Bugun
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari sanalari o'zgartirildi
+10°
пасмурно ветер 3.1 м/с, ЮВ

Yurt shaʼnini yuksaltirganlar: NAFKU Osiyo chempionatini kumush bilan boshladi

Sport
25
Yurt shaʼnini yuksaltirganlar: NAFKU Osiyo chempionatini kumush bilan boshladi
Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan “Asia Auto Gymkhana Championship 2025” musobaqasining birinchi bosqichi O‘zbekiston avtosport jamoasi uchun yorqin va yuksak natijalar bilan boshlandi. Mamlakatimiz sharafini himoya qilgan NAFKU jamoasi musobaqaning dastlabki bosqichida kuchli jamoalar qatoridan joy egallab, xalqaro arenalarda o‘zini munosib namoyon etmoqda.

Dilshod Yusupov – saralashdagi porloq natija

Musobaqaning mashg‘ulot qismida Dilshod Yusupov eng yaxshi vaqtni qayd etib, saralash bosqichida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bu natija uning yuqori darajadagi mahorat va tayyorgarligidan dalolat berdi.

Juftlik bahsida kumush medal

Juftlik bahslari yana-da qizg‘in tarzda o‘tdi. Dilshod Yusupov va Alim Ahmadjonov dueti yuqori tezlik, aniq harakatlar va mukammal muvofiqlik bilan katta taassurot qoldirdi. Ular erkaklar juftlik bahsida kuchli raqiblar orasida kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu esa jamoaviy reytingdagi yuqori o‘ringa yo‘l ochdi.

O‘zbekiston – umumjamoa hisobida ikkinchi

Birinchi bosqich yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Bu natija – nafaqat pilotlar, balki butun murabbiylar shtabi va avtosport ishqibozlari uchun ham g‘urur tuyg‘usini ulashmoqda.

Final Toshkentda bo‘lib o‘tadi

Oldinda chempionatning yana to‘rtta bosqichi qoldi. Ularning har biri xalqaro sport maydonlarida — Shri-Lanka, Hindiston va Taypeyda o‘tkaziladi. Eng qizig‘i va tarixiy jihatdan muhim final bosqichiga esa O‘zbekiston mezbonlik qiladi. Bu o‘z navbatida nafaqat yurtimizda avtosportga bo‘lgan qiziqishni yana-da oshiradi, balki mamlakatimiz nufuzini xalqaro maydonda yana-da mustahkamlaydi.

Avtomotosportning bu ko‘rinishi nafaqat texnik mahorat, balki strategiya va jamoaviy harakatni talab qiladi. NAFKU jamoasi birinchi bosqichdagi muvaffaqiyatlari bilan o‘zini jiddiy raqib sifatida ko‘rsata oldi. Ularga kelasi bosqichlarda ham omad va yana-da yuqori natijalar tilaymiz!

O‘xshash yangiliklar

Marselo Galyardo "Banfild"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi
Marselo Galyardo "Banfild"ga qarshi so'nggi o'yinini o'tkazdi
Marselo Galyardo murabbiy sifatidagi so'nggi o'yinini "Banfild" jamoasiga qarshi o'tkazdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. U murabbiylik qilgan jamoa 3:1 hisobida
Sport Bugun, 19:57
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari sanalari o'zgartirildi
Osiyo Chempionlar Ligasi o'yinlari sanalari o'zgartirildi
Osiyo futbol konfederatsiyasi (OFK) Abu-Dabi, Dubay va Dohada o'tkazilishi rejalashtirilgan Osiyo Chempionlar Ligasi uchrashuvlari boshqa sanalarga ko'chirilishini ma'lum qildi. Bu
Sport Bugun, 19:47
Jorje Jezush: Ronaldu jarohati jiddiy emas, tekshirilmoqda
Jorje Jezush: Ronaldu jarohati jiddiy emas, tekshirilmoqda
Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi bosh murabbiyi Jorje Jezush jamoa yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu olgan jarohat haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar
Sport Bugun, 19:41
Yelagin: Chempionlik poygasida Arsenal ustunlikka ega
Yelagin: Chempionlik poygasida Arsenal ustunlikka ega
Mashhur futbol sharhlovchisi Aleksandr Yelagin Angliya Premyer-ligasidagi chempionlik poygasida "Arsenal" va "Manchester Siti" o'rtasidagi raqobat haqida o'z fikrlarini
Sport Bugun, 19:11
"Real Madrid" va "Xetafer" bugun to'qnash keladi
"Real Madrid" va "Xetafer" bugun to'qnash keladi
Ispaniya chempionatining 26-turi doirasidagi so'nggi o'yin bugun, 2 mart kuni "Real Madrid" va "Xetafer" jamoalari o'rtasida o'tkaziladi. Bu haqda Zamin.uz
Sport Bugun, 19:09
Serxi Roberto "Barselona"dan ketish his-tuyg'ularini esladi
Serxi Roberto "Barselona"dan ketish his-tuyg'ularini esladi
"Barselona"ning sobiq futbolchisi Serxi Roberto klub bilan xayrlashgan paytidagi his-tuyg'ularini eslab o'tdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. 2024 yil yozida 34 yoshli
Sport Bugun, 18:53