Bugun
O'zbekistonda yog'ingarchilik va tuman kutilmoqda
+11°
пасмурно ветер 1.6 м/с, С

Abduqodir Husanovga Gvardioladan xushxabar...

Sport
98
Abduqodir Husanovga Gvardioladan xushxabar...

Evropa Chempionlar ligasi doirasida “Real” futbolchilari Xosep Gvardiolaning uzoq yillik shogirdlari davri oʻtganini pley-offning ikki oʻyinida ham koʻrsatib qoʻydi.

Bu bahslarda “shaharlik” yulduzlarning davri oʻtgani, ispaniyalik mutaxassis tarkibni yangilash ishlarini boshlash maqsadida yanvardan e'tiboran yangi ijrochilarni jamoaga jalb qilayotgani amalga oshirish zarur boʻlgan eng toʻgʻri yoʻl ekani oʻz isbotini topdi.

Endi Xosep Gvardiola nafaqat jamoasining buguni, balki ertasini oʻylab ham qaror chiqarishiga toʻgʻri keladi. Bu toʻqnashuvlardan keyin Pep oʻzi bir necha yillar davomida suyanib kelgan yulduzlarning qahramonliklari oʻtmishda qolgani, davri oʻtib boʻlganini tan olishga majbur boʻldi.

Odatda, “Reyal”ga qarshi uchrashuvlarda yutqazish aksariyat jamoalar uchun hayratlanarli natija emas. Lekin “Manchester Siti” u jamoalar darajasida boʻlmasligi kerak. Chunki Xosep Gvardiola shogirdlari treblga erishgan oxirgi va ketma-ket Angliya chempionligini qoʻlga kiritgan yagona jamoa hisoblanadi.

Endi Xosep Gvardiola zimmasida murakkab vazifa turibdi. U yuqori maqsadlar sari kurashishga qodir yangi jamoa shakllantirishi kerak. Hozirgi “Manchester Siti” mavsum davomida necha marotaba gʻalaba qozonsa, yana shuncha magʻlub boʻladigan jamoaga aylanib boʻldi.

Joriy mavsum yakunlanib, navbatdagi boshlangan paytda “Manchester Siti”da yoshi 30 ga etgan va undan oʻtgan futbolchilar soni oʻn nafardan oʻtadi. Ekspertlarning ta'kidlashicha, bir necha yillar davomida jahon futboli sahnasida porlagan Jek Grilish, Kevin de Bryuyne, Bernardu Silva, Jon Stounz, Mateo Kovachich, Ilkay Gyundogʻan va Edersonning yulduzli onlari tugab boʻlgan.

Endi “Manchester Siti” Britaniya futboli tarixida rekord summa – 100 million funtga olingan Jek Grilish qatorida yoshi oʻtib borayotgan oʻyinchilarning aksariyati bilan xayrlashishi kutilmoqda. Ketish missiyasini Kayl Uoker boshlab berdi. Jamoaning sobiq sardori endi ijara muddati tugaganida ham “Milan”dan qaytmaydi. Klub rahbariyati birin-ketin qolgan yulduzlarga ham chiqish eshigini ochadi.

Britaniya futbolini yoritayotgan dailystar.co.uk portali eksperti Jeremi Grossning ta'kidlashicha, Xosep Gvardiola tarkibni yangilashga yanada kuchliroq e'tibor beradi.

- Gvardiola endi yanvarda olingan yangi oʻyinchilar, xususan, Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Umar Marmush va Vitor Reysga koʻproq oʻyin vaqti ajartishga qaror qildi. Zotan, bu ijrochilardan uch nafari oxirgi uchrashuvlarda boshlangʻich tarkibda maydonga tushmoqda.

Endi bu oʻyinchilar qatoriga “Lans”ga ijaraga berilgan markaziy himoyachi Juma Ba, “River Pleyt”da oʻynayotgan hujumkor futbolchi Klaudio Echeverri ham qoʻshiladi.

Xosep Gvardiola maydon markaziga “Bayer”ning 21 yoshli yulduzi Florian Virsni olib kelinishini intizorlik bilan kutyapti. “Yuventus” himoyachisi Andre Kambyasoning transferi ham yozga moʻljallangan, - deb yozmoqda Jeremi Gross.

Pepning oʻzi ham jamoada oʻzgarishlar davri kelganini tan oldi.

- Biz ilgari zoʻr jamoa boʻlganmiz, lekin hozir bunday emas. Bu dunyoda hech narsa abadiy boʻlmaydi. Jumladan, jamoamizda yoshi oʻtib qolayotgan oʻyinchilar bor. Shu bois, tarkibni yangilay boshladik, - dedi Xosep Gvardiola.

Darhaqiqat, “Manchester Siti” murabbiylar shtabi 20 yoshli futbolchimiz Abduqodir Husanovga katta ishonch bildirmoqda. Jamoaga qoʻshilganiga bir oy boʻlgan legionerimiz uchta katta turnir – Premer-liga, Angliya kubogi va Evropa Chempionlar ligasida debyutini nishonlab boʻldi.

Mavsum oxiriga qadar Husanov oʻz jamoadoshlari bilan birga chempionatda kuchli toʻrtlikdan joy olish va Angliya kubogida bosh sovrin uchun kurashni davom ettiradi.

O‘xshash yangiliklar

Gvardiola: Holandning Holati Yaxshi, Qaror Keyinroq
Gvardiola: Holandning Holati Yaxshi, Qaror Keyinroq
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoaning muhim o‘yinlari oldidan Erling Holandning holati haqida yangilik berdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Angliya Premer-ligasida
Sport Bugun, 21:33
"Manchester Siti" Livramento uchun 70 million funt taklif qilmoqda
"Manchester Siti" Livramento uchun 70 million funt taklif qilmoqda
Angliya futbolida yozgi transfer oynasi yaqinlashar ekan, yana bir shov-shuvli xabar muxlislar diqqatini tortdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Qator manbalarga ko'ra, "Manchester
Sport Bugun, 21:08
"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuv
"Real" va "Manchester Siti" o'rtasidagi qiziqarli to'qnashuv
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali qur’asi haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U
Sport Bugun, 20:23
Eron ayollar jamoasi madhiya paytida jim qoldi
Eron ayollar jamoasi madhiya paytida jim qoldi
Osiyo Kubogi doirasida Eron ayollar milliy jamoasi Janubiy Koreyaga qarshi o‘tgan uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Ammo bu o‘yindan ko‘ra ko‘proq
Sport Bugun, 20:12
"Real Madrid"ning chempionlik umidlari so'nmoqda
"Real Madrid"ning chempionlik umidlari so'nmoqda
Ispaniya chempionatining 26-turida "Xetafe"ga qarshi o'yinda kutilmagan mag'lubiyat "Real Madrid"ning chempionlik uchun kurashiga jiddiy zarba berdi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 20:03
Bernardu Silva Manchester Sitiga sadoqatini yana tasdiqladi
Bernardu Silva Manchester Sitiga sadoqatini yana tasdiqladi
Manchester Siti sardori Bernardu Silva klubdagi kelajagi haqida savollar ko'payayotgan bir vaqtda, muxlislar uchun iliq va samimiy so'zlar aytdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Sport Bugun, 16:25