Bugun
Marselo Galyardo «River Pleyt»dan rasman ketmoqda
+9°
небольшой дождь ветер 2.9 м/с, СЗ

Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda

Iqtisodiyot
87
Soliq kodeksiga tadbirkorlarni qo‘llashga qaratilgan qo‘shimchalar kiritilmoqda
Senatorlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun ko‘rib chiqildi. Mazkur qonun bilan Soliq kodeksiga parrandachilik sohasini rivojlantirish, bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlashga hamda raqamli markirovkalash tizimini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Soliq kodeksiga kiritilayotgan qo‘shimchalarga ko‘ra, 2027 yil 1 yanvarga qadar raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlarga markirovkani o‘qish qurilmalarini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasiga, biroq bitta qurilma uchun bazaviy hisoblash miqdorining 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘i yoki aylanmadan olinadigan soliq yoxud yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan to‘lanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalarini kamaytirish huquqi berilmoqda.

Parrandachilik sohasidagi korxonalarni hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida qonunda 2030 yil 1 yanvarga qadar parrandachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar ekin maydonlaridan tashqari yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘ini to‘lashdan ozod etilmoqda. Bunda, soliq imtiyozi parrandachilik mahsulotlarini realizatsiya qilayotgan hamda belgilangan maqsadda bevosita foydalanilmayotgan yer uchastkalariga nisbatan tatbiq etilishi belgilanmoqda.

Qayd etilishicha, respublika bo‘yicha jami 1 218 ta parrandachilik korxonasi mavjud bo‘lib, ekin maydonidan tashqari yer maydoni 12,7 ming gektarni tashkil etadi. Qishloq xo‘jaligi uchun mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha yer solig‘i stavkalari yer maydonining joylashgan hududiga qarab 27 mln so‘mdan 44 mln so‘mgacha belgilangan.

Bundan tashqari, qonunda 2027 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davrda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimidagi statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari bino-inshootlari va yer uchastkalarini ijaraga berishdan olgan daromadlari bo‘yicha foyda solig‘idan hamda ijaraga berilgan obyektlar va ular egallagan yer uchastkalari bo‘yicha yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqdan va yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘idan ozod etilishi ham nazarda tutilyapti. Buning natijasida 51 ta bolalar sog‘lomlashtirish oromgohi bo‘yicha yillik o‘rtacha 17 mlrd so‘m soliq imtiyozi taqdim etiladi.

Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

O‘xshash yangiliklar

2025-yilda 152 trillion so‘mlik oziq-ovqat ishlab chiqarildi
2025-yilda 152 trillion so‘mlik oziq-ovqat ishlab chiqarildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 152,1 trillion so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar
Iqtisodiyot Kecha, 19:47
Markaziy bank: Dollar kursi 50,58 so‘mga arzonladi
Markaziy bank: Dollar kursi 50,58 so‘mga arzonladi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 26-fevral kuni uchun xorijiy valyutalarning rasmiy kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh dollari 50,58 so‘mga
Iqtisodiyot Kecha, 16:37
Oltin narxi pasaydi: yangi quyma narxlari e’lon qilindi
Oltin narxi pasaydi: yangi quyma narxlari e’lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy Banki 25-fevral kuni o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltinning narxi oldingi ko‘rsatkichga
Iqtisodiyot Kecha, 15:46
Dollar kursi pasaydi: banklardagi eng qulay narxlar
Dollar kursi pasaydi: banklardagi eng qulay narxlar
26-fevral kuni O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan belgilangan dollar kursi 47–48 so‘mga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu o‘zgarish valyuta bozoridagi dinamikaga ta’sir
Iqtisodiyot Kecha, 10:59
Markaziy bank: Valyuta kurslari o‘zgarishi e’lon qilindi
Markaziy bank: Valyuta kurslari o‘zgarishi e’lon qilindi
O‘zbekiston Markaziy banki 2026-yil 25-fevraldan boshlab amal qiladigan rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu ma’lumotga ko‘ra, asosiy valyutalarning
Iqtisodiyot 16:38, 24-02-2026
Oltin narxi oshdi: 1 gramm 43 400 so‘mga qimmatlashdi
Oltin narxi oshdi: 1 gramm 43 400 so‘mga qimmatlashdi
O‘zbekiston Markaziy Banki 24-fevral holatiga ko‘ra o‘lchovli oltin quymalarning sotuv narxlarini e’lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 1 gramm oltin narxi avvalgi
Iqtisodiyot 10:49, 24-02-2026