Bugun
Isroil–Misr chegarasi: O‘zbekiston elchixonasi ogohlantirdi
+11°
пасмурно ветер 1.2 м/с, СВ

Gvardiola Husanov avtogol urgan uchrashuvdan keyin nimalar dedi?

Sport
133
Gvardiola Husanov avtogol urgan uchrashuvdan keyin nimalar dedi?
Angliya Premer-ligasining 29-turida kelasi mavsum uchun Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini beradigan o‘rinlar uchun kurashayotgan ikki jamoa – “Manchester Siti” va “Brayton” o‘zaro kuch sinashdi.

“Etixad” arenasidagi uchrashuvda mezbonlar ikki marta hisobda oldinga chiqib oldi. Avvaliga 11-daqiqada Umar Marmush ishlagan penaltini Erling Xoland aniq bajardi.

Bu gol Erling Xoland nomini Angliya Premer-ligasi tarixiga yozdi. Norvegiyalik charm to‘p ustasi musobaqa tarixida 100 ta samarali harakatni eng tez amalga oshirgan o‘yinchi sifatida rekord o‘rnatdi. Xoland Angliya Premer-ligasida gol+pas tizimi bo‘yicha 100 ballni yuztadan kam uchrashuvda to‘plagan birinchi va hozircha yagona futbolchiga aylandi. 24 yoshli forvard bu natijaga erishishi uchun 94 ta uchrashuv kifoya qildi.

“Brayton” futbolchilari Manchesterdan quruq qaytgani yo‘q. Dastlab, Xolandning goliga Estupinyan o‘n daqiqa ichida javob berdi. Uning jarimadan yo‘llagan zarbasi ustunga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi.

Mezbonlarni birinchi bo‘limning o‘zida Umar Marmush hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, “Brayton”ning safardan ochko olib qaytishiga Abduqodir Husanov ko‘maklashib yubordi. Hamyurtimiz o‘yinning 48-daqiqasida raqib yo‘llagan zarbani qaytarishga chog‘langan legionerimiz to‘pni o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi – 2:2.

Ushbu avtogol Xosep Gvardiolaga antirekord olib keldi. Bu “Manchester Siti” joriy mavsumda o‘tkazgan 40-gol bo‘ldi. Xosep Gvardiola “shaharliklar”ni 2016 yildan beri boshqarayotgan bo‘lsa, jamoa hali birorta mavsumda o‘z darvozasidan buncha ko‘p to‘p olib chiqmagan. Faqatgina ispaniyalik mutaxassis shogirdlari uning debyut mavsumi – 2016-2017 yilgi chempionatda 39 ta gol o‘tkazgan edi.

Uchrashuvdan keyin Xosep Gvardiola o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. O‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ygan Abduqodir Husanovni malomat qilgani yo‘q, aksincha o‘zbek legionerining o‘yinini maqstadi.

- Yaxshi o‘yin bo‘ldi, uchrashuv katta bosim ostida o‘tdi. Biz hozir qilayotgan ishlar juda qiyinchilik bilan bo‘layotganini juda yaxshi bilaman.

O‘yinchilar maydonda borini berdi, biz bir ochkoga ega bo‘ldik va kurashni davom ettiramiz. Albatta, ishonchim bor. Har doim shunday bo‘lgan.

Yosh futbolchilar yaxshi o‘ynadi, ayniqsa, himoyachilarimiz aql bilan harakat qildi. Ruben Diash va Abduqodir Husanov fantastik darajada o‘ynadi. "Nottingem Forest" bilan bo‘lgan o‘yinga qaraganda bu gal ancha yaxshi to‘p tepdik, ikkita gol urdik va yana darvozani ishg‘ol qilish uchun vaziyatlar yaratdik.

Biz g‘alabaga yaqin edik, lekin unga erisha olmadik, - dedi Xosep Gvardiola.

WhoScored statistika portali uchrashuvda futbolchilarning harakatlarini tahlil qilib, ularni baholadi. “Manchester Siti” o‘yinchilaridan eng kam ko‘rsatkich – 6 ball Abduqodir Husanov, Ruben Diash va Fil Fodenga berildi. Jamoaning ikkita goliga katta hissa qo‘shgan Umar Marmushning o‘yini 8,1 ballga loyiq ko‘rildi.

“Manchester Siti” navbatdagi uchrashuvini 30 mart kuni Angliya kubogi doirasida “Bornmut” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Bugun, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23