Bugun
Pokistonning Kobulga havo hujumi yuzlab halok bo‘ldi
+12°
пасмурно ветер 1.7 м/с, В

“Andijon”ni mag‘lub etgan “Neftchi” bosh murabbiyining o‘yin haqidagi fikrlari

Sport
113
“Andijon”ni mag‘lub etgan “Neftchi” bosh murabbiyining o‘yin haqidagi fikrlari
Superliganing 9-turida “Andijon”ga qarshi o‘yindan keyin “Neftchi” bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- Menimcha, o‘yin barcha uchun qiyin o‘tdi. Chunki ikkala jamoa ham vodiydan, shu sababli barcha 100 foiz kuchi bilan maydonga tushdi. O‘yin boshidan oxirigacha barcha - futbolchilar, murabbiylar shtabidan tortib, muxlislargacha bosim ostida bo‘lib turdi. shunday qiyin o‘yinda 3 ochko olganimizdan xursandman.

- O‘tgan o‘yinlarga qaraganda bu safar ko‘proq rotatsiya kuzatildi.

- Tarkibimizda kasal bo‘lib qolgan futbolchilar bor. Shuningdek, ayrim futbolchilarimizda shamollash belgilari yo‘qolmagan. Shuni hisobga olgan holda jamoa tarkibida kim sog‘lom holatda bo‘lib tursa, o‘sha maydonga tushyapti va jamoaga foyda keltirishga harakat qilyapti. Agarda barcha futbolchilar safga qaytadigan bo‘lsa, rotatsiyani sifatga qarab emas, kattaroq masshtabda amalga oshirishimiz mumkin.

- So‘nggi paytlarda Toma Tabatadzega sermahsullik yetishmayapti. Uning gollar ura olmayotgani haqida nima deya olasiz?

- Uning mushaklarida jarohati bor edi. U yaqindagina mashg‘ulotlarga qo‘shildi va to‘laqonli shug‘ullanishni boshladi. Unga o‘zining yuqori holatiga kelib olishi uchun vaqt beryapmiz. Toma tezroq o‘ziga kelib olishini istayman. O‘yinda unda vaziyatlar bo‘lyapti, barcha buni ko‘rib turibdi. Bulardan foydalanish va ikki taym o‘ynashga harakat qilish kerak. U jamoada raqobat kattaligini yaxshi biladi, shu sababli u keyingi o‘yinga 100 foiz tayyor bo‘lishiga harakat qilamiz.

- “Andijon”ning hozirgi holati unchalik yaxshi emas. Raqibga qanday baho bera olasiz?

- Tarkib yomon emas, sifatli futbolchilar ko‘p. Mavsum oldidan klub yaxshi ishlarni olib bordi deb o‘ylayman. Bizda ham ularda ham jamoa deyarli yangi va maydonda yana-da yaxshiroq o‘yin ko‘rsatib, barchani quvnatishimiz uchun ikkimizga ham vaqt kerak. Sovugan miyaga barchasini taxlil qilib chiqish kerak. Jamoada o‘yin bor. Shunchaki kichik detallarni yaxshilab olish kerak. “Andijon”ga navbatdagi o‘yinlarda omad va ushbu mavsum oldidan qo‘yilgan maqsadlarini bajarishda muvaffaqiyat tilab qolaman.

- G‘alabani kimga bag‘ishlaysiz?

- Barcha muxlislar ushbu g‘alabani istashgandi. Shu sababli ilk navbatda bu g‘alaba ularniki. Ikkinchidan esa maydonga tushib, muxlislar uchun o‘ynagan futbolchilar ruhiy rohat olishlari kerak. Bugun futbolchilar ham, murabbiylar ham, muxlislar ham rohat olishdi.

O‘xshash yangiliklar

Sporting Bude Glimt ustidan Chempionlar Ligasi finalida g‘alaba qozondi
Sporting Bude Glimt ustidan Chempionlar Ligasi finalida g‘alaba qozondi
Lissabondagi “Jose Alvalade” stadionida Sporting va Bude-Glimt jamoalari o‘rtasida UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliya
Sport Bugun, 01:42
Manchester Siti Real Madridni qabul qiladi UEFA Chempionlar ligasi
Manchester Siti Real Madridni qabul qiladi UEFA Chempionlar ligasi
Bugun Yevropa futbolida yilning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. UEFA Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob o‘yini doirasida Pep Gvardiola
Sport Bugun, 00:12
Manchester Siti Realga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi
Manchester Siti Realga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi
Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvi arafasida “Manchester Siti” o‘z maydonida Madridning “Real” klubini qabul qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin
Sport Kecha, 23:36
Manchester Siti tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka intiladi
Manchester Siti tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka intiladi
«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Fernandino bugungi kechada jamoa uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning so‘zlariga
Sport Kecha, 23:02
Chelsi va PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yini
Chelsi va PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yini
Bugun, 17 mart kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 1/8 final javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda Angliyaning “Chelsi” hamda Fransiyaning
Sport Kecha, 22:31
Mehnatkash futbolchilar reytingida Valverde yetakchi Abduqodir Husanov ham bor
Mehnatkash futbolchilar reytingida Valverde yetakchi Abduqodir Husanov ham bor
Jahon futbolida gollar va assistlar bilan ko‘zga tashlanmaydigan, ammo jamoaning yurak urishi bo‘lib xizmat qiladigan mehnatkash futbolchilar ko‘p uchraydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The
Sport Kecha, 21:16