Bugun
Pokistonning Kobulga havo hujumi yuzlab halok bo‘ldi
+12°
пасмурно ветер 1.7 м/с, В

"Neftchi"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Andijon" murabbiyi nimalar dedi?

Sport
131
"Neftchi"ga qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘lgan "Andijon" murabbiyi nimalar dedi?
Superliganing 9-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o‘yindan keyin "Andijon" vaqtinchalik bosh murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida

- Muxlislar g‘alaba kutgan edi. O‘yinni juda zo‘r tashkil qiladigan jiddiy raqibga qarshi o‘ynadik. Raqibning birinchi va ikkinchi hududiga o‘ta oldik. Faqatgina hujumni yakunlashda muammolarga duch keldik. Raqib bizga imkoniyat bermadi va biz ham deyarli vaziyat yarata olmadik. Ikki vaziyatda biz raqibni qarshi hujumda ushladik, keyinchalik ular to‘p yo‘qotilgandan keyin bunday holat kuzatilishi mumkin deb, bu jihatda ham o‘ynashdi. Raqibni yana bir bor g‘alaba bilan tabriklayman. Ular adolatli g‘alabaga erishishdi va bizni to‘laqonli jazolashdi.

- Jamoani o‘yinga bosh murabbiysiz tayyorlash Sizga qiyin bo‘ldimi?

- Butun bir jamoaning ruhiy holati juda og‘ir darajada. Ketma-ket besh mag‘lubiyat, jamoaning bosh murabbiysiz qolishi. Jamoa o‘rtada uyg‘ongandek ko‘ringandi, biroq bu yetarlicha bo‘lmagan ekan. Menimcha bizga qiyin holatdan chiqib olish uchun vaqt yetmayapti. Hozir har 3-4 kunda o‘yin. Ketma-ket mag‘lubiyat, mag‘lubiyat, mag‘lubiyat - barcha futbolchilar ruhiy jarlikda. Bundan chiqib olish uchun 3-4 kun kamlik qiladi.

- Bugungi uchrashuvda maydoni markazi deyarli boy berildi. Bu haqida fikringiz qanday?

- "Neftchi"ning futbolchilar biznikilardan kuchlilik qildi. Biz faqatgina markazni emas, to‘p yo‘qotilgandan keyin barcha o‘z joyiga tushib olishi degan narsa bor, shu jihatni yo‘qotib qo‘ydik. Raqiblarning markazdagi futbolchilari biznikilardan tezroq. Raqib jarima maydonchasi va o‘z jarima maydonchamizda futbolchilarning mahorati farqlanib turibdi. Masalan biz raqib jarima maydonchasi ichiga kirolmagan bo‘lsak, raqiblar 3-4 vaziyatdan ikkita gol urishdi. Mana farq.

- Bugungi urilgan gollarning ikkalasida ham Oleg Zoteyevning aybi bor. U jamoa sardori sifatida o‘ynamoqda. Mavsum boshidagi Oleg Zoteyevdan asar ham yo‘q. Uning o‘yini haqida nima deya olasiz?

- Birinchi gol Oleg Zoteyevning qanotidan urilmadi. U to‘p uchun kurashdi va g‘olib bo‘ldi. Keyin to‘pni yo‘qotdik. Uzatma vaqtida o‘ng qanot himoyachimiz joyini yo‘qotib qo‘ydi, Sayfiyev gol urib ketdi. Ikkinchi golda Siz aytganingizdek, uning aybi bor. Zoteyev birga bir holatda yutqazdi. Nima ham deya olardim... Istalgan futbolchi xato qiladi. Birorta xato qilmaydigan futbolchi yo‘q. Barcha futbolchilar undan mamnun. Balki yosh o‘z ta’sirini o‘tkazayotgandir. Lekin Oleg o‘z ishiga professional yondashadi, mashg‘ulotlarda bor kuchi bilan ishlaydi va asosiy tarkibga loyiq futbolchi.

- Bugungi uchrashuvda yarim himoyachi Rustam Turdimurodov o‘rniga Usmonali Ismonaliyev maydonga tushdi, keyinchalik tezda himoyachi o‘rniga hujumchi Islam Mashukovni o‘yinga qo‘shdingiz. Bu taktik qarashingiz bilan bog‘liqmidi?

- Bu vabank. Usmonaliga hujumda o‘ynash yangilik emas. Oldin "Andijon"da ham, "Bunyodkor"da ham hujumda o‘ynagan. Bizga hujumda chaqqon futbolchi kerak edi. Biroq rejalarimiz o‘xshamay qoldi.

O‘xshash yangiliklar

Sporting Bude Glimt ustidan Chempionlar Ligasi finalida g‘alaba qozondi
Sporting Bude Glimt ustidan Chempionlar Ligasi finalida g‘alaba qozondi
Lissabondagi “Jose Alvalade” stadionida Sporting va Bude-Glimt jamoalari o‘rtasida UEFA Chempionlar Ligasi 1/8 finalining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Portugaliya
Sport Bugun, 01:42
Manchester Siti Real Madridni qabul qiladi UEFA Chempionlar ligasi
Manchester Siti Real Madridni qabul qiladi UEFA Chempionlar ligasi
Bugun Yevropa futbolida yilning eng kutilgan uchrashuvlaridan biri bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. UEFA Chempionlar ligasi nimchorak finalining javob o‘yini doirasida Pep Gvardiola
Sport Bugun, 00:12
Manchester Siti Realga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi
Manchester Siti Realga qarshi asosiy tarkibini e’lon qildi
Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining javob uchrashuvi arafasida “Manchester Siti” o‘z maydonida Madridning “Real” klubini qabul qiladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yin
Sport Kecha, 23:36
Manchester Siti tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka intiladi
Manchester Siti tarixiy imkoniyatni boy bermaslikka intiladi
«Manchester Siti»ning sobiq yarim himoyachisi Fernandino bugungi kechada jamoa uchun tarixiy imkoniyat yuzaga kelishi mumkinligini ta'kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning so‘zlariga
Sport Kecha, 23:02
Chelsi va PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yini
Chelsi va PSJ Yevropa Chempionlar Ligasi javob o‘yini
Bugun, 17 mart kuni Yevropa Chempionlar Ligasi 2025/2026 yilgi mavsumining 1/8 final javob o‘yini bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu o‘yinda Angliyaning “Chelsi” hamda Fransiyaning
Sport Kecha, 22:31
Mehnatkash futbolchilar reytingida Valverde yetakchi Abduqodir Husanov ham bor
Mehnatkash futbolchilar reytingida Valverde yetakchi Abduqodir Husanov ham bor
Jahon futbolida gollar va assistlar bilan ko‘zga tashlanmaydigan, ammo jamoaning yurak urishi bo‘lib xizmat qiladigan mehnatkash futbolchilar ko‘p uchraydi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. The
Sport Kecha, 21:16