Bugun
Antonio Paganin: "Napoli" chempionlikni himoya qila olmaydi
+12°
пасмурно ветер 1.4 м/с, ЮЗ

Abduqodir Husanovning “Siti”dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Sport
105
Abduqodir Husanovning “Siti”dagi kelajagiga oydinlik kiritildi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning yanvarda “Lans”dan “Manchester Siti”ga ko‘chib o‘tgani 2025 yilning eng shov-shuvli transferlaridan biri bo‘ldi.

Darhaqiqat, qishki transferlar oynasi davrida o‘zbek futbolchisiga Yevropaning yigirmaga yaqin klubi qiziqish bildirdi. Ular orasida bu transferga jiddiy kirishgan jamoalar ham bo‘ldi.

Yakunda “Manchester Siti” bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda 50 million yevro tikib, 20 yoshli markaziy himoyachini ilib ketdi.

Shu tariqa, Abduqodir Husanovning Angliya futbolidagi sarguzashtlari boshlandi. Angliya Premer-ligasidagi birinchi o‘zbek futbolchisi juda yaxshi taassurot qoldirmoqda. Hatto Angliya kubogi doirasida birinchi golini ham urishga muvaffaq bo‘ldi.

Rossiyalik taniqli futbol agenti Dmitriy Selyuk Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”dagi kelajagiga baho berdi.

- Abduqodir Husanovni qanday katta summaga transfer qilishganini inobatga olsak, Xosep Gvardioda bu futbolchining xizmatlaridan voz kechmaydi.

O‘ylashimcha, agar Abduqodir qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ymasa, unga muntazam o‘yin amaliyoti beriladi. Nima bo‘lishidan qat’i nazar, Husanovning “Manchester Siti”da o‘zini ko‘rsatishi uchun yetarlicha imkoniyati bo‘ladi, - dedi Dmitriy Selyuk.

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ham jurnalistlar bilan muloqotlarda bir necha bor o‘zbek futbolchisi haqida fikr bildirdi. Ularning birortasida ispaniyalik mutaxassis yangi shogirdini tanqid qilgani yo‘q. Hatto Abduqodir “Chelsi”ga qarshi debyut uchrashuvining dastlabki besh daqiqasida golga sababchi bo‘lgan va sariq kartochka olgan vaziyatda ham “shaharliklar”dan hech biri unga malomat qilmadi. Aksincha, Gvardioladan tortib, Ederson, Akanji, Kevin de Bryuyne, Xoland kabi yulduzlar uni qo‘llab-quvvatladi.

Xosep Gvardiola esa, 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchidan umidi katta ekanini yashirgani yo‘q.

- Abduqodir Husanov kelajakda buyuk futbolchiga aylanishi mumkin. Unda biz ko‘rgan salohiyat uni yuksak darajaga ko‘taradi. Bu hammamiz uchun manfaatli bo‘ladi.

Menga Abduqodirning to‘p bilan ishlashdagi sovuqqonligi, o‘ta tezkorligi juda ma’qul keldi. Endi qaror qabul qilish xususiyatini yaxshilashi lozim va bu xususiyat yoshga bog‘liq masala hisoblanadi, - dedi Xosep Gvardiola.

Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov futbolning dastlabki sir-asrorlarini “Bunyodkor” akademiyasida o‘rgangan. Professional faoliyatini 2022 yili Belarusning “Energetik-BGU” klubida boshladi.

Bir yildan keyin uni Fransiyaning o‘sha paytdagi vitse-chempioni “Lans” olib ketdi. Fransiyada bir yarim yil to‘p tepgan hamyurtimiz nihoyat “Manchester Siti”dan qo‘nim topdi. Abduqodir Husanov “Lans”ning eng qimmatbaho transferi bo‘ldi.

O‘xshash yangiliklar

Pimenov: Rossiya uchun har bir o‘yin foydali
Pimenov: Rossiya uchun har bir o‘yin foydali
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu
Sport Bugun, 07:45
Antonio Paganin: "Napoli" chempionlikni himoya qila olmaydi
Antonio Paganin: "Napoli" chempionlikni himoya qila olmaydi
Milanning “Inter” klubi sobiq futbolchisi Antonio Paganin “Napoli” joriy mavsumda o‘tgan yilgi chempionlik unvonini himoya qila olmasligini ta’kidladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning fikricha,
Sport Bugun, 07:22
Ronaldu Yevropaga qaytishi mumkinmi?
Ronaldu Yevropaga qaytishi mumkinmi?
Krishtianu Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» klubida faoliyatini davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U yaqinda klub bilan munosabatlarini tiklab, maydonga qaytishni
Sport Bugun, 06:47
Pimenov: Mali va Gvatemalaga qarshi o‘yinlar foydali bo‘ladi
Pimenov: Mali va Gvatemalaga qarshi o‘yinlar foydali bo‘ladi
Rossiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Ruslan Pimenov 2026 yil mart oyida o‘tkazilishi kutilayotgan BetBoom o‘rtoqlik uchrashuvlari haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 06:12
Ikardi "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legioner bo‘ldi
Ikardi "Galatasaray" tarixidagi eng sermahsul legioner bo‘ldi
Turkiya Superligasining 22-turida "Galatasaray" jamoasi "Eyupspor"ni 5:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ushbu uchrashuvning qahramoni
Sport Bugun, 04:55
«Benfika» va «Real» o‘rtasidagi bahsga tayyorgarlik
«Benfika» va «Real» o‘rtasidagi bahsga tayyorgarlik
Bugun, 2026-yil 17-fevral kuni Portugaliyaning Lissabon shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Chempionlar ligasi 1/16 final bosqichi doirasidagi ilk uchrashuvda «Benfika» klubi Madridning «Real»
Sport Bugun, 04:31