Bugun
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari keyinga qoldirildi
+11°
пасмурно ветер 4.7 м/с, В

A Seriya. "Inter" - "Roma": Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi

Sport
125

A Seriya. "Inter" - "Roma": Mashhur saytlar o‘yin natijasini taxmin qildi
Italiya A Seriyasining 34-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar orasida markaziy bellashuv sifatida "Inter" va "Roma" klublari o‘rtasidagi bahs e’tirof etilmoqda. Bu o‘yin muxlislar va ekspertlar orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda.

Sababi, Eldor Shomurodov yetakchiligidagi rimliklar bir necha turdan buyon mag‘lubiyatsiz seriyani davom ettirib, ajoyib sport formasini namoyish etib kelmoqda. Simone Indzagi boshqaruvidagi milanliklar esa bu mavsum chempionlik uchun kurashda "Napoli" bilan jiddiy raqobatga kirishgan.

Bu muhim uchrashuv oldidan bir qator nufuzli sayt va tahlilchilar o‘z taxminiy natijalarini e’lon qilishdi.

Jumladan, "Sports Mole" sayti tahlilchilari bu bellashuvda ikki jamoa kuchlari teng ekanligini ta’kidlab, hisob 1:1 ko‘rinishidagi durang bilan tugashini taxmin qilishmoqda.

"Sportsgambier" tahlilchilari esa "Inter"ning o‘z uyida ustunlikka ega bo‘lib, 2:0 hisobida zafar quchishi ehtimolini yuqori baholashgan.

"Goal" nashri ham ikki jamoa o‘rtasidagi kuchlar nisbatan teng ekaniga ishora qilib, 1:1 natijasi eng real ko‘rinayotganini qayd etgan.

Umuman olganda, ko‘plab mutaxassislar va sport nashrlari bugungi muhim uchrashuvda durang natija qayd etilishini taxmin qilishmoqda.

Eslatib o‘tish joizki, futbol muxlislari katta qiziqish bilan kutayotgan mazkur markaziy bellashuv bugun, 27 aprel kuni Toshkent vaqti bilan soat 18:00 da start oladi. Uchrashuv yakuni A Seriyadagi yuqori o‘rinlar taqdiri uchun katta ahamiyat kasb etishi mumkin.

O‘xshash yangiliklar

"Lion" va "Nyukasl" tezkor gollarda yetakchilik qilmoqda
"Lion" va "Nyukasl" tezkor gollarda yetakchilik qilmoqda
Fransiyaning "Lion" va Angliyaning "Nyukasl" jamoalari Yevropaning top-5 ligalari orasida uchrashuvlarning dastlabki besh daqiqasida urilgan gollar soni bo‘yicha eng yuqori
Sport Bugun, 09:23
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari keyinga qoldirildi
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari keyinga qoldirildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) tomonidan Osiyo Chempionlar Ligasi doirasida Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvlar boshqa vaqtga ko'chirilganini
Sport Bugun, 09:16
Yulian Nagelsmann Musiala va Haversni tarkibga qaytaradi
Yulian Nagelsmann Musiala va Haversni tarkibga qaytaradi
Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann uzoq muddat maydonga tushmagan Jamal Musiala va Kay Haversni yana tarkibga qaytarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Bu
Sport Bugun, 08:38
"Metc"ning Mag'lubiyatlari 17 taga Yetdi: Xavfli Holat
"Metc"ning Mag'lubiyatlari 17 taga Yetdi: Xavfli Holat
Fransiya Ligue 1 chempionatining 24-turida "Metc" jamoasi uchun yana bir omadsiz yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoa "Brest" klubiga qarshi o'yinda
Sport Bugun, 08:21
Eron terma jamoasi jahon chempionatidan chetlatilishi mumkin
Eron terma jamoasi jahon chempionatidan chetlatilishi mumkin
Yaqin Sharqdagi siyosiy vaziyat sababli Eron terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etmasligi ehtimoli ortib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Turnir asosan AQSHda o'tkazilishi
Sport Bugun, 08:10
«Shanxay Shenxua» pley-off orzusidan mahrum bo'ldi
«Shanxay Shenxua» pley-off orzusidan mahrum bo'ldi
Osiyo Chempionlar ligasida «Shanxay Shenxua» jamoasi yetti turdan so'ng pley-offga chiqish imkoniyatidan mahrum bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 8-turda ular «Buriram Yunayted»ga
Sport Bugun, 08:06