Bugun
Jony 30 Yoshda: Xonandaning Yangi Loyihalari Qiziq Uyg'otmoqda
+11°
пасмурно ветер 2.7 м/с, СЗ

Toshkentda yurgan Abduqodir Husanovni Angliyada esga olishdi!

Sport
117
Toshkentda yurgan Abduqodir Husanovni Angliyada esga olishdi!
“Manchester Siti” so‘nggi yillarda Angliya futbolining gegemoniga aylanib qolganiga hech qanday shubha yo‘q. Jamoaning tarixiy natijalarida 2017 yildan beri darvozani munosib qo‘riqlab kelayotgan Edersonning xizmatlari ham katta.

Biroq joriy mavsumning birinchi yarmida yuzaga kelgan inqiroz “Manchester Siti”ning ketma-ket besh marotaba Angliya chempioni bo‘lish orzusini armonga aylantirdi. Shundoq ham Angliya chempionatlari tarixida Xosep Gvardiola shogirdlaridan boshqa hech kim Premer-ligada qatorasiga to‘rt marotaba g‘olib chiqmagan.

Nailoj, “shaharliklar” o‘z rekordlarini yana bir karra yaxshilab qo‘yish imkoniyatini qo‘ldan chiqarib bo‘lgan.

Noyabr va dekabr oylarida ro‘y bergan pasayish ortidan ancha toliqqan, jarohatlardan aziyat chekayotgan va yoshi o‘tib qolgan tarkibga zudlik bilan yangi “qon quyish”ni talab etardi. Ana shu maqsadda “Manchester Siti” qishki transferlar vaqtida 181,5 million funt sarflab, o‘z safiga Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Niko Gonsales va Vitor Reysni qo‘shib oldi.

Ayni paytda “Siti”ning asosiy nishoni – kelasi mavsum uchun Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdan iborat. “Shaharliklar” yetakchisi Ederson yanvardagi transferlar bu boradagi rejalarni amalga oshirishda jamoaga juda qo‘l kelayotganini alohida e’tirof etdi.

- Bu mavsum jamoada anchadan beri o‘ynayotgan futbolchilar uchun juda boshqacha o‘tyapti. Ayniqsa, avvalgi mavsumda erishgan natijalarimizga taqqoslasak, bu mavsumning umuman boshqacha kechayotgani yanada aniq ko‘rinadi. Jarayon juda qiyin davom etmoqda, jarohatlar ko‘p, individual harakatlarimiz ham avvalgidek zo‘r chiqqani yo‘q.

Bu futbol. Unda har doim ham o‘zingni eng yaxshi tomondan ko‘rsata olmaysan. Bu jamoaviy sport turi, bir kishi yetarli darajada ishlamasa ham, oqibati darrov bo‘y ko‘rsatadi. Joriy mavsumda yaxshi holatdan ko‘ra salbiysiga ko‘p duch keldik.

Biroq mana shunday og‘ir mavsumda ham beshinchi o‘rinda boryapmiz va Yevropa Chempionlar ligasiga chiqish uchun kuchli to‘rtlikka kirishga kurashyapmiz. Premer-ligada g‘olib chiqish imkonini qo‘ldan chiqarib bo‘ldik, endi Chempionlar ligasi va Angliya kubogi uchun harakat qilishimiz shart.

Mana shunday o‘zgacha davrda yanvardagi transferlar “Siti”ga yangi toza havo olib kirdi. Hammasi ijobiy kechdi. Bizda jarohatlar ko‘payib ketgani bois, tarkibni kuchaytirish ehtiyoji bor edi. O‘yinlar soni ko‘p va jarohatlanish ehtimoli 100 foizga oshgan.

Yangi kelgan o‘yinchilardan Abduqodir Husanov ajoyib futbolchi ekan, kelishi bilan juda zo‘r o‘ynab ketdi.

Bundan tashqari, Niko Gonsales eng muhim pozitsiyaga olib kelindi, uning vazifasi hujum yaratish va raqib hamlasini to‘xtatishdan iborat. Umar Marmush qo‘shimcha energiya bag‘ishladi. Vitor Reys ham kelajagi porloq katta iste’dod egasi ekanini bildik.

Men yangi o‘yinchilarning barchasi, xususan klubga qaytgan Klaudio Echeverrining jamoada ekanidan juda mamnunman. Bu futbolchilarning taklif etilishi kelajakka qaratilgan rejalar amalga kiritilayotganidan dalolat beradi, - dedi Ederson.

Abduqodir Husanov “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tganidan beri Angliya Premer-ligasi, Angliya kubogi va Yevropa Chempionlar ligasida jami 8 ta uchrashuv o‘tkazib, o‘z hisobiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.

Ayni paytda Toshkentda O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 2026 yilgi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirida rasmiy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rayotgan 21 yoshli markaziy himoyachining Transfermarkt portalidagi narxi 35 million yevroga ko‘tarildi.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23