Bugun
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
+25°
пасмурно ветер 3 м/с, ЮВ
ENRU

Kuvayt bilan madaniy meros ko‘rgazmasi kelishuvlari qilindi

O‘zbekiston
62
Kuvayt bilan madaniy meros ko‘rgazmasi kelishuvlari qilindi
O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasining Kuvaytga amalga oshirgan ilmiy-ijodiy safari davomida muhim kelishuvlarga erishildi. Bu haqida Zamin.uz xabar berdi.

Safar mobaynida delegatsiya “Islom meroslari uyi” hamda “Toriq Rajab muzeyi”da bo‘lib, dunyo ahamiyatiga ega noyob artefaktlarni O‘zbekistonda o‘tkaziladigan global ko‘rgazmada namoyish etish masalalarini muhokama qildi. Tashrif davomida muzey ko‘rgazmalari koordinatori doktor Hadiyl Xalil Rashad bilan muzokaralar olib borildi.

Unda 2025 yilda Toshkentda ochilishi rejalashtirilgan Islom sivilizatsiyasi markazi doirasida “O‘zbekiston madaniy merosi – butun insoniyat merosi” nomli xalqaro ko‘rgazmaga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi. Muzokaralarda Boburiylar davriga oid tarixiy yoqut toshlar, zargarlik buyumlari va boshqa qimmatbaho artefaktlarni O‘zbekistonga olib kelish, ularni ekspozitsiyaga joylashtirish va xavfsiz shart-sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Ko‘rgazma eksponatlari uchun xalqaro standartlarga mos maxsus vitrinalar tayyorlanmoqda. Bu jarayonda Italiyaning Goppion hamda Germaniyaning Glasbau Hahn kompaniyalari ishtirok etmoqda.

Muzeylar o‘rtasidagi hamkorlik natijasida transportirovka, qadoqlash va vaqtinchalik saqlash ishlari yuzasidan ham kelishuvlar amalga oshirildi. Kuvayt tomoni ushbu jarayonlarni to‘liq o‘z zimmasiga olishini ma’lum qildi.

Kunning ikkinchi yarmida Islom sivilizatsiyasi markazi delegatsiyasi “Toriq Rajab muzeyi” rahbarlari Ziyad Rajab va Nur Rajab bilan uchrashdi. Suhbat davomida muzeyda saqlanayotgan, O‘zbekiston tarixi bilan bog‘liq noyob artefaktlar haqidagi kitob-albomni tayyorlash rejalari muhokama qilindi.

Ziyad Rajab xalqaro ko‘rgazmada namoyish etiladigan eksponatlar tanlab qo‘yilganini va yaqin kunlarda rasmiy taqdimot bo‘lishini bildirdi. Shu tariqa, Kuvaytdagi ikki yirik muzey va bir xususiy kolleksiya xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etadi.

Barcha eksponatlar sug‘urta qilinib, qadoqlash va tashish ishlari muvofiqlashtirilgan holda O‘zbekistonga yetkaziladi. Mazkur hamkorlik nafaqat madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, balki o‘zbek xalqining boy tarixiy merosini jahon hamjamiyatiga kengroq tanitishga xizmat qiladi.

O‘xshash yangiliklar

Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 8 noyabr
8 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY9665 Nijnevartovsk
O‘zbekistonBugun, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 7 noyabr
7 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 320 HY9683 Krasnoyarsk
O‘zbekistonKecha, 00:10
Bugungi reyslar jadvali — 6 noyabr
6 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32Q HY421 Deli 02:40 763
O‘zbekiston00:10, 06-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 5 noyabr
5 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY231 Frankfurt
O‘zbekiston00:10, 05-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
Bugungi reyslar jadvali — 4 noyabr
4 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY337 Jidda 05:10
O‘zbekiston00:10, 04-11-2026
Bugungi reyslar jadvali — 3 noyabr
3 noyabr uchun reyslar sharhi va jadval. Manba — uzairways.com. Yo‘lovchilarga erta kelish tavsiya etiladi. Uchish Reys raqami Shahar Vaqt Samolyot turi HY281 Istanbul 01:10 32N HY421 Deli 02:40 767
O‘zbekiston00:10, 03-11-2026