Bugun
Frank Riberi "Epshteyn fayllari"da ayblovlarga duch keldi
+7°
пасмурно ветер 2.9 м/с, СЗ

Husayn Norchayev: "Kubokni qurbon qilish rejamiz yo‘q edi"

Sport
45
Husayn Norchayev: "Kubokni qurbon qilish rejamiz yo‘q edi"
O‘zbekiston kubogi "B" guruhi 3-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Nasaf" (6:3) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar hujumchisi Husayn Norchayev o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Mag‘lubiyatga nima sabab bo‘ldi?
- Qiyin o‘yin bo‘ldi. Mag‘lubiyatga asosiy sabab nima ekanligini bilmayman. Futbolda bu hol uchrab turadi. Endi buni unutib, keyingi o‘yinga tayyorgarlik ko‘ramiz.

- "Bunyodkor"ga qarshi o‘yindagi qo‘ldan chiqarilgan g‘alabaning bugungi o‘yinga ruhiy ta’siri bormidi?
- Yo‘q, sababi biz har bir o‘yinga alohida tayyorgarlik ko‘ramiz. Diqqatimizni Superligaga qaratishimiz darkor.

- "Nasaf" o‘tgan yili kubokni qurbon qilish evaziga bor e’tiborini Superligaga qaratib, chempionlikni qo‘lga kiritgandi. "Paxtakor"ga qarshi o‘yindan avval jamoani faqat g‘alaba qoniqtirardi. Shunga qaramay, dastlab aralash tarkib maydonga tushdi. Buni qarshiliklarning ushbu turnirga bor diqqatini qaratmaganligi bilan izohlash mumkinmi?

- Yo‘q, unday emas. Tarkibdagi barcha futbolchilar yaxshi holatda. "Paxtakor"ga qarshi bahsda avvalgi o‘yinlarda maydonga tushmagan o‘yinchilarga imkon berildi. Barchamizning jismoniy va ruhiy holatimiz bir xil, deb o‘ylayman. Shu sababli, barchaga imkon berilishi lozim. Hali oldinda o‘yinlar ko‘p. Muxlislar bizni qo‘llab-quvvatlab turishsin, ularni xursand qilishga harakat qilamiz.

O‘xshash yangiliklar

Frank Riberi "Epshteyn fayllari"da ayblovlarga duch keldi
Frank Riberi "Epshteyn fayllari"da ayblovlarga duch keldi
So‘nggi kunlarda dunyo bo‘ylab katta shov-shuvga sabab bo‘lgan "Epshteyn fayllari" futbol olamiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Mazkur hujjatlar orasida Fransiya
Sport Bugun, 11:16
Arne Slot: Bu mavsum “Liverpul” uchun katta sinov
Arne Slot: Bu mavsum “Liverpul” uchun katta sinov
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot joriy mavsumni o‘z faoliyatidagi eng qiyin va murakkab sinovlardan biri sifatida baholadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Uning fikricha, bu yilgi mavsumda o‘yin
Sport Bugun, 10:48
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi boshlandi
Chempionlar ligasi pley-off bosqichi boshlandi
Chempionlar ligasining guruh bosqichi yakunlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Endi musobaqa pley-off bosqichiga o‘tdi. Bu bosqichda 16 ta jamoa o‘zaro to‘qnashib, 1/8 final uchun 8 ta yo‘llanma
Sport Bugun, 10:34
Georgiy Jikiya: "Antalyaspor"da hammasi yaxshi
Georgiy Jikiya: "Antalyaspor"da hammasi yaxshi
"Antalyaspor" jamoasi himoyachisi Georgiy Jikiya Turkiyadagi faoliyati va jamoada kechayotgan ishlari haqida qisqacha fikr bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 32 yoshli futbolchining
Sport Bugun, 10:15
Ronaldu "Al-Nasr"da qolsa, murabbiy ham qoladi
Ronaldu "Al-Nasr"da qolsa, murabbiy ham qoladi
Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" futbol jamoasi atrofida yangi muhokamalar boshlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Jamoaning bosh murabbiyi Jorje Jezushning kelajagi Krishtianu
Sport Bugun, 10:04
Masharipov va Aliqulov Italiyada sog‘aymoqda
Masharipov va Aliqulov Italiyada sog‘aymoqda
O‘zbekiston milliy terma jamoasining ikki a’zosi — Jaloliddin Masharipov va Husniddin Aliqulov hozirda Italiyada tiklanish jarayonlarini davom ettirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ular
Sport Bugun, 09:56