak. Birinchi boʻlib tuxum sarigʻini yaxshilab aralashtirib, unga sut qoʻshing va aralashtirishda davom eting. Keyin sariyogʻ va asal soling. Aralashmani qaynoq holda iching. Zanjabil va asal: Zanjabil ildizining bir boʻlagini maydalang. Bir stakan qaynagan suvga maydalangan zanjabil va bir oz asal solib, aralashtirib iching. Yoʻtalni kamaytirish uchun yostiqni baland qilib qoʻying va xonada toza, salqin va nam havo almashib turishini ta'minlang. Quruq yoʻtalda tomoq ogʻrigʻi ham kuchaysa, nima qilish kerak? Burunni tuzli suvda chayish, koʻproq suyuqlik ichish, xonadagi havoni nam sochiqlar bilan namlantirish kabi tavsiyalar tomoq ogʻrigʻini yengillatishda yordam beradi. Tuzli suv ogʻiz va burun boʻshligʻidagi virusning chiqib ketishini, nam havo esa balgʻam tezroq hosil boʻlishi va koʻchishini ta'minlaydi.
Foydali 17:45, 31-01-2025
Mushaklar ogʻrigʻini yengillashtiradigan mahsulot nomi aytildi
Mushaklar ogʻrigʻini yengillashtiradigan mahsulot nomi aytildi
Kataloniya ochiq universiteti (Ispaniya) olimlari kurkuma mashgʻulotdan soʻng mushaklarning shikastlanish darajasini va organizmdagi yalligʻlanish jarayonlarini kamaytirishga yordam berishi, shuningdek, jarohatlar xavfini kamaytirishini aytmoqda. Tadqiqot natijalari Journal of the International Society of Sports Nutrition (JISSN) jurnalida chop etildi. Olimlar zanjabil oilasiga mansub tropik oʻsimlik boʻlgan kurkumaning foydali xususiyatlarini oʻrganishga qaratilgan ilgari chop etilgan 11 ta tadqiqotni tahlil qilishdi. Kurkuma an'anaviy Osiyo tibbiyotida mashhur boʻlsa-da, yaqinda koʻproq ilmiy tadqiqotlar bu ildizning ob'ektiv terapevtik xususiyatlarga ega ekanligini isbotladi. Yangi meta-tahlilda ispan olimlari kurkuma qoʻshimcha sifatida kuchli antioksidant va yalligʻlanishga qarshi xususiyatlarga ega ekanligini tasdiqladilar. Bu ta'sirlar, ayniqsa, muntazam va kuchli mashq qiladigan odamlar uchun foydalidir. Olimlarning fikricha, kurkuminni mashgʻulotdan oldin ham, keyin ham qabul qilish mushak tolalarining tiklanishini tezlashtirishga, ogʻriqni yoʻqotishga va antioksidant qobiliyatini oshirishga yordam beradi (organizmning “stressli” oksidlanish jarayonlarini engish qobiliyati). Kurkuma shuningdek, tizimli yalligʻlanishni kamaytiradi, bu esa mashgʻulot paytida shikastlanish ehtimolini kamaytiradi. Mutaxassislarning fikriga koʻra, sogʻligʻi yaxshi odamlar sogʻligʻiga foyda keltirishi uchun kuniga bir-toʻrt gramm kurkuma iste'mol qilishlari kerak, deydi tadqiqotchilar. Qayta tiklash effekti, ayniqsa, sportchilarga eng koʻp zarar etkazadigan eksantrik mashqlarda (bunda maqsadli mushaklar ogʻirlikni nazorat qilish uchun ishlatiladi) juda muhimdir. Manba: gazeta.ru
Foydali 16:11, 31-01-2025
Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish kifoyami?
Foto: Alamy UESCA sertifikati (United States Sports Coaching Association)ga ega yugurish boʻyicha trener Jeyms Rojers ozish uchun kuniga 10 ming qadam yurish etarli boʻladimi, degan savolga javob berdi. “Doimiy harakatda boʻlish intensiv, ammo har kun takrorlanmaydigan mashqlardan muhimroqdir. Uzoq masofaga yurish va yugurishning foydasi faqatgina izchil davom ettirilgandagina sezila boshlaydi. Ba'zilar ortiqcha vazndan xalos boʻlish uchun birdan kuchli va ma'lum intervalga ega mashgʻulotlarni bajarsa, tezda bundan zerikishi va natija koʻrmagani bois sportni tashlab qoʻyishi mumkin. Uzoq yurish esa ogʻir mashqlardan osonroq va uning davomiyligini ta'minlash osonroq. Bu omil ozish va salomatlik saqlash uchun eng oson va qulay usuldir”, dedi trener. Jama International Medicine tadqiqotlariga koʻra, kuniga 10 ming va undan koʻp qadam yurish saraton va yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytiradi. Amerikaning Nature jurnalida 41 yoshdan 67 yoshgacha boʻlgan 6042 kishi ishtirok etgan tadqiqotning soʻnggi natijalari e'lon qilindi. Tajriba oʻrtacha 4 yil davom etdi (2,2 dan 5,6 yilgacha). Unda barcha ishtirokchilarning jismoniy faolligi fitnes-trekerlar yordamida nazorat qilindi. Natijalar shuni koʻrsatdiki, qandli diabet, gipertoniya, depressiya, uyqudagi apnoe va gastroezofagial reflyuks kasalliklari va bosilgan qadamlar soni oʻrtasida bogʻliqlik mavjud. “Fikrimcha, kuniga 10 ming qadam yurish barcha uchun birdek mos kelmasligi mumkin. Jismonan faollikni boshqa ogʻirroq mashqlar bilan ham muvozanatda saqlash va turli xil mashgʻulotlarni sinab koʻrish orqali oʻzingizga mos rejimni izlab topish mumkin. Sogʻlom ovqatlanish tarziga rioya qilishni qoʻshish orqali ozishda sezilarli natijalarga erishiladi”, deya yakunladi Jeyms Rojers.
