Bugun
Prezident Yaponiyada yirik investitsion kelishuvlarga erishdi
+1°
туман ветер 2.1 м/с, Ю

"Inter" "Atalanta" ustidan muhim g‘alabaga erishdi

Sport
122
"Inter" "Atalanta" ustidan muhim g‘alabaga erishdi
Italiya A Seriyasining 29-turida "Inter" jamoasi safarda "Atalanta" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuv "Atleti Azzurri d'Italia" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘limda tomonlar gol ura olmadi. Ikkinchi bo‘limda esa "Inter" tezkor hujumlar bilan ustunlikni qo‘lga kiritdi. 54-daqiqada Karlos Augusto hisobni ochdi. 87-daqiqada Lautaro Martines ikkinchi golni kiritib, jamoasi g‘alabasini ta’minladi. Uchrashuv so‘ngida "Atalanta" futbolchisi Ederson 81-daqiqada qizil kartochka oldi.

Bu g‘alaba orqali "Inter" 64 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni mustahkamladi. "Atalanta" esa 58 ochko bilan 3-o‘rinda qoldi.
👍 0❤️ 0😂 0😢 0😡 0

O‘xshash yangiliklar