Bugun
Jony 30 Yoshda: Xonandaning Yangi Loyihalari Qiziq Uyg'otmoqda
+11°
пасмурно ветер 2.7 м/с, СЗ

O‘zbek va qirg‘iz futboli orasidagi farqni o‘z o‘yinimiz bilan ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak!

Sport
109
O‘zbek va qirg‘iz futboli orasidagi farqni o‘z o‘yinimiz bilan ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak!
Bugun O‘zbekiston Milliy terma jamoasi "JCH-2026" saralashi doirasida Qirg‘iz Respublikasi bilan kuch sinashadi. Ushbu bahs oldidan futbol jamoatchiligi, xususan, jurnalist, bloger va futbolchilarning fikrlari bilan tanishib chiqdik.

Quyida taniqli futbol blogeri Jamoliddin Bobojonovning o‘yinoldi fikrlari:

- O‘zbekiston milliy terma jamoasi tomonidan ishonchli o‘yin kutmoqdaman. Biz nafaqat hisobda, o‘zbek va qirg‘iz futboli orasidagi farqni o‘z o‘yinimiz bilan ko‘rsatib qo‘yishimiz kerak. Bishkekdagi o‘yinda raqibga "o‘zbeklar bilan harakat qilsak, teng o‘ynashimiz mumkin" degan taassurot qoldirgandik. Mana shu taassurotni chilparchin qilishimiz zarur. Nafaqat, Qirg‘iz Respublikasi, balki, futboli bizdan past bo‘lgan jamoalar bizni mag‘lub qilish hatto xayoliga kelmasin.

Bu gaplarni kerilib, qirg‘iz futboliga bepisandlik qilib gapirmayapman. Ularning futboli o‘smoqda. So‘nggi bir necha yilda futboli, infratuzilmasi, hukumat tarafdan e’tibor tomonlama Osiyo qit’asida jadallik bilan rivojlanayotgan mamlakatlardan biri. Shunday bo‘lsa-da, ikki davlat futboli orasida yaxshigina farq bor.

Xoh Germaniya - Avstriya bo‘lsin, xoh Fransiya - Belgiya bo‘lsin, qo‘shnilar bilan o‘yin juda qiyin kechadi. Yon qo‘shnichilik jihati rol o‘ynaydi. Oradagi farq kamayib ketadi va kuchsizroq deyilgan jamoa kuchliroq deyilgan qo‘shnisi ustidan g‘alaba qozonishni ko‘proq istaydi. Qirg‘iz Respublikasida ham xuddi shunday motivatsiya bor. Bu ularning quroli.

O‘zbekiston uchun tezkor gol juda muhim. Agar biz o‘yinni 15-daqiqasiga qadar hisobni ochib, hujumkor o‘yinni davom ettirsak, bugungi uchrashuvda yirik hisobda g‘alaba qozonishimiz mumkin.

Taxminiy hisobim - 3:0. Gollarni qaysi azamatimiz urishini esa umuman farqi yo‘q.

O‘xshash yangiliklar

Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Rossiya ayollar terma jamoasi BAAda belgilangan reja bo'yicha ishtirok etadi
Birlashgan Arab Amirliklarida o‘tkazilayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar terma jamoasining rejalariga Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat ta’sir qilmaydi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 16:04
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Messi va Maradona ilk uchrashuvi haqida so‘zladi
Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi Diego Armando Maradona bilan ilk bor qanday uchrashgani haqida xotiralarini o‘rtoqlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U bu voqea Maradonaning
Sport Kecha, 15:37
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
Ronaldu: "Muhim g‘alaba, birga o‘sishda davom etamiz!"
"Al-Nasr" futbol klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida "Al-Feyha" jamoasi ustidan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlarini ijtimoiy
Sport Kecha, 15:20
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Rossiya ayollar jamoasi turnir rejasini o‘zgartirmadi
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) o‘tayotgan xalqaro turnirda ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi rejasini o‘zgartirishsiz davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Kecha, 15:15
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Garri Keyn: Levandovski rekordini yangilash hali erta
Myunxenning "Bavariya" klubi hujumchisi Garri Keyn navbatdagi o‘yindan so‘ng Robert Levandovskining Bundesliga rekordiga doir savollarga javob berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Kecha, 14:47
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Rossiya ayollar jamoasi Pink Ladies Cupda ishtirok etmoqda
Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) xalqaro musobaqada ishtirok etayotgan Rossiya ayollar futbol terma jamoasi o‘z dastlabki rejalari doirasida harakat qilishda davom etmoqda. Bu haqda Zamin.uz
Sport Kecha, 14:23