Foydali 14:46, 31-01-2025
Shamollaganda quloq bitsa qanday yoʻl tutish lozim?
Shamollaganda quloq bitsa qanday yoʻl tutish lozim?
Allergiya tufayli oqishi va shamollash quloqlar salomatligiga ta'sir qiladi. Agar vaqtida kerakli choralar koʻrilsa, ushbu yoqimsiz holatni qisqa vaqt ichida yoʻq qilish mumkin. Bugun shamollash vaqtida quloqlar bitib qolganda qanday yordam koʻrsatish haqida ma'lumot beramiz. OʻRVI paytida quloq bitishining asosiy sabablari Oʻzimizga birinchi yordam berish va quloqlarni davolashdan avval nima uchun shamollash quloqlarga ta'sir qilishi haqida tushunchaga ega boʻlish kerak. Burun boʻshligʻi va sinuslar (sinuslar — koʻz va burun atrofi va bosh suyagi old qismi ichidagi boʻshliqlar)da yalligʻlanish bor yoki yoʻqligini bilish lozim. Chunki bu sohadagi shamollashlar eshitish naychasiga ta'sir qiladi. Bunda uning devorlari torayadi va quloq bitish hissi paydo boʻladi. Agar oʻz vaqtida davolanmasa, eshitish naychasining yalligʻlanishi eshitish qobiliyatining qisman yoki toʻliq yoʻqolishiga olib kelishi mumkin. Shamollaganda burun bitsa: birinchi yordam qanday koʻrsatiladi? Xalq tabobatida quloq bitishidan vaqtinchalik xalos etadigan bir nechta usullar mavjud: Avvalo burunni shunchaki qoqish orqali ortiqcha suyuqlikdan burun boʻshligʻini tozalang va tuzli eritma bilan chaying. Agar shundan keyin ham quloq bitishi ketmasa, burun yoʻllarini bunday usulda tozalashni vaqtinchalik toʻxtating va uning oʻrniga qon tomirlarini toraytiruvchi maxsus burun spreyi va tomchilardan foydalaning. Massaj: quloq va burunni 15 daqiqa davomida massaj qiling, bunda quloq rakovinasi va burunning ikki chetiga alohida e'tibor bering. Shamollash tufayli bitib qolgan quloqlarni tibbiy preparatlar yordamida davolash Agar quloqlaringiz burun oqishi tufayli bitib qolganda yuqoridagi usullar yordam bermasa, dori vositalaridan foydalanishga oʻtish mumkin. Burunga shifokor retseptisiz beriladigan tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni tomizish: Bu usul burun yoʻllari va sinuslardagi shishlarni kamaytiradi va natijada eshitish naychasiga keladigan bosim yoʻqoladi. Bu esa sinus boʻshligʻidagi oʻtkazuvchanlikning yaxshilanishiga zamin yaratadi. Ammo bunday usul vaqtinchalik yengillik berib, shifokor tomonidan belgilanadigan davolanish muolajasining oʻrnini bosa olmaydi. Quloqda yalligʻlanish va shishishni kamaytiradigan, mikroblarga qarshi ta'sirga ega boʻlgan maxsus tomchilardan foydalanish mumkin. Spirtli kompress yordamida quloqni isitish — bir necha qatlam buklangan doka boʻlagini iliq spirt bilan namlab, uni quloq ustiga qoʻyish va ustidan mato bilan oʻrab, bir necha soatga qoldirish mumkin. Yuqoridagi tavsiyalar tez tibbiy yordam yoki shifokor koʻrigiga qadar qilinishi mumkin boʻlgan birinchi yordamdir. Ularning hech qaysi biri toʻliq davolanish kursining oʻrnini bosa olmaydi. Har qanday burun bitish holatida otolaringologga tashrif buyurishni unutmang. Jiddiy asoratlarning oldini olish oʻz zimmamizdadir.
Foydali 18:23, 30-01-2025

Ko‘p o‘qilgan foydali maqolalar