Bugun
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
+14°
облачно с прояснениями ветер 1.9 м/с, СЗ

"Torino" klubini boshqarayotgan ukam Shomurodov haqida iliq gaplarni aytgan

Sport
115
"Torino" klubini boshqarayotgan ukam Shomurodov haqida iliq gaplarni aytgan
Ayni paytda Superligamizning aksar jamoalari Turkiyaning Antaliya shahrida yangi mavsum uchun oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib borishyapti. Har kuni qaysidir klublarimiz oʻzlarining nazorat bellashuvlarini oʻtkazyapti.

Navoiyning “Qizilqum” klubi kecha Gruziyaning “Samgurali” jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi va 0:0 hisobi bilan yakunlandi.

Raqib jamoa bosh murabbiyi italiyalik Rodolfo Vanoli ekanligi e'tiborimizni tortdi. Surishtirganimizda, u hozirda Italiya A seriyasida qatnashayotgan “Torino” klubi bosh murabbiyi Paolo Vanolining akasi boʻlib chiqdi.

Bahs mobaynida klub vakilidan oʻyindan soʻng murabbiy bilan biroz suhbatlashish istagimiz borligi haqida ma'lum qildik. Oʻyin yakunlangach 62 yoshli Vanoli taklifimizga rozi boʻldi. Suhbat davomida esa murabbiy italyan tilida gapirdi va soʻzlarini ingliz hamda rus tillariga tarjima qilib turishdi.

- Avvalo, oʻyindan olgan taassurotlaringiz haqida aytib oʻtsangiz.
- Birinchi navbatda biz juda xursandmiz. Boisi, yaxshi jamoa bilan oʻynadik. Biz hali jamoamizni toʻliq shakllantira olmagandik. Oʻyinchilar etishmayotgandi. Lekin bugun yosh futbolchilarimiz oʻyinga oʻzgartirish kirita oldilar.

- Siz oʻzbek futboli haqida qanday ma'lumotlarga egasiz?
- Bilamizki, Oʻzbekistonda futbol keng rivojlanib boryapti. Ancha-muncha sarmoya kiritilmoqda. Biz bundan mamnunmiz. Xorijda ham oʻzbek futbolchilari muvaffaqiyatli oʻynashmoqda. Biz ularni faqatgina oldinga intilishlarini tilab qolamiz.

- Italiya A seriyasida oʻynayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov haqida yaxshi bilsangiz kerak-a?
- Eldor Shomurodov juda yaxshi va muhim futbolchi. Koʻp yillardan beri Italiya A seriyasida oʻynab kelyapti. “Torino” klubiga mening ukam bosh murabbiylik qiladi. U ham Shomurodov haqida iliq gaplarni aytgan va ukam orqali ham Eldorni bilaman.

- Jamoangizga raqib sifatida oʻynagan “Qizilqum” xususida fikringiz qanday?
- Yaxshi jamoa va yaxshi murabbiy bor. Maydon zoʻr boʻlganida edi, bundan ham zoʻr oʻyin boʻlarmidi?! Ikkala jamoaga bu oʻyin foydali boʻldi va chempionatda omad tilayman.

O‘xshash yangiliklar

Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Bugun, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 14:23
Ronaldu jarohat oldi: tiklanish muddati noma’lum
Ronaldu jarohat oldi: tiklanish muddati noma’lum
"Al-Nasr" klubining hujumchisi Krishtianu Ronaldu shanba kuni "Al-Feyha" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda majburan almashtirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Sport Bugun, 13:37
“Manchester Siti” Gvardiola bilan muhim g‘alabaga erishdi
“Manchester Siti” Gvardiola bilan muhim g‘alabaga erishdi
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya Premer-ligasining 28-turida “Lids” ustidan qozonilgan 1:0 hisobidagi safar g‘alabasini muhim palla sifatida baholadi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 13:29