Bugun
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 martda nishonlanadi
+16°
пасмурно ветер 3 м/с, СЗ

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi

Oʻzbekiston
17

Prezidentning yangi qarori e’lon qilindi
Ayrim ijtimoiy xizmatlardan foydalanish xarajatlari vaucher asosida qoplab beriladi.

“O‘zgalar parvarishiga muhtoj shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish ko‘lamini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-171-son, 08.05.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, vaucher quyidagilarga beriladi:

uy sharoitida ijtimoiy-maishiy yordam ko‘rsatish hamda kunduzgi qatnov asosida qarab turish xizmati uchun:
- Kambag‘al oilalar reyestri, O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar reyestriga kiritilgan shaxslarga;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordamni oluvchi shaxs (oila)larga;

shaxsiy yordamchi xizmati uchun:
- I guruh nogironlik belgilangan shaxsga;
- ko‘zi ojizlik bo‘yicha birlamchi nogironlik belgilangan shaxsga;
- birinchi marta nogironlar aravachasidan foydalanish belgilangan shaxsga.

2025 yil 1 dekabrgacha Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari huzurida o‘zgalar parvarishiga muhtoj voyaga yetgan shaxslar uchun kichik hajmli oilaviy uylar tashkil etiladi.

O‘xshash yangiliklar

O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan yomg‘ir kutilmoqda
O‘zbekiston bo‘ylab ob-havo o‘zgaruvchan yomg‘ir kutilmoqda
O‘zbekiston hududida 19 mart kuni ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, havo harorati pasayadi va ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Oʻzbekiston Bugun, 13:15
Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida to‘rt kun dam olish beriladi
Ramazon hayiti va Navro‘z bayramida to‘rt kun dam olish beriladi
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20 mart, juma kuni nishonlanishi kutilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Adliya vazirligining bayramlarda odamlar necha kun dam olishi haqida bergan ma’lumotida shu
Oʻzbekiston Bugun, 12:40
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi joriy qilinadi
Davlat organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi joriy qilinadi
Davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiya holatlarining oldini olish, shaffoflikni ta’minlash hamda manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish maqsadida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini
Oʻzbekiston Bugun, 08:25
Prezident Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi
Prezident Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazini ochdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-mart kuni Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu markaz maydoni va qamrovi jihatidan
Oʻzbekiston Kecha, 21:59
O‘zbekistonda naqd pul ishlatishga qat’iy cheklovlar joriy etiladi
O‘zbekistonda naqd pul ishlatishga qat’iy cheklovlar joriy etiladi
Rasmiy manbalarning xabar berishicha, 2026 yil 1 apreldan boshlab O‘zbekistonda naqd pul ishlatishga qat’iy cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endilikda yoqilg‘i quyish
Oʻzbekiston Kecha, 21:29
O‘zbekistonda 18 mart bahorgi iliq ob-havo kutilmoqda
O‘zbekistonda 18 mart bahorgi iliq ob-havo kutilmoqda
O‘zbekiston bo‘ylab 18 mart kuni ob-havo bahorga xos bo‘lib, har bir viloyatda harorat va havo sharoitlari biroz farq qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Quyida asosiy shaharlar bo‘yicha kunduzi
Oʻzbekiston Kecha, 19:16