Bugun
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
+11°
пасмурно ветер 1.2 м/с, СВ

Elit OCHL. Buyog‘i endi qanday davom etadi?

Sport
116
Elit OCHL. Buyog‘i endi qanday davom etadi?
Elit Osiyo chempionlar Ligasining uy-mehmon tarzida o‘tkazilgan 1/8 final bosqichi o‘z nihoyasiga yetdi.
Guruh uchrashuvlari yakunlariga ko‘ra, G‘arb va Sharq mintaqasidan 8tadan 16ta jamoa keyingi bosqichga yo‘l olgandi. 1/8 final o‘yinlaridan so‘ng 8ta klub musobaqa bilan xayrlashdi.

G‘arbda "Al Vasl" (BAA), "Istiqlol" (Eron), "Al Rayan" (Qatar) va "Paxtakor" (O‘zbekiston) shu bosqichda o‘z ishtirokini tugatgan bo‘lsa, Sharqda "Shanxay Port" (Xitoy), "Shanxay Shenxua" (Xitoy), "Johor Darul Ta’zim" (Malayziya) va "Vissel Kobe" (Yaponiya) musobaqani nimchorak finalda yakunladi.

Buyog‘iga har ikki mintaqadan kuchli 8ta jamoa qoldi va turnir reglamentiga ko‘ra, 1/4 finaldan boshlab barcha o‘yinlar Saudiya Arabistonida o‘tkaziladi. Markazlashgan tartibdagi o‘yinlarga Jidda shahridagi ikkita stadion - "Qirol Abdulloh" (sig‘imi 63 ming) va "Shahzoda Abdulloh Al Faysal" (sig‘imi 27 ming) mezbonlik qiladi.

Elit Osiyo chempionlar Ligasining navbatdagi formati quyidagicha ko‘rinish oladi. 14 mart kuni bo‘lib o‘tadigan qur’a marosimidan so‘ng jamoalar G‘arb-Sharq misolida to‘rtta juftlikka ajratiladi. Ya’ni, avvalgi yillari Sharq va G‘arb faqat finalda o‘zaro raqib bo‘lgan bo‘lsa, endilikda chorak finaldan boshlab Sharqning raqibi G‘arb, G‘arbning raqibi Sharq jamoalari bo‘ladi.

Chorak final o‘yinlari 25-26 aprel kuni o‘tkazilsa, yarim final uchrashuvlari 29-30 aprelga belgilangan. 4 may kuni muhtasham "Qirol Abdulloh" stadionida musobaqaning hal qiluvchi final o‘yini bo‘lib o‘tadi. Final bitta o‘yindan iborat bo‘ladi. Shuningdek, 3-o‘rin uchun bahs o‘tkazilmaydi.

Hal qiluvchi bosqichda ishtirok etadigan klublar:
"Al Ahli" (Sudiya Arabistoni)
"Al Hilol" (Saudiya Arabistoni)
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni)
"Al Sadd" (Qatar)
"Buriram Yunayted" (Tailand)
"Yokogama Marinos" (Yaponiya)
"Kavasaki Frontale" (Yaponiya)
"Gvangju FK" (Janubiy Koreya)

Sizningcha, chempionlikni kim qo‘lga kiritadi?

Manba: championat.asia

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23